Ovqatlanish instinkti.
Bu instinkt hayvonning o'zi uchun zarur ovqat
qidirib topish, ovqat g'amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo'ladi.
Masalan, endigina tuxum po'chog'ini yorib chiqqan jo'ja donni va non
uvoqlarini cho'qiydi, ularni qidirib topa biladi. Asalarilarning asal qidirib
to'plashi va g'amlab qo'yishi hammaga ma’lum.
Saqlanish instinkti.
Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish
tug'ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi.
Masalan, mushuk bolasi o'ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta
ko'rganda yo shkafning tagiga kirib ketadi yoki stulning ustiga, daraxtga
chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning o'zi hujum qiladigan bo'lsa, kuchuk-
ning nozik joylariga yuz-ko'ziga chang solmoqchi bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |