Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

1.6.
 
Kasbiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari 


30 
 
Har qanday fanning metodologik asoslarini o‘zlashtirmasdan turib, ushbu fanni 
ilmiy bilimlar sohasini uni amaliyotda qo‘llanilishi mohiyatini tushunish mumkin 
emas. Fan metodologiyasining umumiy holatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Lug‘atlarda metodologiya bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta'limot sifatida, 
nazariy  va  amaliy  faoliyatni  tashkil  etish  prinsiplari  va  yo‘llari  to‘g‘risidagi 
ta'limot  sifatida,  u  yoki  bu  fandagi  qo‘llaniladigan  metodlar  yig‘indisi  sifatida 
izohlanadi. 
Metodologiyaning falsafiy va maxsus ilmiy darajasi mavjud. 
Fan  metodologiyasining  yuqori  darajasi  falsafa  hisoblanadi.  Bizga  ma'lumki, 
sobiq  sho‘ro  tuzumi  davrida  fanlarni  o‘qitishning  falsafiy  asosi  sifatida  dialektik 
materializm  qabul  qilingan.  Shuning  uchun  ko‘plab  mutaxassislar  ijtimoiy, 
gumanitar  va  tabiiy  fanlarning  falsafiy  asosini  dialektika  tashkil  qiladi  deb 
hisoblaydilar. Ularning fikricha, dialektika qoidalari butun bir pedagogik tizimdagi 
ta'lim  va  tarbiya  jarayonlari  uchun  umumiydir.  Shuning  uchun  zarur  falsafiy 
nazariyalar har qanday fan bilan o‘zaro aloqadordir. 
Falsafada fanni atributlari sifatida g‘oya va prinsiplar, qonun va qonuniyatlar, 
tushuncha va kategoriyalar qabul qilingan. 
Dialektik  materializm  g‘oyalari  orasidan  determinizm  prinsiplarini,  ya'ni 
hodisalarni  o‘zaro  aloqadorligi  va  rivojlanishini  ko‘rib  chiqamiz.  Pedagogikada 
rivojlanish  prinsipi  pedagogik  jarayon  ta'lim  va  tarbiya  jarayonlaridan  tashkil 
topgan ijtimoiy va murakkab hodisa ekanligini ifodalaydi. 
Unda barcha komponentlar: jamiyat ehtiyoji va ta'lim-tarbiya maqsadi, pedagog 
va  talabalar,  o‘zlashtiriladigan  material  va  uni  uzatish  yo‘llari,  o‘qituvchi 
rahbarligidagi mashg‘ulot va o‘quvchilarni mustaqil ishi, o‘quv va tarbiyaviy ishlar 
orasida o‘zaro aloqadorlik mavjud. 
Shunday  qilib,  pedagogika  metodologiyasi  fanni  falsafiy  va  maxsus  ilmiy 
metodologik  darajalariga  asoslanadi.  Metodologiyani  barcha  darajalari  o‘zaro 
aloqadorlikda va bir-biriga bo‘ysungan holda tizimni shakllantiradi. 
Pedagog  uchun  pedagogika  fani  metodologiyasi  mohiyatini  bilishligi  ta'lim 
jarayonini  samarali  tashkil  etish  va  boshqarishda  zarur  bo‘ladi.  Har  qanday  fan 


31 
 
yangi  bilimlar  bilan  to‘ldirilsagina  rivojlanishi  mumkin.  Bilimlarni  olish 
obyektivligi tadqiqot metodologiyasini tanlashga bog‘liq. 
Metodologiya  (yunoncha.  methodos  —  nazariya,  ta'limot,  bilish  yoki  tadqiqot 
yo‘li va logos — so‘z, tushuncha): 1) amaliy va nazariy faoliyatni qurish va tashkil 
etish yo‘llari va prinsiplar tizimi; 2) bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta'limot; 
3) u yoki bu fanda qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi ma'nolarini anglatadi. 
Pedagogika  fanining  metodologiyasi  —  bu  pedagogik  borliqni  o‘zgartirish  va 
bilish jarayonlarini shakllari, metodlari va prinsiplari to‘g‘risidagi ta'limot. 
Fan  metodologiyasi  tadqiqot  komponentlarini  tavsiflab,  tadqiqot  vazifalarini 
hal  etish  jarayonida  harakatlar  ketma-ketligi  va  bosqichlari  to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni  shakllantirib,  tadqiqotning  metod  hamda  vositalari  yig‘indisini, 
vazifalarini, tadqiqot obyekti va predmetini tavsiflaydi. 
Pedagogik  tadqiqotlarni  tashkil  etishda  umumnazariy  metodlar:  analiz,  sintez, 
taqqoslash, 
induksiya, 
deduksiya, 
mavhumlashtirish, 
umumlashtirish, 
konkretlashtirish,  modellashtirish;  sotsiologik  metodlar:  anketa,  intervyu,  reyting; 
ijtimoiy psixologik metodlar: sotsiometriya, test, trening; matematik metodlar. 
Pedagogik tadqiqot metodlari nazariy va amaliy (empirik) turlarga bo‘linadi. 
Tadqiqotning  nazariy  metodlari  ilmiy  faktlarni  tizimlashtirish,  kengaytirish, 
aniqlashni  taqozo  qilib,  hodisalarni  tushuntiradi  va  oldindan  izohlab,  olingan 
natijalarni  ishonchliligini  oshirib,  mavhumdan  aniq  bilimlarga  o‘tishni,  turli 
tushuncha  va  farazlar  orasidagi  aloqadorliklarni  o‘rnatib,  asosiy  va  ikkinchi 
darajalilarini ajratadi. 
Ayrim nazariy metodlarni tavsiflaymiz. 
Analiz  —  hodisalarni  alohida  sifat  va  xususiyatlarga  ajratish,  ya'ni 
o‘rganilayotgan butun bir hodisa yoki jarayonni fikran tarkibiy qismlarga bo‘lish. 
O‘rganilayotgan  hodisani  turli  aspektlar  bo‘yicha  tahlil  qilish  mumkin.  Har 
taraflama tahlil hodisani mohiyatini chuqur ochib berishni ifodalaydi. 
Sintez — hodisani xususiyatlari va sifatlarini fikran jamlab butunni hosil qilish. 
Sintez  —  bu  nafaqat  miqdoriy  to‘plash,  balki  mazmunan  bog‘lashdir.  Agar 
hodisalar shunchaki bog‘lansa, unda tizimli aloqadorliklar hosil bo‘lmaydi. 


32 
 
Har qanday tadqiqotda analiz va sintez uzviy aloqada bo‘ladi. 
Taqqoslash  —  o‘rganilayotgan  hodisalar  orasidagi  o‘xshashliklarni  va 
farqlarini o‘rnatish. 
Taqqoslashda  taqqoslash  asoslarini,  ya'ni  mezonlarini  aniqlab  olish  maqsadga 
bog‘liq. 
Hodisalarni  bir-biri  bilan  taqqoslash  uchun  avvalo  ularni  asosiy  belgilarini 
ajratib  olish  lozim.  Taqqoslashning  tarkibiy  qismi  hamisha  analiz  hisoblanadi, 
ayrim hollarda sintez ham qo‘llaniladi. 
Umumlashtirish  —  hodisa  va  jarayonlarning  umumiy  jihatlarini  ajratish. 
Tadqiqotni umumlashtirish. 
Hodisalarni bir-biri bilan taqqoslash natijasida tadqiqotchi hodisalarni umumiy 
jihatlarini topib va u asosida bir fikriy guruhga birlashtiradi. 
Modellashtirish  —  hodisa  va  jarayonlarni  real  va  ideal  modellar  yordamida 
tadqiq qilish. 
Induksiya,  deduksiya  —  amaliy  yo‘llar  bilan  olingan  ma'lumotlarni 
umumlashtiruvchi  mantiqiy  metodlar.  Induktiv  metod  xususiy  fikrlardan  umumiy 
xulosalarga  borishni,  deduktiv  —  umumiydan  xususiy  xulosalar  chiqarishni 
ifodalaydi. 
Tadqiqotning empirik (amaliy)  metodlariga: ma'lumotlarni yig‘ish va to‘plash 
metodlari  (kuzatish,  suhbat,  anketa,  test);  nazorat  va  o‘lchash  metodlari; 
ma'lumotlarni  qayta  ishlash  metodlari  (matematik,  statistik,  grafik,  jadvalli; 
baholash  metodlari  (o‘z-o‘zini  baholash,  reyting);  tadqiqot  natijalarini  pedagogik 
amaliyotda qo‘llash metodlari (eksperiment, tajribali ta'lim, masshtabli qo‘llash) va 
b. 
Ayrim metodlarni ko‘rib chiqamiz. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish