Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


O’quvchilaming o‘quv faoliyatiga qarab ishlab chiqarish ta’limini



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

O’quvchilaming o‘quv faoliyatiga qarab ishlab chiqarish ta’limini 
tashkil qilish shakllari
 
O'quvchilarning  o'quv  faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lgan  ishlab  chiqarish 
ta’limining tashkiliy shakllarini turkumlashda (klassifikatsiyalashda) asosan o'quv 
materialining  mazmunidan  kelib  chiqiladi.  Ishlab  Chiqarish  ta’limini  tashkil 
qilishning,  ya’ni  o'qiivchilar  faoliyatining  quyidagi  shakllari  mavjud:  frontal, 
guruhli (brigada, zveno) va individual (yakka-yakka). 
O'quvchilarning biror ishni bajarishdagi frontal va individual ishlab chiqarish 
ta’limi  shakllari  shartlidir, chunki o'quvchilar  frontal ish bajargani  bilan har bitta 
o'quvchi  o'zi  individual  ish  bajaradi.  Shuning  uchun  bu  yerda  ish  bajarish  oxirgi 
natijaga yo'naltirilgan bo'ladi. Olingan natija frontalli bo'ladi bajarilishi individual. 
Shu sababli, ishlab chiqarish ta’limini tashkil qilishning ikkita shakli bor desa ham 
bo'ladi, ya’ni: jamoaviy va individual. 
O 'quv jamoaviy shakl o'z ichiga: frontal, guruhli, brigadali va zvenoli ishlab 
chiqarish ta’limini tashkil qilish shakllarini oladi. Ya’ni: 


171 
 
•  Ta’limning  frontal  shaklida  hamma  o'quvchilar  bir  xil  asbobda  bir  xil,  ish 
bajaradi va materialni bir vaqtda o'rganishadi. 
•  Ta’limning  guruhli  shaklida  o'qitish  guruhining  hamma  a’zolarini  ishlab 
chiqarish  ta’limi  mavzusini  o'rganishadi  va  ularda  bir  xil  malaka  va  ko'nikmalar 
o'qitish vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ta’limning bu shakli o'quvchilarda 
boshlang'ich reja va ko'nikmalami shakllantirish bilan harakatlanadi. 
•  Ta’limning  brigade  (zveno)  shaklida  o'qitish  usulida  brigada  a  ’zolarining 
ishlab  chiqaradigan  mahsulotlari  o'zaro  bog'liq  holda  ifodalanadi,  (nooperatsiya 
shakli)  va  jamoaviy  javobgar  hissi  shakllanadi.  Agarda  oxirgi  natija  brigada 
a’zolari  orqali  olinmasa,  u  holda  zvenoli  o'qitish  shaklidan  foydalaniladi.  Bu 
murakkab  mahsulotlami  ishlab  chiqarishda  qo'llaniladi.  Zvenoli  o'qtishi  shaklini 
o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarida, o'quv sexlarida va qisman ishlab chiqarishda 
qo'llash mumkin.  
Yakka  tartibda  o'qitishni  tashkil  qilish  shakli  asosan  laboratoriya  sharoitida 
ishchilar jamoasidagi IChTda va bo'lajak shaxsiy ish joylaridagi amaliyot davrida 
qo'llash  mumkin.  O‘quv  jarayonini  boshqarish  bilan  bog‘liq  bo'lgan  ishlab 
chiqarish  ta’limini  tashkil  qilish  shakllari  Yangi  ta’lim  mazmunini  o'quv 
jarayoniga qo'llash ishlab chiqarish ustalar faoliyatini qayta qarab chiqishni taqozo 
etmoqda. Ya’ni ilgari har bir usta bitta guruhga biriktirib qo'yilib, faqat shu guruh 
bilan  ish  olib  borgan  bo'lsa,  endi  bu  ta’lim  mazmuni  ularni  ixtisoslashtirishni 
taqozo  etmoqda.  Chunki  ishlab  chiqarish  ta’limi  bo'limlari  murakkablashib 
bormoqda. Shuning uchun usta uning hammasini mukammal bilishi qiyin.  
Hozirgi  paytda  ba’zi  o'quv  muassasalarida  ishlab  chiqarish  ustalarini  o'quv 
ustaxonalariga,  laboratoriyalarga  hamda  guruhlarga  biriktirib  qo'yilmoqda. 
Ustaxona  yoki  laboratoriyalarga  biriktirilgan  ustalar  o'quv  reja  va  dastur 
mazmuniga  oid  hamma  guruhlarda  dars  olib  boradi.  Shu  bilan  birga,  guruhga 
biriktirilgan  ishlab  chiqarish  ustasi  laboratoriya  yoki  ustaxonaga  biriktirilgan  usta 
bilan birga o'zining pedagogic faoliyatini olib boradi. 
O'quv  ustaxonasiga  biriktirilgan  ishlab  chiqarish  ustasi  ishlab  chiqarish 
ta’limi jarayonida bir vaqtning o'zida tarbiyaviy ishlami ham olib boradi. Guruhga 


172 
 
biriktirilgan  usta  o'z  guruhidagi  o'quvchilarda  bilim  olishga  bo'lgan  intilishlami 
oshirish, qiziqtirish, ularda intizomni mustahkamlash, o'qishdan tashqari faoliyatni 
boshqarish kabi xususiyatlari uchun javobgar bo'ladi.  
Ishlab  chiqarish  ustalariga  rejalashtirish  ishlarini  olib  borishning  quyidagi 
turlari tavsiya etiladi. 
a) Rejalashtirish hujjatlari: 
• laboratoriya-ustaxonalar ustasi, hamma guruhlar uchun laboratoriya, amaliy 
mashqlar va ishlab chiqarish ishlari ro'yxatini tuzish; 
• bir oylik ish rejasi hamma guruhlar uchun tuzish
• istiqbolli-tematik ish reja (ishlab chiqarish uchun); 
• ishlab chiqarish ta’limining majmuaviy-uslubiy ta’limning tematik ro‘yxati; 
• ishlab chiqarish ta’limining dars rejasi; 
• ishlab chiqarish ta’limini nazorat qilish ishlar ro'yxati; 
• o‘quv ustaxona, laboratoriyalarni jihozlash rejasi; 
texnik ijodkorlik ish rejasi
• mustaqil uslubiy ishlar ro'yxati. 
b) O'quv guruhi ustasi tuzadi: 
• guruhning butun o’quv davri uchun tarbiyaviy ishlar istiqboli rejasi; 
• bir oylik tarbiyaviy ishlar rejasi; 
• mustaqil bajaradigan uslubiy ishlar; 
• o‘quv ustaxonasi ish rejalarini tuzishda qatnashish. 
d) Hisobga olish hujjatlari. O'quv ustaxonasiga biriktirilgan usta; 
• dastur bo'yicha ishlab chiqarish ta’limini hisobga olish jurnali
•  o'quv  ustaxonasida  guruhlari  tomonidan  ishlab  chiqarish  faoliyatining 
bajarilishini hisobga olish. 
Guruh ustasi: 
bazaviy korxonalar, sexlarda ishlab chiqarish ishlarining bajarilishi hisobi; 
• malakaviy imtihonlar topshirish bayonnomalari. 
e) Hisobot hujjatlari. Ustaxonaga biriktirilgan usta: 
• hamma guruhlaming o‘quv ustaxonalarida oladigan bilimlari


173 
 
•  ustaxona  (laboratoriya)  laming  o'quv  uslubiy  ta’minoti  rejasining 
bajarilganligi. 
Guruh ustasi: 
• guruhlaming ishlab chiqarish ta’lim faoliyati bo'yicha bajarilgan ishlar yig'm 
a (umumlashgan) hisoboti
• ishlab chiqarish amaliyoti o'tkazilganligi haqida hisobot; 
• tarbiyaviy ishlarning bajarilganligi haqida hisobot. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish