Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va
ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda ishlab chiqarishning texnologik
usuli deyiladi.
Oddiy kooperatsiya
– bu bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil
ishni bajaruvchilar mehnatining oddiy shaklda (bir joyda) uyushtirilishidir.
Manufaktura –
oddiy kooperatsiyaga uyushgan ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasida mehnat taqsimotining joriy qilinishidir. Manufaktura qo‘l mehnatiga va
oddiy mehnat qurollariga asoslanadi.
Mashinalashgan ishlab chiqarish –
manufakturaga uyushgan xodimlar
mehnatiga mashinalarning joriy qilinishi natijasida vujudga keladi.
Iqtisodiy tizimlar iqtisodiy faoliyatni boshqarish uslubi asosida ham uch
guruhga bo‘linadi:
1.
Ierarxik tartib asosida boshqariladigan tizim;
Do'stlaringiz bilan baham: |