Rim imperiyasi davri va o‘rta asrlarda Yevropa falsafasi.
Yev-
ropada qadimgi Yunon va Rim davridan o‘rta asrlar falsafasiga-
cha, ya’ni miloddan ilgarigi I asrdan milodning XIV asrigacha,
bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo b o ldi va
amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni kolish mumkin:
1. Xristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylani-
shi. 2. 0 ‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustuvor yo‘nalishga
aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm
va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |