Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

15-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH, 
ICHT BOSQICHLARI VA TASHKILIY SHAKLLARI 
Tayanch tushunchalar: 
ishlab chiqarish, mehnat faoliyati, ish sifati, mehnat 
unumdorligi, mehnat madaniyati, kasbiy mustaqillik. 
15.1.
 
Ishlab chiqarish ta’limi mazmuni va mohiyati. 
Zamonaviy  sharoitda  bozor  iqtisodiyoti  yuksak  kasb 
mahoratga 
mutaxassilarni  tayyorlashni  talab  etiladi.  Bu  esa  kasb  ta`limi  muassasalari  oldiga 
yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash,  ularda  mehnatga  ijodiy  munosabatni  tarkib 
toptirish uchun ishlab chiqarish ta`limi tubdan yaxshilash vazifasini qo`yadi. 
Ishlab 
chiqarish 
ta`limi 
xususiyatlari. 
Kasb-hunar 
ta`limi 
o`quv 
muassasalarida  o`quv  jarayonining  ishlab  chiqarish  ta`limi  tashkil  etuvchi  qismi 
hisoblanadi. SHu bilan birga ishlab chiqarish ta`limi maqsadi, mazmuni, shakli va 
usullari bilan o`ziga xos xususiyatiga xam ega.  
Ishlab  chiqarish  ta`limining  asosiy  maqsadi  talabalarda  ma`lum  kasb, 
mutaxassislik  sohasi  buyicha  kasbiy  mahoratning  shakllanishi  hisoblanadi.  
«Kasbiy  mahorat»  tushunchasi  mohiyatini  ochib  beruvchi  quyidagi  ko`rsatkich-
mezonlarni ajratib ko`rsatamiz: 
ishni  bajarish  sifati
  –  texnik  talablarning  ish natijalari  bo`yicha  bajaralishi; 
uning o`rnatilgan ko`rsatkich va me`yorlarga mos kelishi;  ijobiy natijalarni olish; 
mehnat unumdorligi
 – o`rnatilgan vaqt me`yorlarining bajarilishi; mehnatni 
tashkil  qilish  va  ishni  bajarishning  eng  tejamli  va  unumli  usullarini,  yuqori 
unumdorlikka  ega  bo`lgan  texnika  va  texnologiyani  o`zlashtirishga  va  bo`lgan 
intilishni aniqlab beruvchi vaqt mezonini baholash qobiliyati va mahorati; 
kasbiy mustaqillik
 – mehnatning yuqori sifati va unumdorligini ta`minlovchi 
ish usulini mustaqil tanlash mahorati; ishlab chiqarish vaziyatlarida muammolvrni 
mustaqil  hal  qilish,  to`g’ri  qaror  qabul  qilish  qobiliyati;  ishda  o`z-o`zini  nazorat 
qilish va  boshqarishni amalga oshirish
mehnat  madaniyati
  –  o`z  mehnatini  rejalashtirish  qobiliyati  va  odati; 
mehnatning  maqbul    usul  va  uslublari,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyani 
qo`llash  bilan  ishlay  olish  maxorati;  ish  faoliyatida  kasbiy  bilimni  qo`llash 


161 
 
maxorati;  ish  o`rni  va  mexnatni  to`g’ri  tashkil  qilish,  mexnat  xavfsizligi 
qoidalariga rioya qilish
mehnatga  bo`lgan  munosabat
  –  mexnatni  tashkil  etishni  va  usullarni 
takomillashtirish, ish jarayoniga yangi asl nusxadagi mexnat qurolini joriy qilishga 
intilish  va  etakchilik  qobiliyati,  ilmiy  yechimlar  va  ixtirolarni  topishga  bo`lgan 
intilish va qobiliyat
mehnat  faoliyatining  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiqligi
  – 
bajariladigan  mehnat  jarayonini  iqtisodiy  tahlil  qilish,  ishni  bajarish  jarayonida 
iqtisodiy jihatdan maqbul qarorlarni qabul qilish qobiliyati. 
Hozirgi paytda kasb-hunar o ‘quv muassasalarida malakali mutaxassislarni 
tayyorlash ikkita mustaqil qismdan iborat, ya’ni nazariy va ishlab chiqarish ta’limi. 
Nazariy  ta'lim.  Kasb-hunar  ta’lim  o'quv  muassasalari  o'quv  rejalarida 
nazariy  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  ko‘zda  tutilgan.  Nazariy  ta’limning  vazifasi, 
mazmuni,  usullari,  tashkiliy  shakllari  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  bitta 
maqsadga, ya’ni yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratiladi. Shuning 
uchun  nazariy  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  o'quv  muassasalaridagi  o'quv 
jarayonining mustaqil, ammo o'zaro aloqador qismlari hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  nazariy  ta’lim  o'quvchilarning  umumiy  bilim,  ijtimoiy, 
umumkasbiy  va  maxsus  fanlarni  o'rganishlarini  o‘z  ichiga  olib,  ularda 
o'rganilayotgan  kasbni  ongli  tarzda  mustahkam  va  chuqurroq  egallashlari  uchun 
zarur  hajmdagi  bilimlar  tizimini  shakllantirish  hamda  ishlab  chiqarish  malakasini 
yanada oshirishni maqsad qilib qo'yadi. 
Bilim  deganda,  bir  maqsadga  qaratilgan  pedagogik  jarayon,  mustaqil 
o'qish,  hayotiy  va  ishlab  chiqarish  tajribasi  natijasida  shakllanadigan  va  xotirada 
mustahkamlanib  qoladigan  o'quvchilaming  fanlar  va  real  voqelik  hodisalari 
haqidagi,  tabiat  va  jamiyat  qonunlari  haqidagi  tasawurlari,  tushunchalari  va 
mulohazalari tushuniladi. 
Umumkasbiy  fanlar  o‘z  mazmuni  va  o'quv  jarayonidagi  o'rni  jihatidan 
umumiy  ta’lim  va  maxsus  turkumdagi  fanlar  o'rtasidagi  o'ziga  xos  bog'lovchi 
bo'g'in hisoblanadi.  


162 
 
Maxsus  fanlar  -  o'quvchilaming  muayyan  kasbga  muvofiq  mashinalar, 
mezanizmlar,  apparatlar,  asboblar  va  shu  kabilarning  sistemasi  haqida,  ishlab 
chiqarish  texnologiyasi  va  uni  tashkil  etish,  materiallar  to'g'risida  bilim  olishni 
ta’minlaydi. 
Ta’limda nazariy dars soatlari bilan amaliy mashg'ulotlarning soatlari ma’lum 
nisbatda bo'lishi lozim. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish