178
E.
Qayta taqsimlash, muomala jarayonini tezlashtirish, pullarni
muomalaga chiqarish va naqdlashtirish funksiyalarini.
10. Kreditning tamoyillari qanday javobda to‘liq keltirilgan?
A.
Muddatlilik,
to‘lovlilik,
ta’minlanganlik, qaytarishlik,
maqsadlilik tamoyillari.
B.
To‘lovlilik,
ta’minlanganlik, qaytarishlik, maqsadlilik
tamoyillari.
D. Muddatlilik, ta’minlanganlik, qaytarishlik, maqsadlilik
tamoyillari.
E. Muddatlilik, to‘lovlilik, qaytarishlik, maqsadlilik tamoyillari.
11. Kreditning shakllari qanday javobda to‘liq va aniq
keltirilgan?
A.
Tovarli kredit, aralash kredit.
B. Tovarli kredit, pulli kredit, aralash kredit.
D. Ipoteka krediti, pulli kredit, aralash.
E. Aralash kredit, tovar kredit, davlat krediti.
12. Kredit shakllari ichida ko‘proq qaysi biri qo‘llaniladi?
A. Tovarli kredit.
B. Pulli kredit.
D. Aralash kredit.
E. Davlat krediti.
13. Bank krediti muddatiga ko‘ra qanday
kreditlarga
bo‘linadi?
A. Qisqa, o‘rta va uzoq muddatli.
B. O‘rta va uzoq muddatli.
D. Qisqa va uzoq muddatli.
E. Yaqin va uzoq muddatli.
14. Qanday iqtisodchilar ssuda va kredit o‘rtasida farqni ajratib
berishga harakat qilgan?
A. Qadimgi Gretsiya iqtisodchilari.
B. Amerikalik iqtisodiy nazariyachilar.
D. Rimlik huquqshunoslar.
E. Xitoylik moliyachilar.
179
15. Kreditning qanday turlari mavjud?
A. Bank, tijorat, iste’mol, ishlab chiqarish, davlat kreditlari.
B. Bank, tijorat, ishlab chiqarish, xalqaro, davlat kreditlari.
D. Bank, tijorat, iste’mol, davlat va xalqaro kreditlar.
E. Bank, tijorat, iste’mol
va xalqaro kreditlar
.
16. Bank kreditida kreditning obyekti nima hisoblanadi?
A. Tovar kapitali.
B. Savdo kapitali.
D. Pul kapitali.
E. Davlat mablag‘lari.
17. Dastlab kreditning qanday shakli vujudga kelgan?
A. Aralash kredit.
B. Tovarli kredit.
D. Pulli kredit.
E. Bank krediti.
18. Xalqaro amaliyotda tijorat krediti asosan qanday qimmatli
qog‘oz vositasida beriladi?
A. Aksiyalar yordamida.
B. Oddiy aksiyalar.
D Vekselda.
E. Imtiyozli aksiyalarda.
19. Davlat kreditining asosiy belgisi nimadan iborat?
A. Kreditlar tovar ko‘rinishida beriladi.
B. Faqat davlat kredit oladi.
D. Kredit berish va olishda davlat bevosita ishtirok etadi.
E. Kredit berish va olishda davlatning ishtiroki muhim ahamiyat
kasb etmaydi.
20. Iste’mol krediti qanday maqsadlarga beriladi?
A. Yuridik va jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur
bo‘lgan
tovar va buyumlarni sotib olishga.
B. Asosan jismoniy shaxslarga kundalik ehtiyojga zarur bo‘lgan
tovar va buyumlarni sotib olishga.
D. Asosan jismoniy shaxslarga ishlab – chiqarishni rivojlan-
tirishga.
E. Asosan yuridik shaxslarga ishlab – chiqarishni rivojlantirishga.