Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi–
jamiyat ehtiyojlarining
cheksizligi hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi –
iqtisodiyresurslar cheklangan sharoitda
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi
to‘g‘risidagi masaladir.
Infratuzilma –
ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y berishi
hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi
sohalardir.
Iqtisodiy faoliyat –
kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne‘mat va
vositalarni ishlab chiqarish hamda iste‘molchilarga etkazib berishga qaratilgan va
chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan turli xil faoliyatlar.
Ehtiyoj
–insoniyatning rivojlanishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan
zaruriyat.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |