P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


  Odamning  yuksak  nerv  faoliyatining  xususiyatlari



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

4.  Odamning  yuksak  nerv  faoliyatining  xususiyatlari

Yuksak  nerv  faoliyatining yuqorida  bayon  etilgan  qonuniyatlarini  l.P. 

Pavlov hayvonlar ustidagi tajribalarida ochib berdi. Pavlov ta’limotiga ko'ra, 

odamning yuksak nerv faoliyati ham o'sha qonuniyatlarga bo'ysunadi. «Katta 

yarim  sharlarga jo  bo'lgan  yuksak  nerv  faoliyatining eng  umumiy  asoslari 

taraqqiyotning yuqori  darajasiga chiqqan hayvonlarda,  shuningdek,  odam- 

larda  bir  xil  ekanligiga  shubha  qilmasa  bo'ladi,  shuning  uchun  ham  bu 

faoliyatning  elementar  hodisalari  taraqqiysi  yuqori  darajaga  chiqqan  hay­

vonlarda ham, odamlarda ham bir xil bo'lishi kerak» (O'sha kitob,  IV tom, 

415-bet).  «Ammo  takomil  topib  borgan  hayvonlar  olamida  odam  paydo 

bo'lishi bilan,  -   deydi  l.P.  Pavlov,  — nerv faoliyati  mexanizmlarida bunga 

qadar bo'lmagan  yangi,  g'oyat  muhim  qo'shimcha sodir bo'ldi».  Odamda 

yangi  shartli  qo'zg'ovchi  so'z,  nutq  paydo bo'ldi,  hayvonlarda esa bunday 

qo'zg'ovchi yo'q. Odam so'zlashni bilganligidan undagi yuksak nerv faoli­

yati asosiy qonuniyatlarining ko'rinishlari hayvonlardagi yuksak nerv faoli- 

yatidan  sifat jihatidan tubdan  farq qiladi.

«Odam  bilan  hayvonga  ta’sir  qiladigan  hamma  umumiy  real  shartli 

qo'zg'ovchilar  singari,  so'z  ham  odam  uchun  shartli  real  qo'zg'ovchidir, 

ammo, shu bilan birga, so'z hamma boshqa qo'zg'ovchilarga nisbatan shun­

chalik keng imkoniyatga egaki, bu tomondan hayvonlarga xos bo'lgan shartli 

qo'zg'ovchilar  bilan  uni  sifat  jihatidan  sira  taqqoslab  bo'lmaydi.  So'z

www.ziyouz.com kutubxonasi




ulg'aygan odamning o‘tgan butun umri  ichida katta miya yarim sharlariga 

ta’sir  qilib  turgan  barcha  tashqi  va  ichki  qo'zg'ovchilar bilan  bog'langan 

bo'ladi,  bulaming hammasidan signal  beradi,  hammasining o'mini bosadi 

va shu sababdan organizmning haligi qo'zg'ovchilar ta’siri bilan belgilana- 

digan barcha harakatlarini, reaksiyalarini yuzaga chiqara oladi»  (O'sha ki­

tob  IV tom, 429-bet).  Hayvonga voqelikdan darak beruvchi signallar faqat 

ko'rish, eshitish va organizmning boshqa retseptorlarining maxsus hujayrala- 

riga bevosita boradigan ta’sirlar va bulaming katta  miya sharida qoladigan 

izlaridan iborat desak bo'ladi.  l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, «bu voqelikdan 

signal beruvchi birinchi signal sistemasi bo'lib, bu sistema bizda ham, hay­

vonlarda ham bor» (O'sha kitob,  III tom, 2-kitob, 335-336-betlar). «Ammo 

so'zlar, — deydi Pavlov, — voqelikning odamga xos bo'lgan ikkinchi,  max­

sus  signal  sistemasini  tashkil  etadi».  So'z  bevosita  narsa  va  hodisalardan 

olingan signallaming o'mini bosadi, shuning uchun ham, Pavlov uni (so'zni) 

signallaming signali  deb atadi.  Har qanday so'z,  eshitilgan,  qilgan, baland 

ovoz  bilan  yoki  ichida  aytilgan  so'z  odamning  tajribasi  bilan  bog'langan 

bo'lib,  xilma-xil  birinchi  signallar haqida signal  beradi.

Shunday qilib,  odamning katta  yarim  sharlar po'stida birinchi  signal 

sistemasidan  tashqari,  ikkinchi  signal  sistemasi  ham  bor,  ikkinchi  signal 

sistemasi  odamning  yuksak  nerv  faoliyatini  hayvonlarning  yuksak  nerv 

faoliyatidan  ajratadigan,  sifat jihatdan  yangi  sistemadir.

Ikkinchi signal sistemasi mehnat jarayonida, kishilarning tarixiy taraq­

qiyoti  jarayonida  kelib  chiqqan,  shu  bilan  birga,  u  odamning  ijtimoiy 

hayotining  zarur shartidir.

Odam bilan muhit o'rtasidagi  murakkab munosabatlaming hammasi ik­

kinchi signal sistemasi orqali voqe bo'ladi.  Ikkinchi signal sistemasi «odamga 

jo  bo'lgan  munosabatlarda  eng  doimiy  va  qadimgi  regulator»  bo'lib  qoldi. 

Ammo ikkinchi signal  sistemasi birinchi signal sistemasidan ajralgan hol­

da voqe bo'lmaydi, balki u bilan  mahkam bog'langan holda voqe bo'ladi.

Ikkinchi  signal  sistemasining  mexanizmlari  tafakkur  va  nutqning 

fiziologik asosidir.  Ikkinchi  signal  sistemasi,  birinchi  signal  sistemasi bilan 

o'zaro ta’sir etar ekan, tafakkur faoliyati  kuzatish, logik xotira,  his va iroda 

bilan  chambarchas bog'langan  funksiyalarning  ham  fiziologik asosidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish