Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


 Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
 
12.4. Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar  
miqdorini aniqlash asoslari 
 
Naqd  pul  muomalasini  tartibga  solishning 
asosiy  vazifasi,  bu  – 
muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo‘lgan naqd pul miqdorini 
aniqlashdan  iboratdir.
  Ushbu  vazifa  muomala  uchun  zarur  naqd  pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talabni aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Ma’lumki,  naqd  pullar  kichik  hajmdagi  chakana  va  uyushmagan 
savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun to‘lovlarda qo‘llaniladi. Yoki, 
naqd  pul  aylanmasining  umumiy  pul  aylanmasidagi  ulushi  yuqorida 
ko‘rsatilgan  naqd  pulli  to‘lovlarning  jami  to‘lovlardagi  ulushi  bilan 
aniqlanadi. 
Demak,  naqd  pulga  bo‘lgan  talab  umumiy  pul  massasiga  bo‘lgan 
talabning  bir  qismidir.  Lekin,  umumiy  pul  massasiga  nafaqat  tovarlar 
va  xizmatlar  hajmi,  balki  pulning  aylanish  tezligi  va  bank  foiz 
stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. Ushbu omillar nazariy jihatdan 
olimlar  tomonidan  allaqachon  asoslanib  ulgurilgan  va  bugungi  kunda 
juda  ko‘p  mamlakatlarning  iqtisodiyotini  boshqarishda  pulga  bo‘lgan 


222 
talab  va  taklifni  tartibga  solish  mexanizimi  sifatida  qo‘llanilmoqda. 
Fanda  bu  usul  monetarizm  (pulning  miqdoriy  nazariyasi)  nomi  bilan 
mashhur bo‘lib ketgan. 
Bunda  shuni  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  klassik  –  dastlabki  mone-
tarizm asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini asosan 
muomaladagi  mavjud  tovarlar  qiymati  va  turli  pulli  to‘lovlar 
yig‘indisidan kelib chiqqan holda aniqlashga uringanlar. 
Keyinchalik  kapitalistik  tovar  ishlab  chiqarish  rivojlangani  sari 
muomaladagi  pul  miqdorini  belgilovchi  yangi  obyektiv  omillar 
vujudga  kela  boshlagan.  Ayniqsa,  pul  muomalasi  banklar  tomonidan 
tartibga  solina  boshlangandan  so‘ng  pulga  bo‘lgan  talab  va  taklif 
banklarning  ssuda  foizlari  darajasiga  ko‘proq  bog‘lanib  borishi 
kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bo‘lgan talab 
va  taklifni  boshqarish  bilan  bog‘liq  yangi  zamonaviy  monetarizm 
vujudga kelgan.  
Albatta,  ushbu  bobda  naqd  pul  muomalasi  uchun  zarur  pul 
miqdorini  aniqlash  bo‘yicha  olimlar  tomonidan  bugungi  kungacha 
yaratilgan  barcha  nazariyalarni  taxlil  qilib  chiqish  mumkin  emas. 
Lekin, Markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy 
naqd  pul  siyosatining  negizini  chuqurroq  tushunish  uchun  ularning 
ayrimlarini keltirib o‘tamiz.  
Masalan,  ingliz  iqtisodchisi  U.  Petti  (1623  –  1687)  muomala 
uchun  zarur  bo‘lgan  naqd  pullar  miqdori  aholining  bir  haftalik  pul 
daromadlari,  yer  ijarasi  uchun  to‘lanadigan  haqning  yarmi  va  barcha 
eksport  qilinadigan  tovarlar  summasining  to‘rtdan  bir  qismining 
yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan. 
Ingliz  faylasufi  J.  Lokka  (1632  –  1704)  muomala  uchun  zarur 
bo‘lgan naqd pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara 
haqining  to‘rtdan  bir  qismi  va  yillik  tovar  aylanmasining  yigirmadan 
bir qismlarining yig‘indisi sifatida topishni taklif qilgan. 
Ingliz  iqtisodchisi  R.  Kantilon  (1680  –  1734)  muomala  uchun 
zarur  bo‘lgan  naqd  pullar  miqdori  mamlakatdagi  mavjud  mahsulotlar 
qiymatining  to‘qqizdan  bir  qismi  yoki  yer  ijarasi  uchun  to‘lanadigan 
haqning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi lozimligini e’tirof etadi. 
Shotland iqtisodchisi A. Smitt (1723  – 1790) ushbu ko‘rsatgichni 
aniqlash  mumkin  emas  deb  hisoblagan  bo‘lsa  ham,  lekin  ko‘pgina 
olimlar  uni  yillik  umumiy  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  qiymatining 


223 
beshdan,  o‘ndan,  yigirmadan  va  o‘ttizdan  bir  qismiga  teng  bo‘lishini 
ta’kidlaganlarini eslatib o‘tadi. 
Agar,  e’tibor  berilgan  bo‘lsa  yuqorida  sanab  o‘tilgan  nazariyalar 
klassik,  ya’ni  dastlabki  monetarizmga  taalluqli  ekanligini  sezish  qiyin 
emas. 
Zamonaviy  monetarizm  nazariyasining  ilk  namoyondalaridan 
bo‘lgan ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842 – 1924) muomala uchun 
zarur  bo‘lgan  naqd  pullar  miqdori  aholining  qo‘lida  pul  ushlab  turish 
istagi va ulardan daromad ololmaslik xavfi bilan o‘lchanishini o‘rtaga 
tashlagan. Yoki, A. Marshall fikricha odamlar qo‘lidagi ortiqcha naqd 
pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala uchun zarur bo‘l-
gan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil bo‘lib hizmat qiladi.  
Miqdoriy  pul  nazariyasining  yorqin  namoyondalaridan  bo‘lgan 
mashhur  ingliz  olimi  J.  Keyns  (1883  –  1946)  ilk  bor  muomala  uchun 
zarur  pul  miqdorini  bank  foizlari  darajasi  bilan  bog‘liq  ekanligini 
aniqlashga  muvaffaq  bo‘ldi.  Uning  fikricha  bank  foizlari  stavkasi 
tushib  ketsa,  odamlar  pullarini  banklarda  saqlashdan  ko‘ra  o‘z 
qo‘llarida  ushlab  turishni  ma’qul  ko‘radilar  va  muomalada  pulga 
bo‘lgan talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar 
qo‘lidagi  pullarini  daromad  olish  maqsadida  banklarga  qo‘yishdan 
manfaatdor  bo‘ladilar  va  muomalada  pulga  bo‘lgan  talab  pasayib 
ketadi. Ko‘rinib turibdiki, J. Keynsning pulga bo‘lgan talabni aniqlash 
ta’limoti uchun “foizlar nazariyasi” asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Shundan  kelib  chiqqan  holda  J.  Keyns,  muomala  uchun  zarur 
bo‘lgan pul miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan 
tortib to ellikdan bir qismigacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanishi mumkin 
deb  hisoblagan.  J.  Keynsning  bu  fikrini  inkor  qilib  bo‘lmasada,  lekin 
uning  nazariyasiga  ko‘ra  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  naqd  pulning 
aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi. 
Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini 
qidirish bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi 
olimlar  tomonidan  pul  miqdorini  aniq  ko‘rsatkichlariga  erishish 
bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar yaratildi. 
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va 
J. Tobinlar tomonidan bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yaratilgan 
“portfel tanlovi” nazariyasidir. 
 Ushbu  nazariyaga  asosan  bitimlarni  amalga  oshirish  uchun  naqd 
pulga bo‘lgan talab odamlarning kassa shaklida (qo‘lida) saqlanadigan 


224 
naqd  pullar  bo‘yicha  vujudga  keladigan  alternativ  xarajatlarini  (bank 
foizlari  sifatida  olinishi  mumkin  bo‘lgan  daromadlarini  yo‘qotilishi 
nazarda  tutilmoqda)  hisobga  olgan  holda  aniqlanadi.  Yoki,  mualliflar 
yil  davomida  baholar  barqaror  va  xarajatlar  bir  xil  bo‘lgan  hollarda, 
odamlar rejalashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun qancha naqd 
pullarni  o‘z  qo‘lida  saqlab  turishlari  maqsadga  muvofiq  ekanligini 
aniqlashni  o‘z  oldilariga  maqsad  qilib  qo‘yishgan  va  uni  quyidagi 
formula orqali ifodalashgan:  
N= 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish