Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma 
vositasi funksiyalarini
 bajaradi degan fikrga keldik. 
Pulning 
qiymat  o‘lchovi
 
funksiyasi  asosan  tovarlar  qiymatini 
baho  shaklida  aks  ettirish  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Pulning  qiymat 
o‘lchovi  barcha  tovarlar  uchun  umumekvivalent  vositasi  sifatida 
ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi 
vositasi,  ya’ni  baho  masshtabi,  dastlabki  bosqichda  hukumat 
tomonidan  o‘rnatiladi.  Masalan,  metr  o‘lchovi  bilan  uzunlikni,  kilo-
gramm  o‘lchovi  bilan  og‘irlikni  o‘lchagan  kabi,  pulning  qiymat 
o‘lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.  
O‘zbekistonda  qiymat  o‘lchovi  bevosita  milliy  valyuta  «so‘m», 
AQShda  dollar,  Yevropa  ittifoqiga  a’zo  mamlakatlarda  evro,  Buyuk 
Britaniyada  funt  sterling,  Yaponiyada  iyena  qiymat  o‘lchovi  vositasi 
hisoblanadi. 
Pulning  inflyatsiya  darajasi  yuqori  bo‘lgan  paytda  uning  qiymat 
o‘lchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 
1939  yildan  1949  yilgacha  Yaponiya  iyenasining  inflyatsiya  darajasi 
yuqori  bo‘lganligi  uchun  ko‘pchilik  yapon  savdogarlari  tovarlarning 
bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida 
amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining qiymat o‘lchovi iyenaga 
nisbatan  bir  necha  barobar  mustahkam  va  barqaror  bo‘lgan.  Shuning 
uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita 
narxda,  dollar  va  iyenada  yuritilar  edi.  Ayni  paytda,  iyenada 
belgilangan  tovarlar  bahosi  oshib  borish  tendentsiyasiga  ega  edi, 
dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.  
Hukumat  mamlakatda  pul  islohotini  amalga  oshirish  orqali 
pulning  qiymat  o‘lchovini  o‘zgartirishi  mumkin.  Pul  islohoti  – 
muomaladagi  pul  massasini  kamaytirish  orqali,  uning  joriy  qiymat 
o‘lchovidan  boshqasiga  o‘tishdir.  1944–1952  yillarda  Yevropa 
mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.  
Sobiq  ittifoq  davrida  rubl  kuchli  inflyatsiyaga  uchramagan  va 
iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada, 1961 yilda 
mamlakatda  pul  islohoti  amalga  oshirilgan.  Hukumat  muomalada 
mavjud bo‘lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul 
islohotini  amalga  oshirgan.  O‘sha  davrda  o‘tkazilgan  pul  islohotining 


22 
asosiy  maqsadi  mamlakatdagi  hufyona  iqtisodiyotning  ulushini 
kamaytirish  va  baho  masshtabini  pasaytirishga  qaratilgan  bo‘lib, 
hufyona  iqtisodiyot  ishtirokchilari  eski  rubllarni  to‘lig‘icha  yangi 
banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar 
ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan. 
Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  pul  qiymat  o‘lchovi 
funksiyasini  bajarishda  haqiqiy  real  pullarning  fizik  ishtirok  etishi 
lozim  bo‘lmaydi.  Bu  funksiyani  xayoliy  pullar  bajaradi.  Tovarlar 
qiymatini o‘lchashda unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnatni qoplash va 
real  pullarni  yaratishga  ketgan  mehnat  taqqoslanadi.  Albatta  tovar 
qiymati  va  uning  bahosi  o‘rtasida  farq  bo‘ladi.  Chunki,  baho  bilan 
tovar  qiymatining  puldagi  ifodasining  bahosiga  unga  bo‘lgan  talab 
ta’sir etadi. 
Pulning 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish