1.2.
Kasb-hunar ta’limi tizimida tibbiyot mutaxassisliklar bo‘yicha
Davlat ta’lim standartlari, malakaviy tavsifnoma, o‘quv rejasi va
o‘quv dasturlari, yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari,
ularga qo‘yiladigan talablar
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining maqsad va
vazifalari
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining maqsadi
— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari
hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan holda tashkil etish, belgilangan talablarga javob beruvchi, ma’naviy
barkamol, kasb mahoratiga ega bo‘lgan, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iborat.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartining vazifalari
quyidagilardan iborat:
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni
belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining
o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
60
- ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga hamda ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari
turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga va uning pirovard natijalariga,
o‘quvchilarning bilimi va kasbiy malaka darajasini baholash tartibiga, shuningdek,
ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan talablarning
huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining asosiy
printsiplari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy printsiplarga asoslanadi:
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarining ustuvorligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining boshqa ta’lim turlari va bosqichlari
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi,
fan,
texnika
va
texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi hamda jamiyat talablarining zamonaviy
holati hisobga olinganligi;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi mujassamligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining xalqaro ta’lim standartlariga hamda
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ilm-fan va
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslanganligi;
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun
tayanch va fanlarga oid umumiy kompetentsiyalarni rivojlantirishning
ta’minlanganligi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlari
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
umumiy talablar;
61
- akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari
tuzilmasi;
- kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari
tuzilmasi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va
ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o‘quv rejasi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning tayanch o‘quv rejasi fanlar bo‘limlari
nomi, o‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning kurslar bo‘yicha
taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja ta’lim mazmunidan kelib chiqib, akademik litseylar va
kasb-hunar kollejlari yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi hamda ularning o‘quv
rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o‘quv rejasining birinchi va ikkinchi bosqichida har bir o‘quv yili 40
haftadan iborat bo‘lib, bir semestr 20 haftani o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich
o‘quv yili 38 haftani tashkil etib, birinchi semestri 20 haftani, ikkinchi semestri 18
haftani o‘z ichiga oladi.
Tayanch o‘quv rejalarida umumiy 4470 soatdan 100 soati ta’lim muassasasi
pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv fanlarini o‘qitishga ajratiladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumiy
haftalik yuklamalari 54 soatni, shundan 37-38 soati auditoriya yuklamasi va 17-16
soat mustaqil ishni tashkil etadi.
Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80
daqiqa etib belgilanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagogik kengashlariga
ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar
hajmi doirasida ayrim bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga o‘zgartirish
kiritish huquqi beriladi.
62
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida guruhlarda o‘quvchilar soni 26 nafar va undan ortiq bo‘lganda
ikkita kichik guruhga bo‘lgan holda quyidagi tartibda o‘qitishga ruxsat etiladi:
- o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
- rus tili (ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
- chet tili;
- informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;
- chuqurlashtirilib o‘rganiladigan fanlar (ta’lim yo‘nalishlari) bo‘yicha
akademik litseylarda amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari;
- jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 15 nafar yigit yoki qiz bo‘lganda)
mashg‘ulotlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarida
olib boriladigan guruhlarda kichik guruhlarda o‘rganiladigan til ko‘pchilik
o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori
bilan belgilanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan kelishilgan va tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari asosida
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tibbiyot, ta’lim (musiqa xodimi),
madaniyat, sport, tasviriy, amaliy, dizayn va boshqa san’at yo‘nalishlari bo‘yicha
maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarga bo‘lib
o‘qitiladi.
Madaniyat, san’at va ta’lim (musiqa xodimi) yo‘nalishlari bo‘yicha yakka
tartibdagi o‘quv mashg‘ulotlari tayyorlov yo‘nalishlarining o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq
amalga oshiriladi. Bunda tegishli xarajatlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari uchun nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi.
Boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish (o‘quv
amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi.
63
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv amaliyotini kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish
ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimini kiritish normasi doirasida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |