Natural pullar.
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi
sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko‘rinishida bo‘lgan.
Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu
pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib
olish qobiliyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir
tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste’mol qiymati muhim
ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash
mumkin:
1.
Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va
ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak
va boshqalar.
2.
Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazil-
malar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish
mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3.
O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va
ularning mevalari kiradi. Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va
boshqalar.
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi
juda chuqur va qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan
davrda barcha kishilar topgani o‘rtada bo‘lgan, birgalikda iste’mol
qilgan, keyinchalik bir urug‘ga mansub kishilar qabila – qabila bo‘lib
yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir – biriga yordam berishi,
oziq – ovqatlarni baham ko‘rishi kerak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda
amalga oshirilib, buning o‘rniga ular bir – biridan hech narsa umid
qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli
qabila qatlamlari vujudga kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‘rtasida
dahshatli qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu to‘qnashuvlar
natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin,
ularning barcha narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar
27
tinchlikni saqlash maqsadida kuchli qabilalarga narsalar, asosan
iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham kishilar
o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga
kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtirib ekin eka
boshlagan, keyinchalik dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan.
Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo‘la iste’mol qilingan bo‘lsa,
endi ma’lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u
yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik
qiluvchi tomonidan erkin ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida
ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. Shuningdek, keyinchalik
hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar o‘rtasi-
dagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash
zaruriyatini keltirib chiqargan.
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng
tarqalgani mehnat qurollari hisoblanadi, 1–rasmga qarang. Mehnat
qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta
ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z mahsulotlarini iloji boricha mehnat
qurollariga ayirboshlashga intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy
tovar – pullar hisoblanadi.
Masalan, tosh asrida Yevropada eng ko‘p tarqalgan ayirboshlash
vositasi kremnivie boltalar hisoblangan. Manbalarga ko‘ra ular juda
yirik bo‘lib, ayrimlarini og‘irligi 40 kgni tashkil etgan. Yevropada
kremnivie boltalar juda keng tarqalgan bo‘lib, unga ega bo‘lgan
kishilar juda boy va mavqei yuqori hisoblangan
28
.
1-rasm.
28
Деньги мира. Ред.группа: О.Елисеева, Т.Евсеева и др. М.: Мир энциклопедий Аванта+,
Астрель, 2009. 184 с.: ил. Самые красивые и знаменитые. С. 14.
28
Agar Yevropada bolta juda keng tarqalgan to‘lov vositasi
hisoblansa, Rossiyada iste’mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida
juda keng tarqalgan. Masalan, iste’mol tovarlari ichida buqalar asosiy
to‘lov vositasi sifatida tan olingan. Barcha narsaning qiymati, hatto
yerlar ham buqalar bilan o‘lchangan.
Manbalarga ko‘ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar
chorvachilik bilan shug‘ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin
Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to‘lov vositasi sifatida
qo‘ylar xizmat qilgan. Dehqonchilikning rivojlanishi natijasida
bug‘doy o‘lchov birligi vositasida foydalanilgan. Bug‘doyni uzoq
saqlash imkoniyati bo‘lmaganligi, u ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng
buzilishi mumkinligi uchun kauralarning chig‘onoqlari, tosh bolta va
shu kabi boshqa narsalardan pul vositasida foydalanilgan, 2 – rasmga
qarang.
2-rasm.
Qadimda natural pullar turli ko‘rinishda bo‘lib (2 – rasmga
qarang), ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar
ta’sir qilgan. Xususan:
– odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo‘lgan
buyumlar;
– mamlakatning tabiiy iqlimi va geografik joylashuvi;
– kamyob buyumlar va ularni yetishtirishning murakkablik
darajasi;
– uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |