Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

6.2.
 
Turli mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi
 
 
Turli  mamlakatlar  milliy  pensiya  tizimlarining  shakllanishida  quyidagi  ikki  yondoshuv 
asos  bo‘lib  xizmat  qilgan:  birinchi  yondoshuvga  ko‘ra,  pensiya  tizimiga  tortilgan  barcha 
fuqarolar uchun pensiya daromadining minimal hajmi kafolatlansa, ikkinchi yondoshuv bo‘yicha 
                                           
1
  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2016-yil  28-dekabrdagi  “Keksalar  va  nogironlarni  davlat  tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-2705-
son qarori. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 10-modda.
 


pensiya  -  ish  haqining  zaxiralanuvchi  qismi  bo‘lib,  sug‘urtalangan  xodimga  uning  pensiyaga 
chiqish oldidagi daromadiga monand moddiy ta’minotga ega bo‘lishni kafolatlaydi.    
Pnsiya  ta’minotining  rivojlanishi  jarayonida  har  ikkala  maqsad  uyg‘unlashib  ketdi, 
universal pensiya tizimlari sug‘urtaviy tizimlar bilan to‘ldirildi, sug‘urtaviy tizimlar esa minimal 
kafolatlarni  o‘z  ichiga  ola  boshladi.  Shunday  qilib,  pensiyalarning  ikkiyoqlama  tabiati  nafaqat 
umumqabul  qilindi,  balki  deyarli  barcha  rivojlangan  pensiya  tizimlarining  shakllanishiga  asos 
bo‘lib xizmat qildi. 
Pensiyalarning  ikkiyoqlama  xarakteri  shunda  namoyon  bo‘ladiki,  birinchidan,  pensiya 
kambag‘allikdan  himoyalab,  pensiya  daromadining  minimal  darajasini  kafolatlasa,  ikkinchi 
tomondan,  ma’lum  belgilangan  sug‘urta  holatlari  yuzaga  kelganda  ish  haqining  o‘rnini  bosadi, 
ya’ni yo‘qotilgan daromadni yoki uning ko‘p qismini kompensatsiyalaydi. 
Aksariyat  pensiya  tizimlarining  asosini,  ularning  institutsional  tuzilishi  yoki 
qo‘llaniladigan  moliyaviy  mexanizmlaridan  qat’iy  nazar,    ijtimoiy  pensiya  sug‘urtasi 
tamoyillariga qurilgan pensiya dasturlari tashkil qiladi.  
O‘zining  ijtimoiy  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra,  pensiya  sug‘urtasi  mehnatkashlar 
tomonidan  yakka  va  jamoaviy  tarzda  o‘z  joriy  daromadlarining  bir  qismini  boshqarish  va 
nazoratning  sug‘urtaviy  va  davlat  mexanizmlari  (qonuniy,  tashkiliy  va  moliyaviy)  yordamida 
zaxiralashdan iborat.  
Kelgusidagi  sug‘urtaviy  pensiyaning  miqdori  qator  omillarga  bog‘liq  ekanligini  alohida 
ta’kidlash lozim, bular: 
-
 
sug‘urta stajining davomiyligi; 
-
 
sug‘urtalanadigan ish haqining miqdori
-
 
sug‘urta tarifining katta-kichikligi; 
-
 
kelgusidagi to‘lovlar davrining davomiyligi. 
Shuning uchun pensiya sug‘urtasining moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishda shunday 
hisob-kitoblar  tizimi  qo‘llaniladiki,  ular  sug‘urtalangan  va  pensiyaga  chiqayotgan  fuqaro 
guruhlari oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni kelgusidagi to‘lovlar davri mobaynida muntazam 
ravishda  bajarish  (pensiyalarni  to‘lab  borish)  uchun  etarli  bo‘lishini  ta’minlashi  kerak.  Bu 
vazifani  bajarish  ancha  qiyin  ekanligini  e’tirof  etish  lozim,  chunki  u  oldindan  aniqlash  qiyin 
bo‘lgan  qator  omillarga  bog‘liq:  sug‘urta  badallarini  to‘lab  borish  (30-50  yil)  va  pensiya  olish 
(20-30  yil)  davrlarining  davomiyligi,  bu  davrda  mehnat  haqi  va  inflyatsiya  darajasida  jiddiy 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘lishi,  pensionerlar  va  ishlovchilarning  ham  absolyut  miqdori,  ham  bir-
biriga nisbatlari sezilarli o‘zgarishi mumkin.  
 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish