XIV.2. Yuqori qovushqoq neft va neft mahsulotlarini suv bilan haydash (gidrotransport) Qovushqoqligi yuqori neft va neft mahsulotlarini suv bilan birgalikda haydash,
birdan bir samarali usullardan biri hisoblanadi. Suv bilan haydashning bir necha
turlari mavjud. Ulardan biri qovushqoqligi yuqori neft yoki uning mahsulotlarini suv
bilan birgalikda, ichki yuzasida spiral ko`rinishidagi ariqchasi bo`lgan quvurlar orqali
haydaladi. Spiral ko`rinishidagi ariqcha suv va neft aralashmasini aylanma
ko`rinishida oqishini sodir etadi. Natijada markazga intilma kuchlar hosil bo`lib,
suvlar (og`irligi nisbatan katta bo`lganligi sababli) quvur devori tomonga intiladi.
Natijada neft oqimining tashqi yuzasida suv xalqasi hosil bo`ladi.