Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 


62 
 
 
 
III BOB. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 
 
3.1. Pul aylanmasining mohiyati 
 
Naqd  pulsiz  va  naqd  pul  o‘tkazish  yo‘li  bilan  amalga  oshiri-
ladigan  to‘lovlarning  yig‘indisi 
pul  aylanmasini
  tashkil  qiladi.  Pul 
aylanmasi  tarkibi  naqd  pul  va  naqd  pulsiz  shaklida  amalga  oshi-
riladigan aylanmalarni o‘z ichiga oladi. 
Naqd pul aylanmasi
 – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida 
amalga  oshirilib,  naqd  pullar  harakati  jarayonida  namoyon  bo‘ladi. 
Naqd  pul  aylanmasi  asosan  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslar  o‘r-
tasida  vujudga  keladigan  ayirboshlash  munosabatlarini  amalga  oshi-
rishga xizmat qiladi. 
Naqd  pulsiz  aylanmalar
  –  bu  kredit  muassasalarida  ochilgan 
hisobraqamlar  yordamida  pullarni  hisobdan  hisobga  ko‘chirish  orqali 
amalga oshiriladi.  
Pul  doimiy  ravishda  “harakatda”  bo‘ladi,  bu  harakat  davomida 
juda  ko‘plab  tovar  va  xizmatlarni  sotish  va  sotib  olish  jarayonida 
bevosita  ishtirok  etib,  sotuvchi  va  sotib  oluvchilarga  xizmat  qiladi. 
Hususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib 
chiqqan  holda  tovarlar  va  xizmatlar  bahosini  belgilaydi,  bu  pulning 
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalari orqali 
amalga oshiriladi. 
Pul  vaqtinchalik  hisob  –  kitoblar  va aylanmalarda  ishtirok  etma-
gan  vaqtda  jamg‘arma  vositasi  funksiyasini  bajarish  orqali,  o‘zining 
sohibiga qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol 
o‘ynaydi.  
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob  – kitoblar bilan 
amalga  oshirilayotgan  to‘lovlar  hajmining  yuqori  yoki  pastligiga 
pulning  barqarorligi,  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligi  va 
boshqa qator omillar ta’sir qiladi. 
Pulning  aylanmasi  mohiyatini  chuqurroq  aniqlash  uchun  uning 
obyekti  va  subyektlariga  e’tibor  berish  maqsadga  muvofiq.  Pul  aylan-
masi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, 
kredit  va  moliya  muassasalari,  mamlakat  rezidenti  va  norezidentlari, 
korxona va tashkilotlarni misol qilib keltirish mumkin.  


63 
Uning  obyekti  esa  tovar  va  tovarsiz  operatsiyalar  jarayonida 
vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar,  ya’ni  aylanmalar  hisob-
lanadi.  Pul  aylanmasi  subyektlari  o‘rtasida  amalga  oshiriladigan 
iqtisodiy  munosabatlar  naqd  va  naqd  pulsiz  ko‘rinishida  amalga 
oshiriladi. Xorijiy  mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi 
deyarli  o‘rganilmaydi.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri,  balki  mazkur 
mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda 
pul  aylanmasi  naqd  va  naqd  pulsiz  ko‘rinishi  shakllari  o‘rtasida  farq 
mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  banklarida  naqd  va  naqdsiz  pul  hisob  – 
kitoblarni amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.  
Shu  bilan  birga,  MDH  mamlakatlari  iqtisodiy  adabiyotlarining 
deyarli  barchasida  “pul  aylanmasi”  va  “to‘lov  aylanmasi”  alohida  – 
alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob 
–  kitoblarni  amalga  oshirishda  naqd  pulni  ishtirok  etishi  yoki 
etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni 
amalga  oshirishda  ishtirok  etadi.  Keyingi  yillarda  hisob  –  kitoblarni 
amalga  oshirishda  plastik  kartochkalar,  hisob  –  kitob  cheklarni  joriy 
etilishi  pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  pulli  hisob  –  kitoblar  ulushining 
sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh, 
G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlari  va  Yaponiyada  pul  aylanmalarining 
ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi. 
Quyidagi  rasmda  pul  aylanmasining  tarkibiy  tuzilishi  va  uning 
o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.  

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish