Ilmiy abstraktsiya usuli
– voqea va hodisalar tahlili paytida xalal berishi
mumkin
bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan chetlashtirilib,
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgisiga e‘tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli
. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida
qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta‘siri asosida xulosalar
chiqarishdir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli.
Tarixiylik dalili iqtisodiy
fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib
qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida
ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas,
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlari orqali ham tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |