Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

texnikumlarda

kadrlar  tayyorlash  Xalqaro  tasniflagichning  kamida  3  yoki  4-darajasiga  mos 
ta’lim  dasturlarini  tamomlagan,  “Hayot  davomida  ta’lim  olish”  prinsipi  asosida 
kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan 
guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 
yildan  kam  bo‘lmagan  muddatda  kunduzgi,  kechki  va  sirtqi  ta’lim  shakllarida 
davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi; 
o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z 
sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka 
tartibdagi  suhbat  orqali  oliy  ta’lim  muassasalarida  2-kursdan  o‘qishini  davom 
ettirish huquqiga ega bo‘ladi; 
Tibbiyot  sohasini  zamonaviy  fikrlaydigan,  chuqur  bilimli,  mas’uliyatni  his 
etadigan,  har  jihatdan  etuk  kadrlar  bilan  ta’minlash  masalasiga  bugun  davlat 
darajasida  e’tibor  qaratilmoqda.  Xususan,  Harakatlar  strategiyasida  ham  kadrlar 
tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida 
oliy  malakali  mutaxassislar  tayyorlash  uchun  zarur  sharoitlar  yaratishga  doir 
muhim  masalalar  belgilangan.  Prezidentimizning  “O‘zbekiston  Respublikasida 
tibbiy  ta’lim  tizimini  yanada  isloh  qilish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori 


45 
 
ushbu  yo‘nalishda  muhim  burilish  yasab  berdi.  Davlatimiz  rahbarining  mazkur 
qarorida  aynan  tibbiy  kadrlar  etishmovchiligini  bartaraf  etish  masalasiga  echim 
ko‘rsatilgan.  YA’ni  hujjatda  tibbiy  ta’lim  yo‘nalishlaridagi  bakalavriat  tizimida 
o‘qish  muddatlarini  belgilash  alohida  qayd  etildi.  Unga  ko‘ra,  2017/2018  o‘quv 
yilidan  boshlab  davolash  ishi,  kasbiy  ta’lim  (davolash  ishi),  harbiy-tibbiyot  ishi 
(davolash  ishi),  pediatriya  ishi  6  yil,  tibbiy-biologik  ish  4  yil,  tibbiy  profilaktika 
ishi 5 yil etib belgilandi. E’tiborli tomoni, hozirgi vaqtda “davolash ishi”, “kasbiy 
ta’lim”  (davolash  ishi),  “harbiy  tibbiyot  ishi”  (davolash  ishi),  “pediatriya  ishi” 
bakalavriat  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan  2-5-bosqich  talabalari  ham 
ta’limni 6 yillik o‘quv dasturi asosida davom ettirishi ko‘zda tutilgan. 
Tibbiyot  xodimlarini  tayyorlash  borasida  to‘plangan  tajribalar  ushbu  sohani, 
ayniqsa,  o‘quv  dasturlarini  yanada  takomillashtirish  vaqti  kelganini  ham 
ko‘rsatmoqda.  O‘quv  soatlari  tahlil  qilib  o‘rganganilganda,  o‘quv  dasturlaridagi 
mavzularning  15  foizi  va  hatto  undan  ortig‘i  takrorlanishi  holatlari  mavjudligi 
aniqlandi. Bundan tashqari, bakalavriat va magistratura bosqichidagi o‘quv reja va 
dasturlarida  mutaxassislikka  oid  bo‘lmagan  fanlarning  ko‘pligi  ham  talablarning 
ortiqcha  vaqtini  olib,  ixtisoslik  bo‘yicha  bilim  olishiga  sezilarli  ta’sir  qilib 
kelmoqda.  Yana  bir  muammoli  holat    ta’lim  jarayoniga  tibbiyot  sohasidagi 
zamonaviy bilimlarni kiritishda vujudga kelgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq edi. 
Davlatimiz  rahbari  qarori  bilan  oliy  tibbiy  ta’limning  klinikagacha  bo‘lgan  va 
klinik fanlar bloklari bo‘yicha o‘quv soatlari salmog‘i oshirilishi, oliy tibbiy ta’lim 
standartlarini qayta ko‘rib chiqish belgilandi. SHunga asosan, bakalavriat bosqichi 
uchun davlat ta’lim standartlari qayta ishlab chiqilmoqda. Ya’ni kasbiy fanlar bloki 
kengaytirilib,  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  blokini  7  foizgacha  qisqartirish, 
klinikagacha  va  klinikaga  oid  fanlar  uchun  soatlar  hajmini  85  foizgacha 
ko‘paytirish  nazarda  tutilgan.  Avvalgi  Davlat  ta’lim  standartlarida  belgilangan 
o‘quv  rejalarida  gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  bloki  bo‘yicha  o‘quv 
soatlari hajmi 15-20 foizgacha edi. Asosiy mutaxassislik bo‘yicha esa 40-50 foizni 
tashkil  qilgan.  Bu  islohot  oliy  tibbiy  ta’limning  birinchi  bosqichidan  boshlab 
bo‘lajak  shifokorning  sohaga  doir  bilimlarini  shakllantirishga  keng  imkoniyatlar 


46 
 
yaratadi. 
Yana  bir  e’tiborli  jihati  shundaki,  endilikda  tibbiyot  oliy  ta’lim  muassasalari 
bitiruvchilarining  diplomiga  ixtisoslik  qayd  etilishi  belgilab  qo‘yildi.  Ilgari  oliy 
tibbiy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilari  diplomida  ixtisoslik  ko‘rsatilmas  edi. 
Natijada  ichki  va  tashqi  mehnat  bozorida  o‘ziga  yarasha  muammo  va  salbiy 
holatlar  kuzatilayotgandi.  Bitiruvchi  diplomiga  ixtisoslik  qayd  etilishi  orqali 
tibbiyot  oliy  ta’lim  muassasalari  bitiruvchilarini  etakchi  xorijiy  tibbiy  ta’lim 
muassasalari  hamda  ilmiy  markazlarida  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta 
tayyorlash borasida duch kelinayotgan tushunmovchiliklarga barham beriladi. 
Hech  ikkilanmay  aytish  mumkinki,  Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  yo‘lga 
qo‘yilayotgan tibbiy ta’limni kompleks rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlar: 
– tibbiyot kadrlari etishmovchiligi qoplanishini 15 foiz tezlashtirishga, 
– tibbiy ta’lim tizimini xalqaro standartlar talablariga moslashtirilishga, 
– ta’lim muassasalari kadrlari salohiyatini oshirishga, 
– davlat byudjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishiga, 
– tibbiyot oliy o‘quv yurti tilabalarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash 
va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish orqali yuqori malakali tibbiyot kadrlarini 
tayyorlashga xizmat qiladi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish