Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

 
Bobga oid testlar 
 
1.
 
Robert Pill akti qachon qabul qilingan? 
A.
 
1845 yil. 
B.
 
1844 yil. 
D.
 
1843 yil. 
E.
 
1842 yil. 


227 
2.
 
AQSh FZT qachon tashkil etilgan

A.
 
1911 yil 
B.
 
1912 yil 
D. 1913 yil  
E. 1914 yil 
 
3.
 
AQSh  FZT  boshqaruvchilar  kengashi  a’zolari  soni  necha 
kishidan iborat? 
A.
 
13 
B.
 
11 
D. 15 
E. 7 
 
4.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  pul-kredit  siyosati 
qancha muddatga ishlab chiqiladi? 
A.
 
3 oyga, ya’ni har kvartal uchun. 
B.
 
6 oyga, ya’ni har yarim yillik uchun. 
D. 12 oyga, ya’ni 1 yilga. 
E. 9 oyga. 
 
5.
 
O‘zbekiston  Markaziy  bankining  yillik  hisobotini  taqdim 
etishning so‘nggi muddati

A.
 
15 may. 
B.
 
1 may. 
D. 15 mart. 
E. 1 iyun. 
 
6.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  qaysi  organ  oldida 
hisobdor hisoblanadi

A.
 
Senat. 
B.
 
Vazirlar Mahkamasi. 
D. Konstitutsion sud. 
E. Hisob palatasi. 
 
7.
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  ustav  kapitali 
miqdorini aniqlang. 
A.
 
2 mlrd.sum 
B.
 
5 mlrd.evro 


228 
D. 7,5 mlrd.sum 
E. 10 mlrd.sum 
 
8. Markaziy banklar uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari

A.
 
Moliyaviy yordam ko‘rstish va tijorat bilan shug‘ullanish. 
B.
 
Hukumatga kredit berish. 
D. Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. 
E. Nobank tashkilotlarga litsenziya berish. 
 
9. Yaponiya Markaziy banki qachondan boshlab mustaqil faoliyat 
yurita boshladi? 
A.
 
1998 
B.
 
1990 
D. 1994 
E. 1995 
 
10.  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to‘g‘risidagi  qonun 
qachon qabul qilingan? 
A.
 
1996 yil 25 aprel. 
B.
 
1995 yil 21 dekabr. 
D. 995 yil 25 aprel. 
E. 1996 yil 21 dekabr. 


229 
 
 
 
XIII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA 
UNING TARKIBI  
 
13.1. O‘zbekiston bank tizimining tashkil  
topishi va rivojlanishi 
 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mamlakat  bank  tizimi  ikki  bo‘g‘in-
dan  tashkil  topadi. 
Bank  tizimi
  – 
bu  ma’lum  tarixiy  davr  ichida 
shakllangan  va  tegishli  qonun  hujjatlari  asosida  mamlakatda  pul  – 
kredit  munosabatlarini  tashkil  etadigan  va  tartibga  soladigan  muas-
sasalar  majmuidir
.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  faoliyat  yuritayotgan 
davlatlarning  deyarli  barchasida  bank  tizimi  ikki  pog‘onadan  iborat 
bo‘lib,  ushbu  banklar  mamlakatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  sharoiti  va 
tarixiy  shakllanishiga  qarab  o‘ziga  xos  xususiyatlar  asosida  faoliyat 
yuritadi.  
O‘zbekistonda  ham  bank  tizimi  ikki  pog‘onadan  iborat  bo‘lib, 
ularning  faoliyati  tegishli  qonun  hujjatlari  asosida  tartibga  solinadi. 
Ikki pog‘onali bank tizimida banklar – emission bank (Markaziy bank) 
va  emission  bo‘lmagan  (tijorat  banklari,  kredit  uyushmalari,  mikro-
kredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.  
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 – 
1990  yillarda,  sobiq  Davlat  bankini  isloh  qilish  davriga  to‘g‘ri  keladi. 
O‘sha  davrda  asosiy  e’tibor  monopol  emission  bank  hisoblangan 
Davlat  bankining  tashkiliy  tuzilmasini  keskin  o‘zgartirish  orqali, 
iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan 
banklarni tashkil etishga qaratildi.  
Bank tizimida mustaqillikgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan 
islohatlarning  asosiy  konsepsiyasi  sifatida  quyidagilarni  keltirish 
mumkin: 

 
ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish; 

 
davlatning  ixtisoslashgan  banklarini  xo‘jalik  hisobi  va  o‘zini 
o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish; 

 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  yangi  bank  xizmatlarini  taklif 
etish,  zamonaviy  hisob  –  kitob  shakllarini  va  kredit  munosabatlarini 
amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir. 


230 
Bank tizimida 1987 yilda boshlangan iqtisodiy islohatlar va bank-
larni  qayta  qurish  natijasida  ularning  mulkchilik  shaklida,  xizmat 
ko‘rsatishida,  kredit  va  hisob  –  kitob  munosabatlarida  ayrim  o‘zga-
rishlar  sodir  bo‘ldi.  Lekin,  bank  tizimida  printsipial  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  ijobiy  o‘zgarishlar  yuz  bermadi.  Davlat  banki  kredit  resurs-
larini  markazlashgan  holda  monopol  taqsimlovchi  muassasa  sifatida 
o‘z  mavqiyeni  deyarli  yo‘qotmadi.  Natijada,  sobiq  ittifoq  tuzumi 
davrida  1988  –  1989  yillarda  banklarni  isloh  qilishning  ikkinchi 
bosqichi  boshlandi.  Ushbu  davrda  dastlabki  aksiyadorlik  tijorat 
banklari vujudga kela boshladi.  
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamla-
katda  xalqaro  bank  amaliyotidagi  kabi  haqiqiy  ikki  pog‘onali  bank 
tizimi  tashkil  topishi  yo‘lida  qat’iy  qadamlar  qo‘yildi.  «1991  yilning 
o‘zidayoq  «Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida»  gi  qonun  qabul 
qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika idorasi 
bazasida  mustaqil  O‘zbekistonning  Markaziy  banki  tashkil  etildi  va 
unga respublika davlat, emission va rezerv banki mavqie berildi»
72
.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  mustaqillikning  dast-
labki  yilarida  o‘z  faoliyatini  “Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida”gi 
Qonun  asosida  amaga  oshirdi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  etmish 
yildan  ortiq  markazdan  rejalashtirish  sharoitida  faoliyat  yuritib  kelgan 
bank  tizimining  maqsadi,  majburiyati,  vazifalari  va  ishlash  tartibi 
yangidan tashkil etilgan ikki pog‘onali bank tiziminikidan tubdan farq 
qilar  edi.  Shu  jihtdan  ham  uning  bazasida  tashkil  etilgan  bank  tizimi 
oldida  juda  katta  va  mas’uliyatli  vazifalar  turar  edi.  Xususan,  mam-
lakatda  iqtisodiy  jarayonlarni  to‘xtatmagan  holda  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitiga  asoslangan  kredit  muassasalari  tizimini  tashkil  etish, 
muomalaga  milliy  valyutani  joriy  etish,  sobiq  ittifoq  respublikalari 
bilan uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob – kitoblarni amalga 
oshirish va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.  
Shuning  uchun  ham  mamlakatimiz  Markaziy  bankining  tashkil 
etilishi,  uning  mamlakatda  pul  muomalasini  tartibga  solish  va  kredit 
muassasalari  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishi  bilan  bog‘liq 
vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro 
bank andozalariga o‘tib bormoqda. 
 
                                           
72
 Ўзбекистон Республикаси банк тизими. Ф.Муллажонов таҳрири остида. Т.: Ўзбекистон, 2001. 
34 б.  


231 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish