Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Naqd pul aylanmasini tashkil etish



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

3.2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish 
 
Avvalgi  bo‘limlarda  ta’kidlaganimizdek,  pul  aylanmasi  naqd 
pulsiz va naqd pulli hisob – kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob 
–  kitoblar  bevosita  naqd  pullar  bilan  amalga  oshiriladi.  Iqtisodiyotda 
pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz 
darajada bo‘lib, taxminan 5-12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat 
pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  pulli hisob  – kitoblar  ulushining  pastligi 
yoki  ortib  borishi  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish  darajasi,  moliya  – 
kredit  tizimi  va  milliy  valyutaning  barqarorligi  hamda  boshqa  qator 
omillar bilan izohlanadi.  
O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va naqd pulli hisob 
– kitoblarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki Boshqaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1 – sonli qarori bilan 
tasdiqlangan,  Adliya  vazirligida  2005  yil  10  oktyabrda  1518  –  son 
bilan  ro‘yxatga  olingan  “O‘zbekiston  Respublikasida  banklar 
tomonidan  pul  muomalasiga  doir  ishlarni  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi 
(avvalgi 6 – sonli) yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.  
Markaziy  bank  pul  muomalasini  tartibga  solishda  va  naqd  pulli 
hisob – kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi:  

 
naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi;  

 
pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi; 

 
naqd  pullarni  tijorat  banklariga  jo‘natish,  qabul  qilish, 
saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi.  
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qilish tartibi.  
Naqd  pul  aylanmasini  xomcho‘t  qilish  tijorat  banklarining 
aylanma kassalarini xomcho‘tini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Markaziy bank Hisob – kitob kassa markazlari (HKKM) va tijorat 
banklarining  tegishli  hududlar  bo‘yicha  aylanma  kassalarni  xomcho‘-
tini amalga oshiradi va pul muomalasi holatini tahlil qilib boradi.  
Banklarning  kassa  aylanmalari  xomcho‘ti  ma’lum  davrlar  uchun 
naqd  pullarning  tushumi  va  chiqimi  asosida  tuziladi.  Banklar  kassa 
aylanmalari  xomcho‘tini  tuzish  uchun  o‘zlari  xizmat  ko‘rsatadigan 
yuridik  shaxslardan  ularning  depozit  hisobvarag‘i  bo‘yicha  har 
chorakning boshlanishidan 30 kun oldin buyurtmalarini oladilar. 
Bank  bo‘limi  xizmat  ko‘rsatadigan  yuridik  shaxslarning  asosiy 
depozit hisobvarag‘i bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda 


66 
naqd  pullarning  tushum  manbalari  va  chiqim  moddalarining  yig‘ma 
qaydnomasini tuzadi.  
Ta’kidlash  lozimki,  banklar  tomonidan  tuzilgan  aylanma  kassa 
xomcho‘ti  amaliyotda  doimo  ham  bajarilavermaydi.  Ushbu  holat 
obyektiv  va  subyektiv  sabablar  bilan  izohlanadi.  Albatta,  bu  ijobiy 
holat sifatida baholanmaydi. Chunki, banklar o‘z majburiyatlarini to‘liq 
ravishda  bajarmasligi  aholi  va  mijozlarning  ularga  bo‘lgan  ishonchini 
pasayishiga sabab bo‘ladi.  
Banklar yuridik shaxslardan olgan choraklik aylanma kassa xom-
cho‘tini  oyma  –  oy  taqsimlab  chiqadilar.  Bunda  quyidagilar  hisobga 
olinadi: 
 – har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari; 
 –  chakana  tovar  aylanmasi,  ish  haqi  fondlari  hajmining  oylar 
bo‘yicha o‘zgarib turishi mumkinligi; 
 –  aholining  soliqlar,  yig‘imlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni 
to‘lash muddatlari. 
Tijorat banklari aylanma kassa xomcho‘tini yangi chorak boshla-
nishidan  15  kun  oldin  Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqar-
malariga  taqdim  etadi,  ular  esa  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  Tosh-
kent  shahri  va  viloyatlar  bo‘yicha  umumlashtirilgan  aylanma  kassa 
xomcho‘tlarini  chorak  boshlanishidan  kamida  5  kun  oldin  Respublika 
Markaziy  bankiga  taqdim  etadilar.  Tijorat  banklari  va  Markaziy 
bankning  hududiy  bosh  boshqarmalari  kassa  aylanmalari  xomcho‘ti 
bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim. 
Tushuntirish  xati  qisqa  bo‘lishi  kerak,  unda  kassa  aylanma-
larining  to‘liq  asoslangan  xomcho‘ti  hamda  o‘tgan  yilning  tegishli 
davriga nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi. 
Pul  muomalasini  tashkil  etish  va  tartibga  solish.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish