Tabiiy monopoliyalar
– iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik
xususiyatlari taqozo qilib, raqobatni qullash mumkin bo‘lmagan yoki qiyin
bo‘lgan sohalarda vujudga keladi. Bular: Suv, energiya, gaz ta‘minoti korxonalari;
Temir yo‘l transporti; Harbiy-mudofaa majmuasi korxonalari.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham
qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti
boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini yetishtirishda takror
ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer
uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi.
163
Iqtisodiy (sun‘iy) monopoliyalar – ishlab chiqarish va kapitalning to‘planishi
hamda korxonalarning turli yo‘llar bilan birlashishi natijasida vujudga keladi.
Iqtisodiy monopoliyalarga kartel, sindikat, trest va kontsernlarni kiritish
mumkin.
Kartel
– sanoatning bir tarmog‘idagi bir nechta korxonalar uyushmasi bo‘lib,
qatnashchilar ishlab chiqarish va tijorat sohasida to‘liq xo‘jalik mustaqilligini
saqlab qoladi. Ular ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning taqsimlanishi va boshqa shu kabilar bo‘yicha kelishib oladi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar (OPEK) tashkiloti – xalqaro ko‘lamdagi
kartelga misol bo‘la oladi. U 1960 yilda tashkil qilingan bo‘lib, a‘zo mamlakatlar
(XX asr oxirida 11 mamlakat) neftni qazib olish va eksport qilish sohasida yagona
siyosat yuritishga harakat qiladi.
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi
bo‘lib, qatnashchilar xo‘jalik yuritishning moddiy shart-sharoitlariga mulkdorlik
huquqini saqlab qoladi, ular provard mahsuloti esa umumiy mulk sifatida alohida
tashkil qilingan muassasa tomonidan sotiladi.
Trest
– tadbirkorlarning birgalikdagi mulki asosida tashkil qilinib, unga
kiruvchi korxonalar o‘zlarining ishlab chiqarish va tijorat sohasidagi mustaqilligini
yo‘qotadi hamda yagona boshqaruv tizimiga birlashadi. Bunga ―O‘zbekiston havo
yo‘llari‖ DAK, umumiy ovqatlanishi va maishiy xizmat korxonalarning shahar
birlashmalari, tarmoq vazirlik va qo‘mitalari misol bo‘la oladi.
Kontsern
– formal mustaqil korxonalar ittifoqi bo‘lib, uning doirasida bosh
firma barcha qatnashchilar ustidan moliyaviy nazoratni tashkil qiladi. Hozirgi
zamon kontserni – bu yirik ko‘p tarmoqli majmua bo‘lib, unga turli mamlakatlarda
joylashgan sanoat, savdo, bank va boshqa korxonalar kiradi. Kontsern qat-
nashchilarni aktsiyalariga egalik qiluvchi kompaniya ular faoliyatiga ta‘sir
ko‘rsatishi sababli ―xolding‖ (inglz. hold – ushlash, egallash) deb nomlanadi.
Konsortsium
– hamkorlikda yirik tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish
uchun sanoat, bank va boshqa kompaniyalarning vaqtinchalik birlashmasidir.
164
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak,
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi hamda o‘ziga foydali bozor narxini
o‘rnatishga harakat qiladi. Buning uchun monopolistda bir qator imkoniyatlar
mavjud bo‘ladi:
1)
Monopolist
korxona
o‘z tovarining sotish hajmini kamaytirib,
mahsulotning sun‘iy taqchilligini vujudga keltiradi va bu taklif narxining o‘sishiga
olib keladi.
2)
Mutloq monopoliya kichik ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta
partiyasini (masalan, qishloq xo‘jalik xom- ashyosini) oldindan past narxlarda
sotib olib ularning ortiqcha zaxirasini vujudga keltiradi. Monopol past xarid
narxlari yanada kamayishi bilan monopsoniya foydasi shunga mos ravishda o‘sib
boradi.
3)
Bir vaqtda monopolist va monopsonist hisoblangan korxona ―narxlar
qaychisi‖ yordamida o‘z daromadini ko‘paytirib boradi. Jumladan, qayta ishlash
sanoatidagi korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga sanoatning qayta ishlash
tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlaridan bir necha barobar yuqori
narxni o‘rnatadi.
Monopolist birlashmalar bozordagi hukmron mavqeini ushlab turish uchun
raqobatning mumkin bo‘lgan barcha usullaridan foydalanadi. Bular:
A) xo‘jalik – autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxonalar) lar
bilan iqtisodiy aloqalarni to‘liq yoki qisman bekor qilish;
B) demping – raqibini sindirish maqsadida tovarlarini oldindan
―pasaytirilgan‖ (xarajatlar darajasida) narxlarda sotish;
V) monopoliyaga kirmagan korxonalarga tovarlar sotishni cheklash (masalan,
neftni qayta ishlash zavodlariga neft etkazib berishni kamaytirish);
G) narxni tartibga solish – monopolist mahsulotlarining kichik mulkdorlarga
sotiladigan narxini oshirib va bir vaqtda yirik korxonalar uchun uni pasaytiradi.
165
D) qonunchilikda tan olinmagan vositalar yordamida (yutib yuborish va
qo‘shib olish maqsadida buyurtma asosida jismoniy yo‘qotishgacha bo‘lgan)
raqibini sindirish va sanoat josusligi.
Monopolilar tarmoqqa kirish uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‘siqlar yangi raqobatchilarning
tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar har xil
ko‘rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar.
Jumladan,
moliyaviy to‘siqlar ko‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki, bu tarmoqqa
kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan
avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib
olish juda katta pul-kapitalini talab qiladi.
b) Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar.
Buning mazmuni
shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‘lmaydi, uni amalga
oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy
monopoliyalar deyiladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda
o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‘lsa,
bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat
tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi.
v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar.
Davlat patent va litsenziyalar
berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‘siqlar ham yaratadi. Patentlar uning
egasiga mahsulotini to‘liq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki
faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo‘li bilan
cheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga
tegishli vazirlik (mahkama) litsenziya beradi.
g) Xomashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik monopoliyalar
tomonidan potentsial raqobatchilar uchun samarali to’siq yaratish vositasi sifatida
foydalanishi mumkin.
d) G’irrom raqobat.
Firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini
tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |