Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab
qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'lgan aqliy
faoliyat xotira deyiladi.
Xotiraning ayrim jarayonlarini — esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish va unutish jarayonlarini ko'rib chiqaylik.
II. ESDA OLIB QOLISH
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa
yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari
hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish
jarayoni eng awal miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning—buyum,
surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda
esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba
o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari
o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.
Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida yangi mu
vaqqat nerv bog'lanishlari hosil bo'lishidan iboratdir.
Esda olib qolishning tezligi, to'laligi, aniqligi va mustahkamligi har
xil bo'lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning
tezligi, to'laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog'li tez yoki sekin unuti-
lishiga qarab aniqlanadi. Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib
qo'ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir.
Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam
bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi
yoki sira unutilmaydi. Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nima
ga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi
shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu
shartlarni bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq
uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo'ladi.
Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va maxsus eksperimental
tekshirishlar ko'rsatishicha, esda qoldirishning sifatlari — uning tezligi,
to'laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ik-
www.ziyouz.com kutubxonasi
kinchidan, esda olib qolinayotgan materialga kishining (shaxsning) mu
nosabatiga va uchinchidan, esda qoldirish uchun qo'llanilgan maxsus
metodik usul va priyomlarga bog'liq bo'lar ekan.
Biroq har holda esda mustahkam olib qolish, albatta, eng awal nerv
sistemasining ahvoliga bog'liqdir. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa,
muvaqqat nerv bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, puxtaroq bo'ladi, bino-
barin, esda olib qolish ham tez va puxtaroq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |