Alisher navoiy nomidagi


Tayanch  so’z  va  iboralar



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana16.01.2020
Hajmi1,51 Mb.
#34604
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Tayanch  so’z  va  iboralar:  Bilim,  ko‘nikma,  malaka,  baholash  tizimi,  reyting,  joriy, 
oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat, sifat mezonlari, davlat ta‘lim standartlari  va h.k. 
O‘zbekiston  Respublikasida  umumiy  o‘rta  ta‘lim  to‘g‘risidagi  Nizomning  (1995  yil  5 
yanvar)  4  o‘quv  tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  va  uning  mazmuni  bo‘limi  4,4  bandida 
o‘quvchilar  bilimi  sifatini  va  o‘qitish  natijalarining  davlat  ta‘lim  standartlariga  muvofiqligini 
nazorat qilishni ta‘minlash uchun shu quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: 
Joriy  nazorat  –  so‘rovlar,  kollekviumlar,  seminarlar,  nazorat  ishlar,  testlar  tarzida 
o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam nazorat qilinadi
Oraliq  nazorat  –  chorak  tamom  bo‘lganda  va  o‘quv  dasturlarining  tegishli  bo‘limlari, 
malaka  va  ko‘nikmalarini  baholash  uchun  amalga  oshiriladi.  U  imtihonlar,  testlar,  sinovlar  va 
malakaga doir ishlar shaklida o‘tkaziladi; 
Bosqichli  nazorat  –  o‘quv  yili  tamom  bo‘lganidan  keyin  imtihonlari,  test  sinovlari 
shaklida  amalga  oshiriladi.  Uning  asosida  reyting  aniqlanadi  va  o‘quvchini  navbatdagi  sinfga 
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi; 
Yakuniy nazorat – o‘qish tugatilganidan keiyn davlat attestasiyasi shaklida o‘tkaziladi. 
4,5  umumiy  ta‘lim  dasturlarini  davlat  ta‘lim  standartlarini  doirasidan  mustaqil 
o‘zlashtirgan  o‘quvchilarga  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi  tomonidan 
tasdiqlangan  Eksternat  to‘g‘risidagi  Nizom  asosida,  eksternat  tartibida  attestasiyadan  o‘tish 
huquqi beriladi. 
Imtiyozli  attestasiya  5-9  sinflarda  o‘qish  davrida  o‘zlashtirish  (reyting)  bo‘yicha  faqat 
a‘lo ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi. 
O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o‘tkazilmaydi. Oraliq baholashda 
kurs  ishi  va  bosqichli  nazoratda  u  imtihonlar,  testlar,  malaka  ishlar  va  diplom  himoyalarini 
himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. 
Maktabda  o‘quvchilarning  bilim  va  ko‘nikmalarini  hisobga  olish,  tekshirish  va  ularga 
baho  qo‘yish  ta‘lim  tarbiyaning  zarur  va  muhim  qismidir.  Bu  ishning  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilishi 
davlat uchun, maktab, o‘quvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta‘lim-tarbiya 
sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berish, maktab, o‘qituvchi va 
o‘quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O‘quvchilarning bilim, 
ko‘nikma  va  malakalarini  hisobga  olish,  o‘quv  metodlarining  va  zaif  tomonlarini 
o‘quvchilarning dars materiallarini qanday o‘zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. 
Har  bir  o‘quvchini  har  tomonlama  yaxshi  bilishga  yordam  qiladi.    O‘qituvchi  o‘quvchilarning 
bilim,  ko‘nikma,  malakalarini  tekshirish  asosida  o‘quvchilarning  o‘quv  dasturi  hajmida  bilim, 
ko‘nikma, malakalarini puxta o‘rganib olishlarini ta‘min etish uchun dars materiali ustida yana 
qanday  ishlash  kerakligini  ko‘rsatadi,  darsdan  ulgurmayotgan  o‘quvchilarni  o‘z  vaqtida  tezda 
tegishli choralar ko‘radi. Shu bilan birga tekshirish o‘qituvchining ham o‘quchining ham o‘ziga 
talabchanligini  kuchaytiradi.  Har  bir  o‘quvchining  o‘qishda  o‘zining  yutuq  va  kamchiliklarini, 
o‘quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo‘sh o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam 
beradi.  O‘z-o‘zini  tekshirib  borishga  o‘zi  o‘zini  tanqid  qilishga  odatlantiradi,  intizomlikka  va 
qunt  bilan  o‘qishga  o‘qishga  o‘rgatadi,  ularda  kuchli  iroda  hamda  ijobiy  xarakter  vujudga 
keltiradi  va  tarbiyalaydi.  Maktab,  ota-onalarni  esa  davlat  oldida  o‘z  mas‘uliyati  va  vijdon 
burchini tushuntirishga o‘rgatadi. 
O‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning 
o‘z  bolalari  qanday  o‘qiyotganliklarini,  darsdan  ulgurish  ulgurmasliklaridan  xabardor  bo‘lib 
turishlariga yordam beradi. Ularning o‘z bolalarining o‘qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini 
oshiradi.  Masalan,  ayrim  ota-onalar  bolalarining  o‘qishlaridan  xabardor  bo‘ladilar. 
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  hisobga  olish  va  tekshirish  ishi  avvalo 
o‘quvchilarni kunsayin o‘rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o‘z ichiga 
oladi.  O‘qituvchi  o‘qitish  jarayonida  har  bir  o‘quvchini  diqqat  bilan  o‘rganib  borishi  lozim. 

O‘qituvchi ana shu o‘rganish asosida har chorak oxirida, har bir o‘quvchining ma‘lum bir fanni 
qanchalik o‘zlashtirganligi haqida xarakteristka berishga majbur. 
1. 
O‘qituvchi  o‘quvchilarni  rejali  va  tizimli  suratda  kuzatish  yo‘li  bilan  o‘rganadi, 
o‘qituvchi  o‘quvchilarni  darsda  va  darsdan  tashqari  vaqtlarda  kuzatib  boradi.  Kuzatish  unga 
o‘quvchining  ishiga,  o‘qishga  munosabatini,  o‘quvchining  qiziqishlari  va  nimalarga  moyil 
bo‘lganligini uning individual xususiyatlarini va qobiliyatini bilib olishga yordam beradi. 
2. 
O‘quvchilar  suhbat  yo‘li  bilan  ham  o‘rganiladi.  Suhbat  sinf  jamoasi  yoki  ayrim 
o‘quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilar haqida 
to‘laroq  ma‘lumotga  ega  bo‘lish  uchun  o‘qituvchilar,  maktab  vrachi,  ayniqsa,  ota-onalar  bilan 
fikr almashishi katta ahamiyatga ega. 
3. 
Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko‘rib chiqish orqali ham o‘rganiladi. 
O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta‘lim-tarbiya ishlari 
shuncha  muvaffaqiyatli  bo‘ladi.  O‘quvchilarni  bilish  o‘qituvchining  butun  sinfga,  har  bir 
o‘quvchiga  ta‘lim  va  tarbiya  berishning  eng  yaxshi  usul  va  vositalarini  tanlab  olib,  ulardan 
samarali  foydalanishga  imkon  beradi.  O‘quvchilarning  zaif  tomonlari  va  nuqsonlarini 
yo‘qotishga  ijobiy  tomonlarini  o‘stirish  va  mustahkamlashga  yordam  beradi.  O‘quvchilar 
bilimlari, ko‘nikmalarini hisobga olishning eng muhim qismi ularning bilimni o‘zlashtirishlarini 
tekshirishdir.  Maktabda  o‘quvchilarning  bilimni  tekshirishning  quyidagi  turlari  –  dastlabki 
taxminiy tekshirish, kundalik tekshirish, mavzular bo‘yicha tekshirish va yakuniy tekshirishdan 
iborat. 
I. 
Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini 
ongli  idrok  qilishi  va  muvaffaqiyatli  egallash  uchun  kerak  bo‘lgan  tayyorgarlik  darajasini 
aniqlashdan iborat. Odatda tekshirishning bu xili o‘quv yilining boshida yoki o‘quv dasturining 
navbatdagi bobini o‘tishiga kirishish oldidan o‘tkaziladi. 
II. 
Kundalik tekshirish – har kuni, har dasrda muntazam ravishda, rejali tarzda o‘tkaziladigan 
tekshirishdir.  Bu  tekshirishning  asosiy  vazifasi  o‘tilgan  materialni  qaytarish  bilan  birga,  yangi 
o‘quv  materialini  o‘zlashtirilish  darajasini  aniqlashdir.  Kundalik  tekshirish  katta  tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega.  Darsda  har  kuni  o‘tkaziladigan  bu  tekshirish,  o‘quvchilarni  tizimli  puxta 
ishlashga  o‘rgatadi.  Shuningdek,  bu  tekshirish  o‘quvchilarga  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 
singdirib borishga va irodasini o‘stirishga yordam beradi. 
III.  Yakuniy  tekshirish  –  o‘quv  choragi  va  o‘quv  yilining  lxirida  o‘tkaziladi.  Uning  asosiy 
vazifasi  o‘quvchilarning  o‘quv  choragida  yoki  o‘quv  yilidagi  materialning  egallash  darajasini 
aniqlashdan  iborat.  O‘quvchilar  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  tekshirishda  maktabda 
qo‘llaniladaigan  asosiy  usullar  –  o‘quvchilarning  ishlarini  kuzatish,  darsda  va  darsdan  so‘ng 
kuzatish, og‘zaki so‘rash, nazorat ishlar o‘tkazishdir. 
Og‘zaki  so‘rash  tekshirishning  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  usullaridan  biridir,  uning 
quyidagi turlari bor: 
a) O‘quvchini sinf doskasi yoki o‘qituvchi stoli yoniga chaqirib so‘rash. 
b) Sinfdagi o‘quvchilarning ko‘pchilikdan sidirgasiga so‘rash. 
c) Ayrim o‘quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so‘rash. 
Ayrim  o‘qituvchilar  o‘quvchilarning  bilimlarini  tekshirishda  mavzular  yuzasidan 
tekshirish  usulini  qo‘llaydi.  Bu  usulning  yaxshi  tomoni  bunda  har  bir  o‘tilgan  mavzudan  shu 
mavzuni  o‘zlashtirish  darajasi  sinfdagi  o‘quvchilarning  har  biriga  nisbatan  tekshiriladi.  Mavzu 
materialini o‘zlashtirmagan o‘quvchilar aniqlanadi va ulardan shu materialni o‘zlashtirish talab 
qilinadi. 
Nazorat  ishlar  –  yozma  ishlar  (diktant,  insho,  masalalar  yechish,  grafik  ishlar, 
o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  tadbiq  qilishni  talab  etadigan  am  aliy 
vazifalarni  (laboratoriyada  analiz  qilish,  ustaxonada  tegishli  buyumlar  yasash)  bajarish  kabilar 
kiradi.  Nazorat  ish  bir  vaqt  ichida  sinfdagi  hamma  o‘quvchilarni  tekshirishga  imkon  beradi. 
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  tekshirish  ishlari  quyidagi  talablarga  javob 
berishi  lozim.  Sinfdagi  hamma  o‘quvchilarning  bilimlarini  tekshirish  kerak.  Tekshirishda 
o‘qituvchida reja bo‘lishi kerak. Reja asosida o‘rta, kuchli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 

bilimlari  tekshirilishi  kerak.  Tekshirishni  shunday  olib  borish  kerakki,  sinfdagi  hamma 
o‘quvchilar o‘qituvchi savoliga javob bera olsin. 
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga baho qo‘yish  baho o‘quvchilarning o‘quv 
dasturlarida  ko‘zda  tutgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarniqanday  egallaganligini  ko‘rsatadi. 
Baho qo‘yish katta ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki o‘quvchilarni u qunt bilan o‘qishga 
majbur etadi. Maktab o‘quvchilarga baho qo‘yishda quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. 
1.  Bilimlarga obyektiv va haqqoniy baho qo‘yilishi lozim. 
2.  Baholashda ko‘zbo‘yamachilikka mutloqa yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
3.  O‘quvchining bilimiga o‘quv dasturining talablari asosida baho qo‘yilishi lozim. 
Bu talablarni ta‘min etish uchun bilimga baho berishning umumiy mezoni bo‘lishi shart. 
O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunining 7-moddasida ―Davlat ta‘lim 
standartlari  umumiy  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  ta‘lim  mazmuniga  hamda  sifatiga 
qo‘yiladigan  talablarni  belgilaydi‖,  -  deb  ta‘kidlangan.  Bu  talablar  jamiyatning  obyektiv 
rivojlanishini  taminlaydigan  ehtiyojlar  va  bozor  munosabatlari  umumiy  raqobatidan  kelib 
chiqadi.  Mazkur  talablar  umumiy  o‘rta  ta‘lim  o‘quv  dasturlari,  darsliklarida  o‘z  ifodasini 
topmog‘i  darkor.  Bular  har  bir  fanning  o‘ziga  xos  ta‘lim  mazmuni,  xususiyatlaridan  kelib 
chiqadi.  Maktablarda  o‘quvchilar  bilimi,  ko‘nikmalariga  baho  berishning  quyidagi  umumiy 
mezonlari qo‘llaniladi: 
1.  Bilimning ilmiy bo‘lishi. 
2.  Bilimning ongli o‘zlashtirilishi. 
3.  Bilimning hajmi. 
4.  Bilimning mustahkam o‘zlashtirilishi. 
O‘quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k. 
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda va baholashda o‘quvchi o‘quv 
dasturi materialini to‘la biladimi, ularni tushunadimi yoki uni quruq yodlab olganmi, bilimlarni 
amaliy masalalarni yechishga va ishlarni bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar. 
Hamma o‘quv fanlari va barcha sinflarda ana shu mezon qo‘llaniladi. Biroq ayrim o‘quv 
fanlaridan  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  tekshirish  va  baho  qo‘yishda  shu 
fanlarning  xususiyatini  hisobga  olishi  kerak.  Masalan,  mehnat  darslarida  o‘quvchilarning 
bajargan  buyumlarni  tekshirish  va  baho  qo‘yishda  mustaqillik,  buyumning  texnik  talablarga 
muvofiqlik  darajasi  va  sifati  hisobga  olinishi  lozim.  O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalariga baho qo‘yish uchun umumiy ta‘lim maktablarida besh darajali raqamli baho tizimi 
qo‘llaniladi. 
O‘quvchi  dastur  materialini  to‘la  va  mufassal  bilgan,  uni  chuqur  tushungan  va  puxta 
egallagan, dasturga kiritilgan hamma masalalarni to‘g‘ri, ongli va dalillar bilan so‘zlab bergan, 
amaliy  ishlarni  bajarishda  va  masalalar  yechishda  egallagan  bilimlarni  mustaqil  tadbiq  qilgan, 
og‘zaki  javoblarda  va  yozish  ishlarida  to‘g‘ri  adabiy  tildan  foydalana  bilgan  va  xatolarga  yo‘l 
qo‘ymagan holda ―5‖ baho qo‘yiladi. 
O‘quvchi  dastur  materialining  hammasini  bilgan,  uni  yaxshi  tushungan  va  puxta 
egallagan,  dastur  hajmidagi  savollarga  qiynalmasdan  javob  bergan,  bilimlarni  amaliy  ishda 
tadbiq  qila  bilgan,  og‘zaki  javoblarda  to‘g‘ri  tildan  foydalana  olgan,  yozma  ishlarda  esa 
kichkina, ahamiyatsiz xatolargagina yo‘l qo‘ygan taqdirda ―4‖ baho qo‘yiladi. 
O‘quv  dasturiga  kiritilgan  asosiy  o‘quv  materialini  bilgan,  egallagan  bilimlarni  amaliy 
ishlarda  bir  muncha  qiynalib  va  o‘qituvchining  bir  oz  yordamida  bajara  olgan,  og‘zaki 
javoblarida  materialni  bayon  qilganda,  yozma  ishlarda  bir  muncha  xatolarga  yo‘l  qo‘yilgan 
taqdirda ―3‖ baho qo‘yiladi. 
O‘quvchi  o‘tilayotgan  o‘quv  materialining  ko‘pchilik  qismini  bilmagan,  o‘qituvchining 
yordamchi  savollari  orqaligina  javob  bergan,  yozma  ishlarida  ko‘p  va  qo‘pol  xatolarga  yo‘l 
qo‘ygan taqdirda ―2‖ baho qo‘yiladi. 
O‘quvchi o‘tilgan materialni butunlay bilmagan taqdirda ―1‖ baho qo‘yiladi. 
O‘quvchilarga qo‘yilgan baholarni ularga izohlab tushuntirish kerak. Bu esa bilimga baho 
qo‘yishning ahamiyatini oshirish hamda o‘quvchining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklarini bilib 

olishga yordam beradi. Har bir chorakda o‘quvchiga bir nechta baho qo‘yilishi kerak. Aks holda 
chorak oxirida o‘qituvchi qiynalib qoladi. Chorak va yillik bahoni qo‘yishda o‘rta arifmetik usul 
bialn  baho  qo‘yish  mutlaqo  yaramaydi,  chunki  bunday  yakuniy  baho  o‘quvchining  bilim, 
ko‘nikma va malakalarini to‘g‘ri aks ettirmaydi. 
Ba‘zi bir o‘qituvchilar darsga tartib-intizom buzgan o‘quvchilarga o‘z fanlaridan yomon 
baho  qo‘yadilar.  Bunday  baholash  butunlay  yaramaydi,  chunki  baho  o‘quvchining  bilim, 
ko‘nikma  va  malakalariga  qo‘yiladi,  shuning  uchun  uni  o‘quvchining  xulqiga  qo‘yiladigan 
bahoga aralashtirish noto‘g‘ridir. 
Mashhur  rus  pedagogi  Ostrogorskiy  shunday  yozadi  ―Javobga  ball  olgan  inson  avvalo 
o‘zidan-o‘zi  unga  haqqoniy  baho  qo‘yishdimi  deb  so‘raydi,  agar  u  bunga  nohaqdek  tuyulsa,  u 
ranjiydi, go‘yo unga tegishli narsa tortib olingandek yoki berilmagandek bo‘ladi. 
Dangasa xafa bo‘lmaydi, u mehnat  qilgani  yo‘q, mehnat  qilgan esa mehnatning qadrini 
biladi va mehnatning natijalarini istaydi‖. 
Shuning  uchun  barcha  o‘qituvchilar  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 
baholashda,  ularning  reytingini  aniqlashda  obyektiv  asoslarga  tayanishi  shart.  Sir  emas  ba‘zi 
o‘qituvchilar  baholashning  mohiyati,  mazmunini  o‘zlari  yaxshi  o‘zlashtirmaganlar. 
O‘qituvchining bunday nuqsonlari maktab amaliyotida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuning  uchun  o‘qituvchilar  reyting  tizimini  mukammal  o‘zlashtirib,  amaliyotda  xatolarsiz 
tadbiq  etishlari  barkamol  o‘quvchilarni  tayyorlashning  zarur  sharti  ekanligini  anglashlari  juda 
muhim. 
Hozirgi  davrda  o‘quvchilarning  bilimlarini  o‘zlashtirishda  test  usuli  qo‘llanilmoqda. 
―Test‖  inglizcha  so‘z  bo‘lib,  ―topshiriq‖,  ―tajriba‖  degan  ma‘nolarni  anglatadi.  Bilish 
xususiyatini  o‘lchash  usuli  sifatida  unga  ingliz  psixologi  D.Kattel  asos  solgan.  Boshqacha 
aytganda  test  qisqa  muddat  ichida  bilimni  sinashning  eng  maqbul  usuli  bo‘lib,  bir  qator 
rivojlangan  davlatlarda  xalq  ta‘limi  bilan  bir  qatorda  turli  sohalarda  ham  test  sinovidan 
foydalangan. 
Jumhuriyatimizda ilk bor 1992 yilda bir qator oliy o‘quv yurtlariga qabul imtihonlari shu 
asosda  o‘tkazildi.  Endilikda  test  sinovi  ta‘lim-tarbiya  tizimining  barcha  sohalariga  kirib 
bormoqda. 
―Umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktab  o‘quvchilarining  bilim  darajalarini  nazorat  qilishning 
reyting  usuli  to‘g‘risidagi  Nizom‖  loyihasida  alohida  o‘qtirganidek,  bu  usul  davlat  ta‘lim 
standartlarining  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  uni  barcha  ta‘lim  muassasalarida  (maktablarda)  bajarishi 
majburiydir. 
Hozirda fanlar bo‘yicha reyting ballari quyidagi tartibda belgilanadi:  
1.  Kundalik  nazorat  (KN)  –  50  ball.  Jumladan,  a)  kundalik  so‘rov  (KS)  –  40  ball,  b) 
erkin faoliyat (EF) – 10 ball. 
2.  Oraliq nazorat (ON) – 20 ball. 
3.  Yakuniy nazorat (YaN) – 30 ball. 
Reyting natijasi besh balli bahoga ko‘chirilganda quyidagicha bo‘ladi: 
100 – 86 ball  - ―a‘lo‖; 
85 – 71 ball 
- ―yaxshi‖; 
70 – 55 ball 
- ―qoniqarli‖; 
55 balldan past 
- ―qoniqarsiz‖. 
 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.  Nima uchun o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari hisobga olib baholab boriladi? 
2.  Hozirgi  davrda  o‘quvchilar  bilim,  ko‘nikmalarini  reyting  tizimida  baholashning  qanday 
yo‘nalishlari mavjud? 
3.  O‘quvchilar  bilim,  ko‘nikmalarini  nazorat  qilishning  qanday  turlari  va  shakllari  mavjud  va 
ularni qanday izohlaysiz? 
4.  Maktablarda  o‘quvchilar  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  baholashning  qanday  mezonlari 
mavjud? 

5.  O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining mezonlarini qanday izohlaysi? 
6.  Maktabda baholashning qanday tizimi mavjud? 
7.  Bahoning ta‘lim-tarbiyaviy, amaliy ahamiyatini qanday tushunasiz? 
8.  O‘quvchilar o‘zlashtirishining reyting tizimi haqida nimalarni bilasiz? 
 
 
15-Mavzu: Tarbiya jarayonining mohiyati  
 
Reja: 
1.  Tarbiya o‘quvchi shaxsini shakllanishini boshqarish jarayonidir. Tarbiyaning ijtimoiy 
voqyealikni o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi.  
2.  Tarbai jarayonidagi ziddiyatlar va uning harakatlantiruvchi kuchlari.  
3.  Maktab  o‘quvchisini  tarbiyalash  jarayonining  o‘ziga  xosligi,  tarbiya,  o‘z-o‘zini 
tarbiyalash va qayta tarbiyalash masalalari.  
4.  Tarbiya jarayonining qoidalari va qonuniyatlari. 
 
Tayanch so’z va iboralap 
Asosiy  maqsad,  barkamol,  sharqona  axloq,  odob,  ma‘naviy  kamalot,  najod,  xalokat, 
hayot,  yangicha fikrlaydigan, uzoq, uzluksiz jarayon, hokim, tobe, ichki tashqi ziddiyatga, o‘z-
o‘zini  tarbiyalash,  qayta  tarbiyalash,  aql  kuchi  moddiy  manfaat  kuchi,  tashkilotchi,  qoida, 
qonuniyat,  talablar,  majmui,  milliy  tarbiya,  milliy  ong,  o‘zlikni  anglash,  insonparvarlik, 
demokratiya, inson shaxsini hurmatlash, milliy, umummilliy qadriyat, jamoa, mehnat va hokazo.  
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol toptirish  va farovonligi,  shaxs manfaatlarini 
ro‘yobga  chiqarishning  sharoitlari  va  ta‘sirchan  maxanizmlarini  yaratish  eskirgan  tafakkur  va 
ijtimoiy  xulq-atvorning  andozalarini  o‘zgartirish  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan 
islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda.  
Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni 
shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng 
yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin! (Avesto).  
Avvalom  bor,  tarbiya  nazariyasi  Markaziy  Osiyo  faylasuflarining  va  xalq 
pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini 
asoslash  uchun  falsafa,  sosiologiya,  etika,  estetika  huquqshunoslik,  psixologiya  fanlari 
ma‘lumotlaridan  foydalanadi.  (Tarbiya  nazariyasi  o‘z  navbatida  pedagogika  fanining  boshqa 
bo‘limlari:  pedagogikaning  umumiy  asoslari,  pedagogika  tarixi,  ta‘lim  nazariyasi, 
maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir).  
Hozirgi  zamon  pedagogikasida  tarbiya  tarbiyachining  tarbiyalanuvchi  shaxsiga  oddiy 
shunchalik  ta‘sir  ko‘rsatishi  emas,  balki  tarbiyachilar  va  tarbiyalanuvchilarning  aniq  bir 
maqsadga  qaratilgan,  bir-biri  bilan  hamkorlikda  qiladigan  munosabatlari  va  o‘zaro  ta‘sir 
ko‘rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. 
Hozirgi  vaqtda  amalga  oshirilayotgan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  "Ta‘lim 
to‘g‘risidagi"  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunining  qoidalariga  muvofiq  tayyorlangan  bo‘lib, 
uning "Asosiy maqsadi - ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos  etish  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy  tarbiyalarga  javob 
beruvchi  malakali  kadrlar  tayyorlash",  zarurligi  (39  bet)  va  "Uzluksiz  ta‘lim  ijodkor,  ijtimoiy 
faol, ma‘naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi" (43 bet) deb, ta‘kidlanishi 
bejiz emas albatta. 
"Biz  sog‘lom  avlodni  tarbiyalab,  voyaga  yetkazishimiz  kerak"  -  deb  ta‘kidlaydi 
I.Karimov - sog‘lom kishi deganda, faqat jismoniy sog‘likni emas, balki sharqona axloq-odob va 
umumbashariy g‘oyalar kamol topgan insonni tushunamiz". 
Bugungi kunda XXI asr bo‘sag‘asida shunchaki bilim egasi bo‘lgan insonni emas, balki 
ijodkor, o‘z iste‘dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir. 

Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik 
hislatlari  shakllanadi,  tabiatga,  jamiyatga  ilmiy  qarashlar  tizimi  tarkib  topadi,  jismoniy  kuch-
qudratlari mustahkamlanadi.  
Hamma  davrning  ilg‘or  kishilari  tarbiyaga  yuqori  baho  berganlar.  Xalq  donishmandlari 
va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy,  Imom at-Termiziy, 
Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, 
Maxmud  Koshg‘ariy,  Shayx  Najmiddin  Kubro,  Jaloliddin  Manguberdi,  Burxoniddin  Zarnujiy, 
Burxoniddin  Naqshband,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug‘bek,  Alisher  Havoiy,  Zaxiriddin  Bobur, 
Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada 
deb bilganlar.  
Tarbiya  jarayoni  shaxsning  ijtimoiy  qimmatli  fazilatlarini  shakllantirishga,  uning 
atrofdagi  dunyoga,  jamiyatga,  odamlarga,  o‘ziga  nisbatan  munosabatlari  doirasinn  vujudga 
keltirishga va kengaytirishga qaratilgan.  
Shaxsning  turmushdagi  turli  jihatlarga  munosabatlari  tizimi  keng,  xilma-xil  va  chuqur 
bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish, uning 
aniq  hayotiy  mavqyeini  shakllantirish  jarayonidir.  Tarbaya  shaxsning  ongliligi,  faolligi, 
fidoiyligi,  vatanparvarligi,  insonparvarligi  va  boshqa  fazilatlarini  shakllantiradigan  jarayondir. 
Tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli xarakterga ega. Buning ma‘nosi shuki, bola shaxcining 
qaror  topishi  maktab,  oila,  jamoatchilik,  ijtimoiy  muhit  va  yaqin  atrofdagi  vaziyatga  bevosita 
yoki  bilvosita  ta‘siri  ostida  ro‘y  beradi.  Hamma  narsa:  odamlar,  ashyolar,  hodisalar,  voqyealar, 
avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko)  
Tarbiya jarayonini mashhur pedagog A.Avloniy "Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, 
- yo mamot, yo najot, - yo halokat, yo saodat, - yo falokat macalacidip" deb ta‘riflagan va yana 
"Har  mamlakatning  saodati,  davlatlarning  tinch  va  rohati  yoshlarning  yaxshi  tarbiyachiga 
bog‘liq" X.X.Niyoziy "Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo‘lsa, yomon tarbiya 
uning uchun haqqoniy baxtsizlik hisoblanadi va qo‘shimcha uni halox etadi", - deb tushungan.  
Ta‘lim  orqali  nazariy  kamolotga  erishiladi.  Tarbiya  esa  Farobiy  fikricha  "bu  kishilar 
muloqotda  etnik  qadr-qimmatni  va  amaliy  faoliyatni  yaratishga  olib  boradigan  yo‘ldir",  deb 
ta‘riflaydi  hamda "Insoniy maqsad  - oliy  baxt  saodatga erishuvni  o‘ziga  g‘oya va oliy maqsad 
qilib olish kerak".  
A.S.Makarenko  "Tarbiya  bu  nisbatan  keksaroq  avlodning  o‘z  tajribasi,  o‘z  ehtirosi,  o‘z 
e‘tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir ", deb ta‘riflagan.  
Yuqoridagi ta‘riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan 
asoslashga qaratilgandir. 
Pirovard natijada har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga 
qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan 
yangicha  fikrlaydigan  shaxsni  shakllantiriщdir.  Bu  qiyin  jarayon  ikki  tomonlama  bo‘lib, 
uyushtirishni  va  rahbarlikni,  boshqarishni  ham,  tarbiyalanuvchi  shaxsning  faollik  ko‘rsatishini 
ham  talab  qiladi.  Ammo  bu  jarayonda  pedagog  yetakchi  rol  o‘ynaydi  va  tarbiyaning  umumiy 
maqsadini amalga oshipadi.  
Tarbiya  uzoq  davom  etadigan  va  aslida  uzluksiz  jarayon  bo‘lib,  bu  jarayon  bola 
maktabga  kelishidan  ilgariroq  boshlanadi  va  butun  umr  bo‘yi  davom  etadi.  Tarbiya  ko‘pgina 
sabablarga,  o‘quvchilarnnng  individual-tipologik  tafovvutlarga,  ularning  hayotiy  va  ma‘naviy 
tajribasiga, shaxsiy faolligiga boqliq.  
Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish