Tarjima haqida


To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur"



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


35. To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur".  

 

36. (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin".  

 

37. (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

165


 

38. ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha".  

 

39. (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam 

bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning 

hammalarini yo'ldan ozdirurman.  

 

40. Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar).  

 

41. (Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir.  

 

42. Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga 

ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)".  

 

43. Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir.  

 

44. Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan.  

 

Izoh: Do'zax yoki jahannamning yetti darvozasi deganda, uning yetti qavati tushunilishi lozim. Birinchi 



qavatiga vaqtincha tushgan gunohkor mo'min-musulmonlar, ikkinchisiga Muhammad (a. s.) ga imon 

keltirmagan yahudiylar, uchinchisiga shu kabi nasroniylar, to'rtinchisiga sobiiynlar, beshinchisiga majuslar, 

oltinchisiga mushriklar, do'zaxning eng qa'ri sanalmish to'qqizinchisiga esa munofiqlar tushgaylar.  

 

45. Taqvodorlar esa, albatta, bog'lar va chashmalardadirlar.  



 

46. "U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur).  

 

47. Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(-

kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz.  

 

48. U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar! 

 

49. (Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman.  

 

50. Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir.  

 

51. Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering! 

 

52. O'shanda ular uning huzuriga kirib: "Salom", - dedilar. (Taomga qo'l cho'zishmagach,) u: "Biz 



sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi.  

 

53. Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) 

xushxabarini yetkazurmiz".  

 

54. U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi 

menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?" 

 

55. Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen 

umidsizlardan bo'lmagin!" 

 

56. U dedi: "Parvardigorining rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo'lurlar".  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

166


57. (So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?" 

 

58. Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz.  

 

59. Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz.  

 

60. Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan 

bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz.  

 

61. Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach, 

 

62. U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz".  

 

63. (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning 

azobini) keltirdik.  

 

64. Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.  

 

65. Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror 

kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!" 

 

66. Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi 

mana shu farmonni vahiy qildik.  

 

67. Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik 

illatiga mubtalo bo'lgan edilar. ) 

 

68. (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar.  

 

69. Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!" 

 

70. Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!" 

 

71. (Lut) dedi: "Agar (shu ishni) qiluvchi bo'lsangizlar, ana qizlarim! (O'shalarni nikohlaringizga 



olaveringlar)".  

 

72. (Ey, Muhammad,) umringizga qasamki, ular o'z "mastliklarida" tentirab yurar edilar.  

 

73. Tong paytida (to'satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi.  

 

74. Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog'dirdik.  

 

75. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir.  

 

76. Darvoqe, u (shahar) doimiy yo'l ustidadir.  

 

Izoh: Ya'ni Hijoz (hozirgi Saudiya)dan Shom (Suriya) tomonga qarab o'tgan yo'l bo'yidadir. Uning asoratlarini 



ko'rib, ibrat olsinlar.  

 

77. Albatta, bunda mo'minlar uchun alomatlar bordir.  



 

78. Shubhasiz, o'rmon egalari (Shuayb qavmi) zolim (kofir) bo'lgan edilar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

167


 

79. Bas, (Biz) ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya'ni, Lut va Shuayb qavmlarining shaharlari) 

ikkisi ham aniq yo'l ustidadir.  

 

80. Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud qavmi) ham payg'ambarlarni, (xususan, Solihni) yolg'onchiga 

chiqargan edilar.  

 

81. Biz ularga O'z oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz o'giruvchi bo'ldilar.  

 

82. (Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar.  

 

83. Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi.  

 

84. Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi.  

 

85. (Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. 

Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, siz johillarning aziyatlariga sabr qiling va 

ularni) chiroyli yuz o'girish bilan tark eting! 

 

86. Albatta, Rabbingizning O'zigina yaratuvchi va biluvchidir.  

 

87. Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli "Fotiha" surasi)ni va Ulug' Qur'onni ato 

etdik.  

 

88. Ko'zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya'ni, ularning 

boyliklariga) tikmang! Ularning (imonsizliklari) ustida g'amgin ham bo'lmang! Mo'minlar uchun 

qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)! 

 

89. (Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman".  

 

90. Xuddi taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimiz kabi



 

91. qaysilariki, Qur'onni bo'lak-bo'lak qilib olgan edilar.  

 

Izoh: Ya'ni o'zlariga xush kelganicha imon keltirib, ma'qul kelmagan oyatlarni inkor qilganlari kabi.  

 

92. Rabbingizga qasamki, albatta, ularning barchasini so'roqlagayman 

 

93. qilgan ishlari to'g'risida.  

 

94. Bas, Siz o'zingizga buyurilgan ishni (ya'ni, Haq dinga da'vatni) oshkora qiling va mushriklardan yuz 

o'giring! 

 

95. Albatta, Biz sizni masxara qiluvchilarni (jazolash uchun) kifoya qilurmiz.  

 

96. (Ular) Allohga boshqa "iloh"ni (sherik) qilurlar. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib 

olurlar.  

 

97. Shaksiz, Biz ularning (Sizni masxara qilib) aytayotgan so'zlaridan dilingiz siqilishini bilurmiz.  

 

98. Bas, Siz Rabbingizga hamd bilan Unga tasbeh ayting va sajda qiluvchilardan bo'ling! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

168


99. (Shuningdek), to Sizga aniq narsa (- o'lim) kelgunicha Rabbingizga ibodat qilavering! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

169


NAHL SURASI 

 

 Surada asalarilarning namunali hayot tarzi haqida oyatlar mavjudligi uchun unga shu nom berilgan. Surada 



qiyomatni takror-takror eslatib, o'sha kunga puxta tayyorgarlik ko'rishga da'vat etiladi. Unda boshqa suralardagi 

kabi shirk, kufr, noshukurlik kabi illatlar qoralanib, imon, e'tiqod, shukr, solih amallarga tashviqot etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman! 



 

1. Allohning amri (qiyomat) keldi. Bas, sizlar (ey, mushriklar), uni qistamay qo'ya qolinglar! (Alloh) ular 

keltirayotgan shirkdan pok va yuksakdir.  

 

Izoh: Hali kelmagan narsani keldi, deyish hamma tilda ham kelishi yaqin va aniq narsaga ishlatiladi. Qiyomat 



kuni ham islomda kelishi aniq va muddati yaqin narsalardan hisoblanadi. Muhammad (a. s.) bir hadislarida: 

"Men bilan qiyomat shu ikki barmog'imdek bir-biriga yaqin holda keldik", deganlar. Ya'ni, mening oxirgi 

payg'ambar bo'lib kelishimning o'zi qiyomat yaqinligidan darak beradi, demoqchilar. Lekin bu yaqinlik 

miqdorini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi. Biz uchun yuz yil ham uzoq ko'rinadi. Allohning nazdida esa 

necha ming yillar ham yaqin bo'lishi mumkin.  

 

2. (Alloh O'z) amri bilan xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: ("Ey, 



payg'ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o'zga iloh yo'q. Bas, (barchalaringiz) 

Mendangina qo'rqingiz!"  

 

3. (U) osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratdi. (Mushriklar) keltirayotgan shirkdan U yuksakdir.  

 

4. Insonni nutfa (bir tomchi modda)dan yaratdi. U esa, banogoh, ochiq "raqib"dir.  

 

5. U yana sizlar uchun issiq (kiyim) va (turli) manfaatlar bo'lsin, deb, chorva mollarini ham yaratdi va 

ulardan sizlar yeysizlar ham.  

 

6. Yana sizlar uchun ularda kechqurun (o'tloqdan) qaytayotgan va tongda (o'tloqqa) ketayotgan paytida 

go'zal manzara paydo bo'lur.  

 

7. Shuningdek, ular sizlar jonlaringizni qiynab yetadigan yurtlarga yuklaringizni ko'tarib borur. 



Albatta, Rabbingiz mehribon va rahmlidir.  

 

8. U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana, sizlar (hali) 

bilmaydigan narsalarni ham yaratur.  

 

9. To'g'ri yo'lni qasd etish (unga hidoyat etish) yolg'iz Alloh zimmasidadir. (Zotan, yo'llar) ichida qing'iri 

ham bordir. Agar (Alloh) xohlaganida, sizlarning barchangizni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan bo'lur edi.  

 

10. U osmondan sizlar uchun ichimlik bo'lmish suvni yog'dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan 

daraxtlar (o'simliklar) ham o'sha suvdan (ichar).  

 

11. U sizlar uchun o'sha (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. 

Albatta, bu (ish)da tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir.  

 

12. U sizlar uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni bo'yin sundirib qo'ydi. Yulduzlar ham Uning 

amriga bo'yin sundirilgandir. Albatta, bunda anglaydigan qavm uchun alomatlar bordir.  

 

13. Yana U sizlar uchun yerda yaratib qo'ygan rang-barang narsalarni ham (sizlarga bo'yin sundirdi). 

Albatta, bunda eslatma oladigan qavm uchun alomat bordir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

170


 

14. U yangi go'sht (baliq go'shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun 

(sizlarga) dengizni ham bo'yin sundirib qo'ygan zotdir. Unda yana (suvni) yorib ketayotgan kemalarni 

ko'rasiz. Uning fazli (rizqi)dan talab etishingiz va (ne'matlariga) shukr qilishingiz uchun (shunday qildi) 

 

15. U yana, Yer sizlarni tebratmasligi uchun unda tog'larni barpo qildi, (ichimlik va ekinlaringiz uchun) 



daryolarni (oqizib qo'ydi) va to'g'ri yurishlaringiz uchun yo'llarni (paydo qildi).  

 

16. (Yo'llarga) belgilar ham (qo'ydi). Yulduzlar bilan esa ular yo'l topurlar.  

 

17. (Ey, mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratadigan zot (Alloh) bilan (hech narsa) yarata 

olmaydigan (but-sanamlaringiz) barobarmi?! Bas, o'ylamaysizlarmi?! 

 

18. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Haqiqatan, Alloh kechirimli 

va rahmlidir.  

 

19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur.  

 

20. (Mushriklarning) Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalari (ma'budalari) biror narsani yaratuvchi 

emasdir, balki o'zlari yaratiluvchidirlar.  

 

21. (Ular) o'likdirlar, tirik emasdirlar. Ular (o'zlariga sig'inayotgan mushriklarning) qachon qayta 

tirilishlarini ham sezmaydilar.  

 

22. Ilohingiz yagona ilohdir. Bas, oxiratga imon keltirmaydiganlarning dillari (Uning yagona ekanligini) 

inkor qilur va ular mutakabbirdirlar.  

 

23. Shubha yo'qki, Alloh ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilur. 

Albatta, U mutakabbirlarni sevmas.  

 

24. Ularga: "Rabbingiz (Muhammadga) nimani nozil qildi?" - deyilsa, ular (masxara qilishib): "Avval 

o'tganlarning afsonalarini",- deydilar.  

 

25. Ular (bu yolg'on so'zlarni) qiyomat kunida, o'zlarining barcha gunohlarini hamda o'zlari johilona 

yo'ldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismi)ni bo'yinlariga olish uchun (aytgandirlar). 

Ogoh bo'lingizki, ular bo'yniga olgan narsa (gunohlar) juda yomondir.  

 

26. Ulardan oldingi (kofir)lar ham (o'z payg'ambarlariga shunday) makrlarni qilgan edilar. Shunda 

Alloh ular (qurgan makr) binolarini poydevorlari bilan qo'porib tashladi, bas, tom o'zlarining ustiga 

quladi va ularga o'zlari sezmagan (kutmagan) tarafdan azob keldi.  

 

27. So'ngra qiyomat kunida (Alloh) ularni yana rasvo qilur va aytur: "Sizlar yonlarini olib tortishib 



yurgan Mening "sherik"larim qayerda qolishdi?!" (Shunda) ilm berilgan (payg'ambar va ulamo)lar 

derlar: "Darhaqiqat, bugun rasvolik va noxushlik kofirlargadir".  

 

28. Ularni o'zlariga zulm qilgan hollarida farishtalar vafot etdirurlar. Shunda ular sulhga kelishib: 

"Bizlar biror yomonlik qilgan emasmiz" (derlar). Yo'q! Shaksiz, Alloh qilgan ishlaringizni biluvchidir.  

 

29. Endi o'zlaringiz mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringiz! Mutakabbirlarning joylari 

naqadar yomon!  

 

30. Taqvoli bo'lganlarga: "Rabbingiz (O'z payg'ambariga) nimani nozil qildi?" - deyilganida, ular: 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

171


"Yaxshilikni", - derlar. Bu dunyoda chiroyli ish qilganlar uchun chiroyli mukofot bo'lur. Lekin, shubha 

yo'qki, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodorlarning diyorlari naqadar yaxshi! 

 

31. Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u yerda xohlagan 

narsalari bordir. Taqvodorlarni Alloh mana shunday mukofotlar.  

 

32. Ular (shirk va gunohdan) pok bo'lgan hollarida, farishtalar vafot etdira turib: "Sizlarga salom! Qilib 

o'tgan amallaringiz bilan jannatga kiringiz", - derlar.  

 

33. (Kofirlar esa) faqat o'zlariga (o'lim) farishtalari kelishini yoki Rabbingizning amri (azobi) kelishini 

kutarlar. Ulardan oldin o'tgan (kofir)lar ham mana shunday qilgan edilar. Ularga Alloh zulm qilgani 

yo'q, balki ular o'zlariga zulm qiluvchi edilar.  

 

34. Bas, qilgan yomonliklari o'zlariga yetdi va masxara qilgan narsalari o'zlarini tutdi.  

 

35. Mushrik bo'lganlar: "Agar Alloh xohlaganida, biz (ham), ota-bobolarimiz (ham) Undan o'zga biror 



narsaga sig'inmagan va Uning (hukmisiz) biror narsani harom qilmagan bo'lur edik", - deydilar. 

Ulardan oldin o'tgan (kofir)lar ham shunday qilgan edilar. Payg'ambarlar zimmasida faqat (Allohning 

vahiysini odamlarga) ochiq yetkazishlik (vazifasi) bordir.  

 

36. Darvoqe, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar", (degan 

vahiy bilan) payg'ambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, 

yo'ldan ozishligi qat'iy bo'lganlar ham bo'lgan. Bas, Yer yuzida sayr qilib, (payg'ambarlarini) 

yolg'onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar! 

 

37. (Ey, Muhammad,) agar Siz u (mushrik)larning hidoyat topishlariga qiziquvchan bo'lsangiz (bilingki), 

Alloh o'zi adashtiradigan kimsalarni sira hidoyat qilmas va ularga madad beruvchilar ham bo'lmas.  

 

38. Ular zo'r berib: "Alloh o'lganlarni qayta tiriltirmaydi", - deb Alloh nomiga qasam ichdilar. Yo'q! 

(Albatta, tiriltirur!) Bu - Uning haqqoniy va'dasidir. Lekin, odamlarning aksariyati bilmaydilar.  

 

39. Ularga o'zlari ixtilof qilayotgan narsalarini ajrim qilib berish uchun, hamda kofir bo'lganlar 

o'zlarining yolg'onchi ekanliklarini bilishlari uchun ham (qayta tiriltirur).  

 

40. Biz biror narsani iroda qilsak, unga aytadigan so'zimiz: "Bo'l!" - deyishdir. Bas, (o'sha narsa) bo'lur.  

 

41. Zulm qilinganlaridan so'ng, Alloh yo'lida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham go'zal 

(maqomlar)ga joylashtirurmiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Qani, endi (buni odamlar) 

bilsalar edi! 

 

42. Ular sabr qilgan va Parvardigorlarigagina tavakkul etganlardir.  

 

43. (Ey, Muhammad,) Sizdan oldin ham faqat (Siz kabi) kishilarnigina (payg'ambar qilib) yuborib, 



ularga vahiy nozil etib turganmiz. Agar (bu haqda) bilmaydigan bo'lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni, 

Tavrot va Injilni biladiganlardan) so'rangizlar! 

 

44. (Biz payg'ambarlarni) hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilingan 

(ahkomlar)ni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qur'onni) nozil qildik.  

 

45. Yomonliklar makrini qilganlar o'zlarini yer yutishidan yoki sezmagan taraflaridan azob kelib 

qolishidan xotirjammilar?! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

172


46. Yoki (safarda) aylanib yurganlarida ularni (ofat) tutgach, (hech kimni) ojiz qoldira olmasliklaridan 

(qo'rqmaydilarmi)?! 

 

47. Yoki (qilmishlari oqibatidan) qo'rqib yurgan paytlarida, ularni (biror ofat) ushlab qolishidan 

(qo'rqmaydilarmi?!) Darhaqiqat, (yana ham) Rabbingiz mehribon va rahmlidir.  

 

48. Axir, ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari o'ngu so'llariga, Allohga bo'yin sunib sajda 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish