Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

«Fiziokratlar»

  merkantalistlardan  farqli  o‘laroq,  boylik  qishloq  xo‘jaligida 

yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» grekcha so‘zdan 

olingan bo‘lib, ma‘nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‘noni anglatadi. Bu maktab 

dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada 

keng yoyilgan. Frantsiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-

1774)  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishning  yagona  tarmog‘i  hisoblanadi,  unda 

tabiiy  yo‘l  bilan  qo‘shimcha  «sof  mahsulot»  vujudga  kelib,  xalqning  boyligini 

ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham 

tabiat  qonunlari  kabi  tabiiy,  ular  o‘ylab  topilmaydi  balki  ularni  bilish  va  talabiga 

bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. 

F.Kene  birinchi  bo‘lib  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  modeli  –  mashhur 

―iqtisodiy  jadvalni‖  yaratadi.  F.Kene  dehqonchilikda  barcha  sinflar  uchun  oziq-



19 

ovqat  mahsulotlari,  sanoat  uchun  xom  ashyo,  kelgusi  yil  hosili  uchun  urug‘lik 

ishlab  chiqarilishi  natijasida  milliy  iqtisodiyotda  sinflar  o‘rtasida  tovar  va  pul 

oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular er mulkdoriga 

renta shaklida beradi. 

        Uilyam  Petti  (1623-1686)  g‘oyalari  merkantilizmdan  klassik  fan-siyosiy 

iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat 

va er deb e‘lon qildi.  

«Mehnat  boylikning  otasi  bo‘lsa,  er  uning  onasidir»  degan  mashhur  qarash 

U.Pettiga  tegishli.  XVII-XVIII  asrda  Angliyada  iqtisod  fanining  klassik  maktabi 

namoyondalari  bo‘lmish  A.Smit,  D.  Rikardolar  tomonidan  boylik  faqatgina 

qishloq  xo‘jaligidagina  emas,  balki  butun  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida 

yaratilishini  isbotlab  berdi  hamda  ular  boylikning  umumiy  shakli  tovar  va  pulda 

mujassamlashgan  qiymat  deb  hisoblaydi.  A.Smit  (1723-1790)  iqtisodiy  fanning 

predmeti  jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  aholi  turmush  farovonligini 

o‘stirishni  o‘rganish  deb  hisoblaydi.  U  o‘zining  «Xalqlar  boyligining  tabiati  va 

sabablari  to‘g‘risida  tadqiqot»  (1776  y.)  nomli  asarida  klassik  maktab  rivoj-

lanishining  yuz  yillik  davrini  umumlashtirib  tovar  ishlab  chiqarish  va 

ayriboshlashga  alohida  soha  sifatida  qarashlarini  asosladi,  ular  ob‘ektiv  qonunlar 

asosida  rivojlanishi  va  davlat  tomonidan  tartibga  solishga  muhtoj  emasligini 

ko‘rsatadi.  A.  Smit  moddiy  ishlab  chiqarishda  nima  yaratilsa  jamiyatning  boyligi 

deb  hisoblaydi.  U  boylikning  o‘sish  shart-sharoitlari  mehnat  taqsimoti  va  uning 

unumdorligi ortishidir deb ta‘kidlaydi.  

 A.Smit  fikricha,  qiymatning  manbai  mehnat,  jamiyat  rivojlanishi  natijasida 

mehnat  bilan  birga  kapital  va  er  ham  qiymat  manbai  bo‘lib  boradi,  shu  sababli 

tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi. U ijtimoiy boylik ortib borishi 

bilan  jamiyatning  barcha  sinflari  daromadi  o‘sib  boradi,  pul  qiymat  o‘lchovi 

vazifasini bajaradi degan xulosaga keladi.  

A.  Smit  tushunishicha,  qachonki  shaxsiy  manfaat  ijtimoiy  manfaatdan  ustun 

tursa  bozor  qonunlari  iqtisodiyotga  samarali  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Shunday  qilib, 

kishilar o‘z  manfaatini ko‘zlab,  bir-birlari  uchun  mahsulot  ishlab chiqaradi, bozor 



20 

esa  ularning  o‘zaro  manfaatlarini  hisobga  olishga  majbur  qiladi,  ya‘ni  bunda 

kishilar beihtiyor jamiyat uchun ishlaydi. 

A.  Smitning  «ko‘rinmas  qo‘l»  qoidasida  bozor  kuchlari  (erkin  narxlar,  talab 

va taklif, raqobat) va ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar stixiyali ta‘siri nazarda tutiladi. U 

davlatning  jamiyatdagi  yangi  sinfi      tadbirkorlarning  xo‘jalik  ishlariga 

aralashmasligini  yoqlab  chiqadi  va  tabiiy  erkinlik  g‘oyasini  ilgari  suradi.  Tabiiy 

erkinlik  siyosati  uning  nazariyasida  quyidagilarni  ko‘zda  tutadi:  ishchi  kuchining 

erkin  harakati,  er  bilan  erkin  savdo,  sanoat  va  savdo  faoliyat  qilishini  davlat 

tomonidan tartibga solishni bekor qilish. 

A.Smitning  alohida  nazariy  qarashlari  izdoshi  D.Rikardo  (1772-1823) 

hisoblanadi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yahlit 

iqtisodiy  nazariya  fani  shakllanadigan  asos  deb  tan  olinishidir.  D.Rikardo  mazkur 

fanning  asosiy  vazifasi  daromadlar  taqsimlanishini  boshqaradigan  qonunlarni 

ochishda deb biladi. U ishlab chiqarish sohasini qiymat va daromadlar manbai deb 

hisoblaydi  hamda  foyda  normasining  pasayish  tamoyilini  ko‘rsatib  beradi. 

Differentsial renta mexanizmini yoritadi. 

      Iqtisodyot  nazariyasi  fanining  rivojlanishiga  Sismondi  (1773-1842)  ham 

muhim  hissa  qo‘shdi.  U  kapitalistik  jamiyat  iqtisodiy  mexanizmini  tanqid  qilib, 

siyosiy  iqtisod  inson  baxti  yo‘lida  ijtimoiy  mexanizmni  takomillashtirishga 

qaratilagan fan bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini 

tanqid  qilish  bilan  bir  qatorda  undan  ko‘ra  progressiv  bo‘lgan  jamiyat  qurish 

g‘oyasi  Sen-Simon  (1760-1825),  Sharl  Fure  (1772-1837),  Robert  Ouen  (1771-

1858)  kabi  sotsial  utopistlar  tomonidan  ilgari  surilgan  edi.  Ular  xususiy  mulkni 

qattiq  tanqid  qilib,  uni  tugatish  tarafdori  edilar.  Ulardan  keyin  marksizm  deb 

nomlangan  nazariy  yo‘nalish  jamiyat  taraqqiyotiga  tabiiy-tarixiy  jarayon  deb 

qarab,  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalar,  ularning  iqtisodiy  tizimi,    vujudga  kelishi, 

rivojlanishi  va  boshqasi  bilan  o‘rin  almashish  sabablari  to‘g‘risidagi  ta‘limotni 

hamda  qo‘shimcha  qiymat  nazariyasini  yaratdilar.  Mazkur  ta‘limot  asoschilari 

o‘zlarining  nazariy  kontseptsiyasini  uslubiy  jihatdan  bir  vaqtda  uchta  ilmiy 

manbaga  tayanib  yaratadi:  A.Smit  –  D.Rikardoning  Angliya  klassik  siyosiy 



21 

iqtisodi,  Gegel  –  Feyrbaxning  nemis  klassik  falsafasi  va  frantsuz  utopik 

sotsializmi. 

Ular  ta‘limotida  asosiy  o‘rinni  bazis  va  ustkurma  kontseptsiyasi  egallaydi  – 

unga  ko‘ra  ijtimoiy  borliq  (hayot)  kishilar  ongini  belgilaydi.  Mazkur  nazariyada 

kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotida bozor printsiplari buzilishiga olib 

kelishi,  to‘liq bandlikni  ta‘minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya  va  urushlarga 

tortishi  qayd  qilinadi.  Ular  A.Smit  va  D.Rikardo  asos  solgan  qiymatning  mehnat 

nazariyasini  yangidan  qayta  ishlab,  qo‘shimcha  qiymat  ishlab  chiqarishga 

proletariatni  ekspluatatsiya  qilish  orqali  erishilishini  va  uning  kapitalistlar 

tomonidan  o‘zlashtirilishi  ular  boyligining  ko‘paytirishning  doimiy  manbaini 

tashkil  qilishini  qayd  qiladi.  Kapitalning  jamg‘arilish  jarayoni  sinfiy  kurashning 

keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugashini qayd qiladi.  

K.Marksning kapital to‘g‘risidagi ta‘limoti bir xil baho olmadi. Sobiq sotsialistik 

mamlakatlarda  marksistik  g‘oyani  ro‘yobga  chiqarishga  qaratilgan  harakat 

muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘ldi. Bu uning chuqur inqiroziga olib keldi.  

Markaziy  Osiyoda  iqtisodiy  qarashlarning  rivojlanishi  Farobiy  (870-950), 

Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Yusuf Xos Xojib, 

Alisher  Navoiy  (1441-1501)  va  boshqa  shu  kabi  dunyoga  mashhur  mutafakkirlar 

nomi  bilan  bog‘liq.  Ularning  asarlaridagi  iqtisodiy  g‘oyalar  hali  falsafiy 

bilimlardan  to‘liq  ajralmagan  bo‘lsada,  ancha  qiziqish  uyg‘otadi.  Jumladan, 

Farobiy  qarashlarida  insonlarning  ehtiyojlari  to‘g‘risidagi  g‘oyalar  markaziy 

o‘rinni  egallaydi.  Uning  fikricha,  kishilarning  moddiy  ehtiyojlari  jamiyatning 

shakllanishida birlamchi sabablardan hisoblanadi.  

 Ibn  Sino  nafaqat  oila  doirasida,  balki  shahar  va  davlat  darajasida  daromad 

va  harajatlar  muvozanati  haqida  fikr  yuritadi.  Uning  qarashicha,  daromad  va 

xarajatlar muvozanatligiga tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y berganida zahiradan mab-

lag‘larni ta‘lim uchun ajratishni hisobga olib erishish zarur. 

Iqtisodiy bilimlar sohasida XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri Yusuf Xos 

Xojib  muhim  o‘rin  tutadi.  U  jamiyat  rivojlanishida  mehnatning  rolini  ko‘rsatib, 

moddiy  boyliklarning  xarakteri  va  hususiyatlarini  qayd  qiladi,  mehnat  taqsimoti 



22 

masalasi  muhimligiga  e‘tibor  qaratadi  hamda  pulning  vazifalariga  aniq  ta‘rif 

beradi.  

Buyuk  shoir,  mutafakkir,  qomuschi  olim  va  davlat  arbobi  A.Navoiy 

jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi  haqida o‘z  fikrlarini bayon qiladi, boylikni 

yaratishda mehnatning rolini ko‘rsatib beradi. U «boylik» agar u butun xalq tomo-

nidan  foydalanilsa  ne‘matga  aylanadi  deb  hisoblaydi.  Uning  fikricha  davlat 

boyishining  manbai  soliqlar  hisoblanadi,  Shu  sababli  adolatli  soliq  tizimini 

o‘rnatish  g‘oyasini  ilgari  suradi.  Navoiy  o‘zining  asarlarida  davlat  moliyasiga 

alohida e‘tibor qaratadi.  

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish