Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

dastlabki  Markaziy  bank
  1650  yilda 
Shvetsiyaning  Stokgolm  shahrida  tashkil  etilganligi  qayd  qilingan
69

Ushbu  bank  oltin  tangalar  asosida  depozit  sertifikatlarini  muomalaga 
chiqargan,  mazkur  depozit  sertifikatlari  butun  shvetsiya  hududida 
to‘lov vositasini bajargan bo‘lib, taqdim qiluvchiga oltin tanga berilishi 
bilan kafolatlangan. Dastlabki emission bank 1694 yilda Angliya banki 
                                           
68
  Compton,  Eric  N.  Principles  of  banking.  Library  of  Congress.  Printed  in  the  USA.  Fourth  edition, 
1991. P. 8 – 9. 
69
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник  /Кол.  авт.  Под  ред..  О.И.Лаврушина.  М.:  КНОРУС,  2007.  С. 
403. 


210 
sifatida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu bank muomalaga pullarni emissiya 
qilish  va  banklarning  tijorat  veksellarini  ro‘yxatga  olish  bilan 
shug‘ullangan
70
.  
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro 
savdo va hisob – kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga 
qo‘shimcha  vazifalarni  yuklash  zaruriyatini  keltirib  chiqardi.  Endi 
Markaziy banklar  emission bank vazifasini bajarishdan tashqari  mam-
lakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda pul 
– kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 
Davlat  mamlakat  milliy  valyutasini  muomalaga  chiqarish,  uni 
tartibga  solish,  kredit  muassasalari  faoliyatini  nazorat  qilish,  hisob  – 
kitoblarni  tashkil etish  bilan  bog‘liq  qator  qonunlarni qabul  qildi.  Shu 
tarzda  davlat  kredit  muassasalari  faoliyatini  tashkil  etish  va  pul 
muomalasini amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni to‘liq o‘z qo‘liga 
oldi. 
Markaziy  banklarning  tashkil  topish  shakliga  e’tibor  qaratadigan 
bo‘lsak,  ular  davlat  kapitali  asosida  tashkil  topgan  markaziy  banklar 
(Buyuk  Britaniya,  Yevropa  ittifoqi,  Rossiya),  aksiyadorlik  shaklidagi 
markaziy banklar (AQSh, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy 
banklar (Yaponiya, Belgiya) ko‘rinishida vujudga kelgan. 
Ayrim  markaziy  banklar  dastlab  aksiyadorlik  shaklida  tashkil 
topib,  keyinchalik  davlat  tomonidan  milliylashtirilgan.  Ta’kidlash 
joizki,  markaziy  banklar  qanday  shaklda  tashkil  topgan  bo‘lishidan 
qa’tiy nazar, ular o‘z vazifalarini davlat bilan o‘zaro kelishuv va uning 
siyosatiga  hamoxang  tarzda  olib  boradi.  Ayniqsa,  ularning  o‘zaro 
yaqinligi  mamlakatlar  o‘rtasida  iqtisodiy  aloqalarning  rivojlanishining 
zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi. 
Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, 
mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan musta-
qil bo‘lishi muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklarning pul 
–  kredit  siyosatiga  bevosita  aralashsa,  ularga  pul  –  kredit  siyosatini 
amalga  oshirish  bo‘yicha  zarur  darajadagi  mustaqillikni  bermasa 
mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasi barqarorligini ta’minlash-
da  qator  muammolar  vujudga  keladi.  Shu  jihatdan,  Markaziy  banklar 
iqtisodiy  va  huquqiy  jihatdan  mustaqil  hisoblanadi,  ularning  davlatga 
bog‘liqligi  yoki  mustaqilligi  turli  mamlakatlarda  turlichadir.  Odatda 
                                           
70
  Деньги,  кредит,  банки:  Учебник  /Кол.  авт.  Под  ред.  О.И.Лаврушина.  М.:  КНОРУС,  2007.  С. 
403. 


211 
mamlakat  parlamentiga  hisobdor  bo‘lgan  Markaziy  banklar  ko‘proq 
mustaqil hisoblanadi (AQSh, Rossiya, O‘zbekiston), mamlakat Moliya 
vazirligiga  hisobdor  bo‘lgan  Markaziy  banklar  mustaqilligi  nisbatan 
pastroq hisoblanadi, dunyoda bunday banklar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Markaziy  bank  pul  –  kredit  siyosatini  amalga  oshirishda  u  yoki 
bu  darajada  davlatdan  mustaqil  bo‘lgani  bilan  o‘zining  pul  –  kredit 
siyosati  orqali  hukumatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlantirish  rejasini, 
siyosatini qo‘llab – quvvatlashga bevosita va bilvosita mas’ul hisobla-
nadi.  Shunday  ekan,  Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshirilayotgan 
pul – kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi siyosatini 
amalga  oshirish  nuqtai  nazaridan  ishlab  chiqilishi  va  amaliyotga  joriy 
etilishi lozim bo‘ladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish