2-bosqich:
Davlat pensiya ta’minoti shakllanishining ikkinchi bosqichi 1956-yilda qabul
qilinib, 1991-yilga qadar amal qilgan “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning qabul
qilinishi va ilk bor yagona pensiya tizimining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Ushbu qonun
pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqish va to‘lashning yagona tartibini belgilab berdi. Mazkur
qonunda o‘sha davrdagi kolxozlar - jamoa xo‘jaliklarida ishlaydigan fuqarolarning pensiya
ta’minoti nazarda tutilmagan. Jamoa xo‘jaliklari a’zolarining pensiya ta’minoti mahalliy
miqyosda, ya’ni xo‘jaliklararo pensiya jamg‘armalari tuzish yo‘li bilan hal qilingan va faqat
1964-yilga kelibgina pensiya ta’minoti aholining barcha qatlamlarini qamrab oldi va shu asosda
yagona penisiya ta’minoti tizimi to‘liq shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |