Bobga oid testlar
1. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi:
A. Miloddan ilgarigi III asrga to‘g‘ri kelishi ta’kidlanadi.
B. Aniq ma’lumotlar mavjud emas.
D. Angliya sanoat to‘ntarishidan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
E. Buyuk inqirozdan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
2. Banklarning vujudga kelishi haqida fikr yuritgan iqtisodchi
olimlarni necha guruhga ajratish mumkin?
A. Beshta guruhga.
B. To‘rtta guruhga.
D. Uchta guruhga.
E. Ikkita guruhga.
3. Tarixiy manbalarga ko‘ra, dastlabki banklar qayerda tashkil
topgan?
A. Angliyada.
B. Rimda.
D. Gretsiyada.
E. Stokgolmda.
4. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklar:
A. Karvon saroyda tashkil etilganligi qayd etiladi.
B. Ibodatxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi.
D. Korxonalarda tashkil etilganligi qayd etiladi.
E. Uylarda tashkil etilganligi qayd etiladi.
5. Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan banklarning dastlabki
ko‘rinishlari qayerda va qachon vujudga kelgan?
A. Angliyada, XVI asrda.
206
B. Rimda, XV asrda.
D. Gretsiyada, XIX asrda.
E. Italiyada, XVIII asrda.
6. “Bank” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A. Qadimgi nemicha “banque” va italiyancha “bansa” so‘zlaridan
paydo bo‘lgan bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi.
B. Qadimgi frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa”
so‘zlaridan paydo bo‘lgan bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini
anglatadi.
D. Qadimgi lotincha “banque” va nemischa “bansa” so‘zlaridan
paydo bo‘lgan bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatadi.
E. Qadimgi italyancha “banque” va frantsuzcha “bansa”
so‘zlaridan paydo bo‘lgan bo‘lib, “almashtirish stoli” ma’nosini
anglatadi.
7. Banklar nechta funksiyani bajaradi?
A. 3 ta.
B. 4 ta.
D. 5 ta.
E. 6 ta.
8. Banklarning iqtisodiyotdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi?
A. Aholining ishonchi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
ishonchsizlik bildirishida.
B. Bajaradigan funksiyalari va aholining ularga bo‘lgan
ehtiyojida.
D. Muomalaga pul chiqarishi va to‘lov aylanmasini tashkil
etishda.
E. Ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari
hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining ularga bo‘lgan
ehtiyojida.
9. Banklarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon
bo‘ladi?
A. Tijorat faoliyati va moliyaviy muassasaligida.
B. Ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, aholi va davlat
tashkilotlari o‘rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil
207
etishi va ularning ustidan tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish
hisoblanadi.
D. Korxona va tashkilotlarga moliyaviy yordam berishida,
shuningdek, turli komission operatsiyalarni amalga oshirishida.
E. Vakillik hisobvaraqlari mavjudligi, aholiga va korxonalarga
naqd pullarni yetkazib berishi va muomaladagi naqd pullarni qaytarib
olishida.
10. Mulkiy jihatdan banklar tasniflanishi qanday javobda to‘liq
va to‘g‘ri keltirilgan?
A. Davlat banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital
ishtirokida qo‘shma bank.
B. Davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank.
D. Davlat banki, xususiy va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma
bank.
E. Davlat banki, investitsion bank, kooperativ bank, xususiy va
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma bank.
11. Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan
qanday tasniflanadi?
A. Emission, komission, savdo, ipotekali va jamg‘arma bank.
B. Emission, vositachi, qo‘shma, ipotekali va jamg‘arma bank.
D. Emission, tijorat, investitsion va jamg‘arma bank.
E. Emission, tijorat, investitsion, ipotekali va jamg‘arma bank.
12.
Banklarga
bo‘lgan
ishonchning
pasayishiga
sabab
bo‘ladigan omillar qanday javobda noto‘g‘ri keltirilgan?
A. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida
bajarmasa.
B. Mijozlar va aholi oldidagi majburiyatlarini to‘liq va to‘xtovsiz
ravishda bajarsa.
D. Aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan
talabining to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa.
E. Mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va
aylanmalari haqida bank sirini ta’minlanmasa.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |