P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Bosh  miya  po'stining  faoliyatidagi  sistemalilik  va  dinamik  stereotip



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Bosh  miya  po'stining  faoliyatidagi  sistemalilik  va  dinamik  stereotip.

l.P.  Pavlov bosh  miya  katta  yarim  sharlari  po'stini  turli  fiziologik  rol 

o'ynaydigan  ayrim  nerv  nuqtalarining  son-sanoqsiz  to'plamidan  tuzilgan 

juda murakkab «mozaika» deb hisoblash bilan birga, shu turli  nuqtalaming 

faoliyatini  birlashtirish jarayonlari  doimo  voqe  bo'lib  turadigan  muayyan 

sistema  ham  deb  biladi.  Muayyan  vaqt  davomida  va  muayyan  tartibda 

takrorlanadigan  qo'zg'ovchilarning ta’siri bilan  bosh  miya  po'stida  muay­

yan (qo'zg'ovchilarga mos keladigan)  qo'zg'alish va tormozlanish jarayon­

lari tobora mustahkamlanib qoladi.  Bu mustahkamlanish shundan iboratki, 

keyin bir xilda  takrorlanadigan  hamma jarayonlar juda  osonlik bilan  voqe 

bo'ladi, ularning voqe bo'lishi uchun «tobora kamroq nerv mehnati» kerak 

bo'ladi.  Nerv jarayonlarining  l.P.  Pavlov dinamik stereotip  deb  nom  ber­

gan birmuncha tuig'un sistemasi shu tariqa tarkib topadi.  Shu tariqa tarkib 

topgan bunday sistema o'z navbatida yangi qo'zg'ovchilar ta’siri bilan voqe 

bo'ladigan jarayonlarning xarakteriga  (tezligiga,  turg'unligiga)  ta’sir etadi.

Bundan anglashiladiki,  hayvonning har bir reaksiyasi shu  paytda qaysi 

qo'zg'ovchining ta’sir etishi  bilangina  belgilanib  qolmay,  balki  bosh  miya

www.ziyouz.com kutubxonasi




po'stida qanday bog'lanish sistemasi tarkib topganligi, qanday dinamik ste­

reotip  borligi  bilan  ham  belgilanadi.  Mustahkam  tarkib  topgan  dinamik 

stereotip ayrim qo'zg'ovchi paydo bo'lganda butun boshli reaksiyalar siste­

masining  takrorlanishiga  imkon  beradi.  Dinamik  stereotip  oiganizmning 

takrorlanib  turadigan  bir  xil  tashqi  ta’sirlarga  moslanishi  demakdir.  Agar 

sharoit  o'zgarsa,  agar mavjud dinamik stereotipga  mos kelmaydigan yangi 

qo'zg'ovchilar paydo bo'lsa,  bu  stereotip o'zgaradi,  qayta quriladi.

Bu  qayta  qurilish  ko'pincha  nerv  sistemasining  ishini  qiyinlashtiradi. 

Mustahkam tarkib topgan stereotip l.P.  Pavlovning so'zlari bilan aytganda, 

«qattiq urishib qolgan, ko'pincha qiyinchilik bilan o'rganadigan, yangi sha­

roit, yangi qo'zg'ovchilar arang yenga oladigan bo'lib qoladi».  (I.P.Pavlov. 

Полное собрание  сочинений.  2-kitob,  III  tom  333-bet).  Nerv jarayon- 

larining  sistemaliligi  haqidagi  l.P.  Pavlov  ta’limoti  hayvonlaming  xulq- 

atvoriga o'tmish tajribasining ta’sir etish mexanizmlarini ochib beradi. Juda 

mustahkam  o'rnashib  qolgan  odat va malakalar stereotiplarga asoslanadi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish