Iqtisodiy kategoriyalar
– doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy
tushunchalar.
Uslubiyat
– iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo‘llari,
qonun-qoidalari, usullari va aniq tartiblari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya
– iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan
usullardan biri bo‘lib, voqea-hodisalarning tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi
darajali belgilarini e‘tibordan chetlashtirib, o‘rganilayotgan hodisaning asl
mohiyatini ochib beruvchi belgilarga fikrni qaratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |