www.nauka-shop.com veb. internet sayti ma’lumotlari asosida talaba tomonidan shakllantirildi.
13
yig’ilgan tushumlarning hisobini yuritish amalga oshiriladi.
Mazkur axborot tizim orqali G’aznachilik Departamenti bilan
Moliyaviy
departament
bo’limlari
bilan
mustahkam
aloqa
o’rnatilgan hamda bundan tashqari tarmoq departamentlari bilan
aloqa bog’langan. Mamlakatda bunday tizimning mavjudligi har doim
davlatning moliyaviy resurslari to’g’risidagi tezkor umumiy
axborotlarni olish imkonini beradi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki davlat moliyasini boshqarish iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda G’aznachilik yoki bir nechta davlat organlari orqali
amalga oshiriladi.
G’aznachilik davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning yangi usuli
bo’lib, davlat budjetning barcha daromadlarini jamlash va taqsimlashdagi yangicha
tamoyil va mexanizmlarni amalda qo’llashdir. Qolaversa, bu budjetning har bir
so’mini oqilona ishlatishni ta’minlovchi mexanizmdir. Markaziy va mahalliy
boshqaruv organlarining budjet mablag’laridan oqilona foydalanish, budjet
intizomiga rioya qilish, dastlabki va joriy nazoratga urg’u berish, budjet
muassasalarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligiga yo’l qo’ymaslik bu
g’aznachilik tizimining samarasi hisoblanadi.
Ya’ni bu tizim quyidagi afzalliklarni yaratadi:
-
imzolangan shartnomalar ro’yxatiga ko’ra xarajatlar summasi va to’lov ijro
etilishi muddati ko’rsatilgan holat ta’minlanadi;
-
yagona g’aznachilik hisobvarag’ida pul mablag’i tushumining mavjudligi va
miqdori real vaqda yaqqol ko’rinadi;
-
tasdiqlangan xarajatlar smetasi bo’yicha joriy kunda to’lanishi lozim bo’lgan,
avans to’lovlar va boshqa tuzatishlarni hisobga olgan holda summalar hisobi
yaqqollashadi;
-
barcha hisoblar amalga oshirilgandan so’ng, oxirgi to’lovdan keyingi qoldiq
mablag’ miqdori ko’rinadi;
14
-
yagona g’azna hisobraqamiga pul mablag’lari tushumining hajmi tushgan
zahotiyoq butun tizim qatnashchilariga aniq va ravshan ma’lum bo’ladi.
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari Barri Potter va Jek Daymontning e’tirof
etishicha, “Iqtisodiy hamkorlik va tarraqiyot tashkiloti tarkibidagi ko’pchilik
mamlakatlar davlat moliyasini boshqarishda g’aznachilik tizimiga suyanishadi va
bunda g’aznachilik tizimining Moliya vaziri tomonidan boshqarilishi davlat
mablag’larini ishlatilish samaradorliligini va ularning o’z vaqtida va maqsadli
ishlatilishi ustidan nazorat etish sifatini ham sezilarli darajada oshiradi.”
6
Byudjetning G’azna ijrosi modelini quyidagi asosiy yo’nalishlarga qarab
bo’lishimiz mumkin:
1. G’aznachilikning roli barcha davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin:
a) Passiv, budjet tashkilotlariga mablag’ ajratish bilan cheklanadi;
b) Aktiv, yudjet mablag’larini ajratish bilan bir qatorda yuridik majburiyatlar
va ba’zi to’lov turlariga cheklovlar o’rnatadi;
v) Giperaktiv, oldindan belgilangan kriteriylar asosida ba’zi xarajat
operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat berishi yoki ta’qiqlashi mumkin;
2. Byudjetning G’azna ijrosi (BG’I) asosiy instrumentlari:
a) Byudjet majburiyatlari limitlari;
b) Byudjetva moliyaviy limitlar;
v) Byudjet assignovaniyalari va boshqalar.
3.G’aznachilikning asosiy funktsiya bo’yicha. Bu budjet daromadlari va
xarajatlari kassa ijrosi bo’lib, pul mablag’larini boshqarish, yagona hisob-varaqni
boshqarish, davlat qarzlarini boshqarish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: