Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

O‘zbekiston  hududida  dastlabki
 
metall  tangalar
  miloddan 
ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu 
metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” 
deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, 
ya’ni miloddan ilgarigi VI–IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy 
qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar 
Ahmoniylar  davlati  tarkibida  bo‘lganini  hisobga  olsak,  ushbu 
“darik”lar  O‘zbekiston  zaminida  amal  qilgan  bizga  ma’lum  birinchi 
tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz. 
Miloddan  avvalgi  330–327  yillarda  makedoniyalik  Iskandar 
Ahmoniylar  saltanatini  tor  –  mor  qilib,  hozirgi  O‘zbekiston  zaminida 
joylashgan  Baqtriya  va  Sug‘diyonaga  bostirib  kiradi.  Makedoniyalik 
Iskandar  surati  tushirilgan  tangalardan  vazni  4,1  g.  bo‘lgan  kumush 
draxma,  vazni  8,2  g.  bo‘lgan  kumush  draxma  (ikki  draxma)  hamda 
vazni  16,4  g.  bo‘lgan  kumush  tetradraxma  (to‘rt  draxma)lar  zarb 
qilinib,  ular  muomalada  bo‘lgani  ma’lum.  Shuningdek,  vazni  8,4  g. 
bo‘lgan  oltin  tanga  (starer)  va  vazni  40  grammdan  ortiq  bo‘lgan 
kumush dekadraxma ham zarb qilingan. 
Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 
donaga  yaqini  Qashqadaryo  viloyatining  Kitob  tumanida  topilgan. 
Ushbu  davlat  pul  tizimi  asosini  o‘sha  paytda  draxma,  didraxma, 
tetradraxma  va  dekadraxmalar  tashkil  etganligi  tarixiy  manbalardan 
ma’lum. 
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida 
sosoniylar  tasarrufida  bo‘lgan.  Bu  davrda  hozirgi  O‘zbekiston 
hududida  turli  davrlarda  zarb  etilgan  tangalar  muomalada  bo‘lgan. 
Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb 
qilingan  bo‘lib,  ularda  sosoniy  shohlarining  suratlari  bilan  birga,  turli 
hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan. 
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida 
Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va 
tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi. 


15 
Eftaliylar  davrida  O‘rta  Osiyo  asta  sekin  rivojlana  boshlagan  va 
xalqaro savdo ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Hindiston, 
Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga oshirilgan. 
Eftaliylar  dastlabki  paytlarda  sosoniy  hukmdorlari  Bahrom  va 
Perozning  kumush  tangalaridan  keng  foydalanishgan.  Buning  asosiy 
sababi  sifatida  sosoniylar  tomonidan  eftaliylarga  o‘lpon  sifatida 
to‘langan  juda  ko‘p  miqdordagi  kumush  tangalar  xazinada  to‘plan-
ganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi. 
Eftaliylar  hukmronligi  davrida  juda  ko‘p  miqdorda,  ba’zi 
ma’lumotlarga  qaraganda 200 dan ko‘proq  marta  metall tangalar zarb 
qilingan.  Har  bir  viloyat,  har  bir  yarim  qaram  hudud  o‘zi  tanga  zarb 
qilish huquqiga ega bo‘lgan. 
Umuman,  V  –  VI  asrlarda  hozirgi  O‘zbekiston  hududiga  shimol 
va  sharq  tomonlardan  turli  ko‘chmanchi  xalqlar  tinimsiz  bosqinchilik 
qilib  kirib kela boshlaydi. VIII asrning  o‘rtalarida  O‘rta Osiyo arablar 
tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt 
Movarounnahr  deb  atala  boshlaydi.  Shu  davrdan  boshlab  muomalada 
bo‘lgan  metall  tangalar  ko‘rinishida  o‘zgarishlar  yuz  bera  boshlaydi. 
Asta  –  sekin  tangalardan  shoh  va  hokimlarning  suratlari  o‘rnini  islom 
oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma’lum bo‘lgan 
tangalar davri boshlanadi. 
Islom  imperiyasida  markazlashtirilgan  boshqaruv  tizimi  tashkil 
etilgandan  keyin  xalifa  Abdumalik  696  yilda  imperiyaning  butun 
hududida  yagona  pul  tizimini  joriy  etdi.  Shu  davrdan  boshlab,  yirik 
savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘lgan oltin 
dinor  zarb  etilgan.  Maosh  va  soliqlar  to‘lovi  uchun  vazni  2,8  gramm 
bo‘lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis 
tangalar  –  fuluslar  yordamida  (yunoncha  «follis»  hamyon  ma’nosini 
anglatadi) amalga oshirila boshlandi. Bu pul birliklari Movarounnahrda 
ham o‘sha davrda muomalada bo‘lgan. 
IX  asrga  kelib,  Movarounnahrda  somoniylar  davlati  vujudga 
keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bo‘lsada, 
ular  amalda  mustaqil  edilar.  Somoniylar  davlatining  poytaxti  Buxoro 
shahri  bo‘lgan.  Somoniylar  davlati  o‘z  tasarrufiga  hozirgi  O‘zbekis-
tonning  asosiy  qismi,  Turkmaniston  va  Tojikiston  hamda  Eronning 
Xuroson viloyatini qamrab olgan  markazlashgan davlat edi. Bu davlat 
taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud bo‘ldi. 


16 
XII asrning o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm 
davlati  kuchayib  ketadi.  XII  asr  80–90  yillariga  kelib  Xorazm  o‘ziga 
Movarrounnahr,  Eron,  Forsiy  Iroqni  bo‘ysundiradi.  Xorazm  davlati 
xorazmshoh  Tekash  (1172–1200  yillar)  va  uning  o‘g‘li  Muhammad 
(1200–1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan. 
Xorazmshohlar davlatida ham an’anaviy musulmon pul birliklari 
–  oltin  dinorlar,  kumush  dirhamlar  va  mis  fuluslari  muomalada 
bo‘lgan.  Bu  tangalarda  ham  an’ana  tarzida  xalifa  nomi  qayd  qilinib, 
undan so‘ng xorazmshoh nomi bitilgan. 
Mo‘g‘ullar  istilosi  davrida  (1220  yil  yozidan)  Xorazm  va  uning 
tobeligidagi  xududlarda  vazni  1,8  –  1,9  gramm  bo‘lgan  kumush 
dirhamlar  muomalada bo‘lgan. Mayda savdo  – sotiq uchun  mis pullar 
chiqarilgan. 
Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda 
“Sarbadorlar”  qo‘zg‘oloni  deb  nom  olgan.  Bu  qo‘zg‘olon  natijasida 
Samarqanddan  mo‘g‘ullar  haydab  chiqariladi.  1370  yilda  Samarqand 
taxtiga Amir Temur o‘tiradi va “Buyuk Temur” saltanatini barpo etadi. 
Ushbu  imperiya  tarkibiga  hozirgi  O‘zbekiston,  Turkmaniston, 
Tojikiston,  Qirg‘iziston,  Afg‘oniston,  Armaniston  va  Eronning  barcha 
hududi,  Iroq,  Hindiston,  Ozarboyjon,  Gruziya,  Qozog‘istonning  bir 
qismi  kirgan.  Katta  miqdorda  vazni  2  grammni  tashkil  etgan  oltin 
dinorlar,  shuningdek,  vazni  1,8  gramm  bo‘lgan  kumush  tangalar  – 
miralar ham zarb etila boshlagan. 
Amir  Temurning  40  dan  ortiq  tanga  zarbxonalari  bo‘lganligi  va 
bu  yerlarda  zarb  etilgan  oltin  va  kumush  tangalar  Yevropada  ham 
mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma’lumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy 
Eron va Ozarboyjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq 
oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan
14

Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida 
oltin  tangalar  keng  qo‘llanilgan,  xususan  1895  –  1897  yillardagi  pul 
islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n 
va  besh  so‘mlik  oltin  tangalar  mavjud  bo‘lgan.  O‘zbekiston  hududida 
ham  oktyabr  inqilobiga  qadar  Chor  Rossiyasining  tangalari  bilan  bir 
qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan.  
Jahon  sivilizatsiyasining  tobora  rivojlanib  borishi  va  iqtisodiy 
munosabatlarning  takomillashuvi  muomalada  qog‘oz  pullarning 
                                           
14
 O‘zbekiston hududida tanga va qog‘oz pullarning chiqarilishi va amal qilishi bilan bog‘liq materiallar 
F.Mullajonovning  O‘zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi  kitobi.  Т.:  O‘zbekiston,  2001.  6  –  27  b.dan 
foydalanilgan holda tayyorlandi. 


17 
vujudga kelishiga zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘rnini 
qog‘oz pullar egalladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish