Induktsiya va deduktsiya usuli.
Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon
borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni
anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y
beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.
Pozitiv va normativ usullar.
Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda
ishsizlik 2016 yilda 6,9 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan
2016 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning
qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan,
32
ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi
narxlarning o‘sish sur‘atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |