P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Maktab  yoshidagi  bolalarda  idrokning  o ‘sishi



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Maktab  yoshidagi  bolalarda  idrokning  o ‘sishi

Maktab  yoshidagi  bolalarda  idrokning hamma turlari,  asosan,  ta’lim 

va  tarbiya  tufayli  mazmun,  aniqlik,  ravshanlik jihatdan  ko‘p  daraja  ta- 

komillashadi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata bilish 

qobiliyati  o'sadi.  Kuzata  bilish  muvaffaqiyatli  o'qish  uchun  zarur shart- 

lardan  biridir.  O'quvchilarda  kuzata  bilish  qobiliyati  ulaming  tafakkuri, 

irodasi,  qiziqish-havaslari  bilan birgalikda o'sib boradi.  Kuzatish obyekt- 

larini  tanlashda  o'quvchilaming  o'zlari  tashabbus  ko'rsata  boshlaydilar. 

O'quvchilar  o'z  idroklarini  mustaqil  idora  qila  oladilar.  Ammo  hamma 

boshqa  ixtiyorsiz jarayonlar  singari,  ixtiyorsiz  idrok  ham  maktab  yoshi­

dagi  bolalarda  hali  ko'p  uchraydi.  Shuning  uchun  ham  o'quvchilarga 

beriladigan material,  ular tomonidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy idrok qilishini 

mo'ljallab berilmog'i  kerak.

Fazo  tasawurlari  ham  maktab  yoshida  ancha  takomillashgan  bo'ladi. 

Jumladan,  o'quvchilarda  ko'z  bilan  chamalash  qobiliyati  ancha  taraqqiy 

qilgan  bo'ladi.  Boshlang'ich  maktab  o'quvchilari  endi  bu  chog'da  katta 

yoshdagi  odamlardan  deyarli  qolishmasdan,  to'g'ri  chiziqni  ko'z  bilan 

chamalab ikki teng bo'lakka bo'la oladilar, narsa va chiziqlami katta-kichiklik 

darajasiga qarab taqqoslay oladilar,  narsalarning fazoda turgan o'mini  bu­

lardan qaysi biri yaqinroq yoki  uzoqroq,  qaysi biri balandroq yoki  pastroq 

joylashganini taxminan to'g'ri  belgilay oladilar.  IV—V sinf o'quvchilari  id­

rok qilinayotgan masofani  ko'z bilan chamalab,  shu  masofani bosib o'tish 

uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblab oladigan bo'ladilar.

Ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  o'quvchilaming  ko'z  bilan  chamalash 

hamda narsalarning shakli va katta-kichikligini ajrata bilish qobiliyatining 

yana yaxshiroq  o'sishiga jismoniy tarbiya,  chizmachilik,  rasm,  geometri- 

ya,  fizika darslari bilan shug'ullanish,  shuningdek, geografiya kartalari va 

o'lchov asboblaridan  foydalanish  katta yordam beradi.  Katta masofalarni 

ko'z  bilan  chamalash  qobiliyatining  o'sishiga  ekskursiyalar,  sayrga  chi- 

qishlar, kattalar bilan birgalikda dala va boshqa yerlarda mehnat jarayoni­

da  ishtirok etish  yordam beradi.

Maktab  yoshida vaqtni  idrok  qilish  ham  takomillashadi.  O'quvchilar 

vaqtning,  hozirgi  paytning  «tez»  yoki  «sekin»  o'tayotganini  aniq  sezadi- 

lar.  V—VI  sinf o'quvchilari,  katta  yoshdagi  odamlar singari,  ikki  daqiqa, 

o'n  daqiqa,  bir soat,  uch  soat  va  shu  kabi  vaqtlarning o'tishini taxminan 

ayta  oladilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi




O'quvchilarda  vaqtni  yana  aniqroq  idrok  qilish  qobiliyati,  asosan, 

maktabda  o'qish  mashg'ulotlari  to‘g‘ri  uyushtirilishiga,  mashg‘ulotlarni 

muayyan vaqtga qarab taqsimlanishi va vazifalarni ma’lum bir o‘quv soati 

(45  daqiqa)  ichida  tamom  qilish  talabiga  bogiiq  holda  o‘sib  boradi. 

O'quvchilaming  o'zlari  ham  mustaqil  suratda  bajarishlari  lozim  bo'lgan 

turli  darslarini  tayyorlash  uchun  vaziyatni  har  bir  fanga  taqsimlab  chi- 

qishga  majbur bo'ladilar.  Darsga kech  qolmasdan  maktabga borib  yetish 

to'g'risida  g'amxo'rlik  o'quvchilardan  vaqtning  o'tishiga  e’tibor berishni 

talab  etadi.  O'quvchilar  ma’lum  bir  ishni  bajarish  uchun  lozim  bo'lgan 

ozmi-ko'pmi muddatni  fikrda hisoblab chiqishga majbur bo'ladilar.  Vaqt 

o'lchovlarini  o'rganish,  doimo  soatdan  foydalanish  ham  vaqtni  aniq  va 

to'g'ri  idrok  qilish  qobiliyatini  o'stiradi.

Katta  yoshdagi  odamlar singari,  maktab  bolalari  ham  suratda tasvir- 

langan  voqea va  harakatni  to'g'ri  ko'ra va tushuna  oladilar.  To'qqiz-o'n 

bir yashar bolalar narsalarning fazoda tutgan o'rnini va ulaming bir-biriga 

nisbatlarini  o'z  rasmlarida to'g'ri  tasvirlay oladigan bo'ladilar.

Maktab  bolalari  murakkab  musiqa  asarlarini  zavq  bilan  tinglaydilar, 

ular ton va yarim ton  kabi  ohanglarni  ajrata oladilar,  maktab  xorida  ish­

tirok etadilar va  har xil  cholg'u  asboblarida  chalishni  o'rganadilar.

Yoshlar — o'g'il  va qiz bolalar —

  murakkab  musiqa asarlarini  eshitish, 

badiiy rasmlar ko'rish bilan shu asarlaming g'oyaviy ma’nosiga ham tushu- 

nadigan  bo'ladilar.  Idrok  qobiliyati  bolalar  ulg'ayib,  ancha  voyaga  yetib 

qolgan davrlarda yanada o'sib boradi.  O'qish va  mehnat jarayonida o'smir 

va yoshlarda  muayyan  idrok obyektlari  ustida o'z diqqatlarini ancha uzoq 

vaqtgacha  to'plab  turish,  murakkab  kompleksli  obyektlardan  nazariy  va 

amaliy maqsadlarga qarab muhim va zarurlarini ajrata bilish qobiliyati hosil 

bo'ladi  va mustahkamlanib boradi. Yuqori sinf o'quvchilari endi shu yosh­

da tabiat  va jamiyat  hayotiga  doir hodisalar ustida  ilmiy yo'sindagi  kuza­

tishlar olib bora oladilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish