1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi.
Monopoliyalarning yuqori
foyda ketidan quvib, ishlab chiqarishni cheklashi orqali narxlarni ko‘tarishi,
pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining
pasayishiga olib keladi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik
va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi
resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin
bo‘lgan potentsial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |