Realizm.
Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiy
(1038—1109) dir. U Shimoliy Italiyada tugllgan, 1093-yilda
Ketterberiy shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Angelm
o‘zining ikki asari bilan mashhur. Birinchisi «Monopoliya» —
Xudoning borligini sabab oqibat munosabatlari tizimida isbot
qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday
talqin qilinadi: inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu
ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali
hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib
bolm agani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bolishi ke-
rakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Angelmning ikkinchi asari «Prologion» Xudo borligining
deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy
va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa obyektiv
mavjudlikka ega bolgan reallikka mos keladi. Chunki agar borliq
mavjud bolm aganda edi, narsa komil bolm as edi. Agar Xudo-
dan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan,
demak, Xudo reallikda mavjuddir.
Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr
sxolastlarini m oladil realistlar deb atalgan. Ularning yirik va-
killari Pyer Abelyar va Akviniyalik Fomlar bolgan. Britaniyada
tugllgan P. Abelyar (1079—1142) juda yoshligidanoq o‘z bi-
limi bilan mashhur edi. Abelyar — m olad il realistdir. Uning
ta’kidlashicha, reallik yoki universally dastlab Xudo aqlida mav
juddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat,
odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish
uchun bilaman» degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni bilmaydigan,
71
bilimsiz kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi
o‘rgangan kishi afzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o‘zi
bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab,
unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, shubha
hamma vaqt tadqiqotga yollaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi.
Uning fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas,
balki odamlarni Xudoga bolgan muhabbat bilan taajjubga solish
va odamlarga axloqiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida sodir boladi. Bu
bilan odamlar o‘z hayotini Xudoga bo‘ysundiradilar. Bu qarash
axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Akviniyalik Foma (1224—1292) m o lad il realizmning yana bir
yirik vakili b o lib hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Arastu
natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan.
Bunda u m olad il realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning
eng yirik namoyandasi bolgan. Uning fikricha, natural falsafada
tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo mavjudligi
haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat
bolib, 600 masalani yoritishga baglshlangan. U ilohiyotning siste-
mali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning
birinchi qismi Xudoning mavjudligi va borligl masalasida bahs
yuritadi. Ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida hikoya
qiladi. Foma ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllan-
di va u «neotomizm» tarzida G ‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
0 ‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkam-
dir (1309—1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql)
y o l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Tavrot nufuzi tu-
fayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni
bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam,
Shuningdek, universaliylarning obyektiv mavjudligini inkor qila
di. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat
ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uning
cha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214—1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim
vakillaridandir. U o‘z hayotini ilmiy tajribalarga baglshlagan.
72
Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni
XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabi
atni tajribaviy o‘rganish metodini qollash nominalistlar qarash-
lariga to liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar o‘rtasidagi
qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolari-
dan biri edi. Butun o‘rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi
o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri —
1150 va 1300-yillarda — Foma Akviniyskiyning m oladil realizmi
nominalizm ustidan g‘alaba qozondi. Lekin 1300-yildan keyin
cherkov ilohiyotchi lari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni
egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir
ko'rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini
(ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar m uhim o‘rin tu
tadi. U lar bilim va m a’rifatning o‘chog‘i sifatida 1200-yillarda
vujudga keldi. 1400-yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet
mavjud bolgan. Universitet dasturining juda katta qismini
sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi. Universitetlar-
ning vujudga kelishining sababi m ashhur olim larning faoli-
yatidir. X II asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchi-
si sifatida m ashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun
Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya
shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata boshlaydi.
Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij
universitetining vujudga kelishiga sabab b o ld i. Universitetlar,
Shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga
kelgan. Masalan, X II asrda Angliya va Fransiya qirollari ora
sidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat
bildirilm aganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shah
riga ko‘chib o‘tishlariga sabab b o ld i. Buning natijasida m ash
hur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti
esa Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va
1209-yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko‘chib o‘tishlari
natijasida vujudga keldi.
Universitetlar qadimgi Yunoniston va Rirnda, shu bilan birga
bizning mamlakatimizda ham mashhur bolgan ustoz va shogird-
73
lar to‘planib ilm o‘rganadigan, o‘rgatiladigan va ilmiy bahslar olib
boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo‘lsa-da, ammo fan
sohalarining ko‘pligi tufayli alohida ilm o‘chog‘iga aylanib qoldi.
Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |