ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, hunarmandchilik hamda tadbir-
korlikning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Jamg‘arish boshlanadi, u o‘z o‘rniga
51
3.
Industrial
jamiyatga
o’tish.
Bu
davrda
mehnat
qurollarining
takomillashuvi, sanoatda inqilob (to‘ntarish) yuz beradi. Uning natijasida mehnat
unumdorligi o‘sadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllanadi, rivojlana
boshlaydi. Qo‘l mehnati o‘rniga mashinalar keladi. Jamg‘arish kam bo‘lsa ham
avvalgiga nisbatan o‘sib boradi.
4.
Industrial jamiyat.
Bu bosqichda yirik mashinalashgan industriya vujudga
keladi. Fan-texnika taraqqiyoti jadal boradi. Yirik sanoat, ayniqsa og‘ir industriya
rivojlanadi. Sanoat iqtisodiyotning yetakchi sohasiga aylanadi. Urbanizatsiya
(shahar aholisining ko‘payishi) ro‘y beradi. Jamg‘arish jadal boradi, keyingi
bosqich uchun asos yaratiladi.
5.
Ommaviy iste’mol jamiyati.
Bu bosqichda ommaviy iste‘mol tovarlari
ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish
sohalari rivojlanadi. Uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlarini ishlab
chiqarish yetakchi o‘ringa chiqadi. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati
iste‘mol uchun ishlaydi. Bu kontseptsiyada rivojlanish asosini ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishi tashkil etadi.
Mulkning tarkibi jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar monostrukturali hamda
polistrukturali tizimlarga ajratiladi. Bunday yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarga bir mulk shaklining hukmron bo‘lishi yoki mulk shakllarining xilma-
xilligi nuqtai nazaridan qaraladi.
Monostrukturali, ya‘ni bir mulk shakli hukmron bo‘lgan tizim mulkiy
monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk yoki davlat mulkining
hukmronligi bilan ajralib turadi. Yakka mulk monopoliyasiga tayangan iqtisod
monotizm yoki monoiqtisod hisoblanadi. Qadimiy Sharqda u davlat mulkiga
asoslangan «osiyocha ishlab chiqarish usuli» bo‘lib, ishlab chiqarish omillari
davlat qo‘lida to‘plangan. Yer, suv, har xil inshootlar, hatto ish kuchi ham
davlatniki bo‘lgan.
G‘arbda esa monoiqtisodiyot asosan xususiy mulk monopoliyasiga tayangan.
U qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda quldorlar va feodallarning mulkiy hukmronligi
va ishlab chiqaruvchilarning tobeligi tarzida namoyon bo‘lgan.
52
Klassik kapitalizmda ulardan farqli ravishda, ishlab chiqarish vositalariga
xususiy mulkchilik sharoitida ishlab chiqaruvchilar shaxsan qaram bo‘lmagan.
Lekin ular mulkdan mahrum etilgan holda tirikchilik qilish uchun mulk egalari
qo‘ygan shartga rozi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan.
Monoiqtisodiyotning o’ziga xos shakli davlat mulk monopoliyasiga
asoslangan tarixda ―sotsialistik‖ jamiyat deb nom olgan iqtisodiy tizimdir.
U
davlatning iqtisodiyot ustidan qattiq nazorat o‘rnatishga asoslangan. Ishlab
chiqarish vositalari, barcha jamiyat a‘zolariniki deb, e‘lon qilingan bo‘lsa-da,
mulkni tasarruf qilish davlat qo‘lida bo‘lgan. Iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan
markazdan turib rejalashtirilgan va boshqarilgan.
Bu monotizimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hamma resurslarni
davlat qo‘lida to‘plash, ularning katta qismini jamg‘arish imkonini bergan.
Ma‘muriy yo‘l bilan yaratilgan milliy daromadning asosiy qismi davlat tasarrufiga
olinib, jamg‘arish jadallashtirilgan.
Keyingi rivojlanish bosqichida monoiqtisod o‘rniga poliiqtisod keladi.
Polistrukturali tizim asosini turli – tuman mulkchilik va ayrim mulk shaklining
ustuvorligini inkor qilish tashkil etadi. Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil
bo‘ladi hamda hamma mulk shakllarining rivojlanishi uchun bir xil sharoit
yaratiladi. Albatta, monoiqtisodiyotning poliiqtisodiyotga o‘tishi darhol yuz
bermaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon XX asrning 20-yillardan
boshlangan bo‘lsa, sobiq sotsialistik mamlakatlarda 80-yillarda ro‘y bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: