Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

jamg‘arma  funksiyasini
 
bajaradi.  Demak,  pullar  pul  obo-
roti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi 
sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xiz-
matlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajar-
                                           
27
 Долан Э., Кэмпбелл., Кэмпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно  – кредитная политика. 
М.: Профико, 1991. С. Shuningdek, Харриса Л. Денежная теория. М.: Прогресс, 1990. С.82.  


24 
magan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz 
berayotgan  iqtisodiy  munosabatlar  va  aholining  ijtimoiy  –  iqtisodiy 
faoliyatiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  pul  asosan  jamg‘arma  vositasi 
funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. 
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha foyda-
lanmasdan  kishilar  o‘zi  bilan  olib  yurganda  yoki  uyda  saqlaganda, 
bankning  omonat  hisob  varaqlarida  saqlanishi,  shuningdek,  barcha 
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul ko‘rinishida kassa-
da saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lari va bank hisobvaraqlarida 
naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.  
Qog‘oz  pullar  faqat  real  daromad  keltirgandagina  jamg‘armaligi 
tushuniladi.  Omonotga  qo‘yilgan  bu  pullar  real  daromad  keltirsagina 
jamg‘arma hisoblanadi. Uyda saqlangan pullar boylik orttirish vositasi 
bo‘ladi.  Pul  xazina  to‘plash  vositasi  bo‘lishi  uchun  ular  real  qiymatga 
ega  bo‘lishi  shart,  ya’ni  haqiqiy  oltin  pul  (tanga)lar  xazina  to‘plash 
vazifasini bajarishlari mumkin.  
Pulning  jamg‘arma  funksiyasi  kredit  muassasalarida  iqtisodiy 
jihatdan  muhim  vazifani  bajaradi.  Kredit  muassasalari  jamiyat  miq-
yosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni (naqd va naqdsiz pul ko‘ri-
nishida)  ma’lum  shartlar  asosida  o‘zida  jamlab,  ushbu  mablag‘larga 
ehtiyoji bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lovlilik, maqsadlilik 
va qaytarishlik asosida kredit berishda mamlakatda jami ijtimoiy mah-
sulotni ko‘paytirishda pulning jamg‘arma funksiyasidan foydalanadi. 
Iqtisodiyotda  yuqori  inflyatsiya  darajasi  pulning  aholi  qo‘lidagi 
va kredit muassasalarida jamg‘arma vositasi funksiyasini bir qadar che-
garalaydi.  Aholi  o‘zining  vaqtincha  pul  mablag‘larini  banklarda  va 
uyda  saqlashdan  ko‘radigan  iqtisodiy  samaradorligi  past  bo‘lishi, 
iqtisodiyotda tovarlarning bahosini kundan kunga  o‘sib borish tenden-
siyasiga ega bo‘lgan sharoitda, ushbu, pullarni qimmatbaho metallarni, 
ko‘chmas  mulk  va  xorijiy  valyutalarni  sotib  olishga  sarflaydi.  Buning 
natijasida,  mamlakat  Markaziy  banki  tomonidan  olib  borilayotgan  pul 
–  kredit  siyosatining  samarasi  ko‘zlangan  maqsadga  erishish 
imkoniyatini bermaydi. 
Pulning  jamg‘arma  funksiyasining  ahamiyatini  oshirish  uchun 
quyidagilarni ta’minlash lozim:  
 –  omonatchilarning  kredit  muassasalarda  saqlanayotgan  pul 
mablag‘laridan  iqtisodiy  manfaat  ko‘rish,  istagan  paytda  to‘liq  va 
zudlik bilan qaytarib olish imkoniyatini ta’minlanganligi; 


25 
 –  qo‘yilgan  mablag‘larning  kafolatlanganligi  (sir  saqlanishi, 
iqtisodiy barqarorligi, to‘liq qaytarilishi); 
 – risk darajasining pastligi. 
Pulning  funksiyalari  bir  –  biriga  bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  ular 
doimo bir – birini to‘ldirgan holda iqtisodiyotda harakatda bo‘ladi. 
Ba’zi  iqtisodiy  adabiyotlarda  pulning  “jahon  puli”  funksiyasi 
to‘g‘risida  ta’kidlanadi.  Hozigi  davrda  erkin  almashuvga  ega  bo‘lgan 
pullargina  “jahon  puli”  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  bugungi  kunda  ham 
oltin  zaxiralar  (quyma  shaklda)  jahon  pulining  xarid  qilish  uchun 
rezerv valyuta vazifasini bajaradi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish