Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Tijorat krediti
 
– kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda 
qadimda  paydo  bo‘lgan.  Uning  vujudga  kelishi  bevosita  tovarlarni 
ishlab  chiqarish  va  ularning  realizatsiyasi  bilan  chambarchas 
                                           
60
 http://ru.wikipedia.org/wiki 
61
 Лаврушин О.И. Банковские дело. М.: Ф и С, 2005. С. 486. 
62
 Нешитой А.С. Финансы и кредит. М.: Биржа и банки, 2006. С. 571. 
63
  Мўминова  Э.А.  Тижорат  банкларида  ипотека  кредити  рискларини  самарали  бошқариш 
масалалари. и.ф.н. даражасини олиш бўйича тайёрланган диссертация иши. Т., 2010. 


174 
bog‘liqdir.  Tijorat  kreditining  obyekti  bo‘lib  –  savdo  kapitali 
hisoblanadi. 
Tijorat  krediti  sotuvchi  tomonidan  sotib  olingan  tovarlarning 
to‘lovini  ma’lum  muddatga  kechiktirish  orqali  amalga  oshiriladi. 
Xalqaro  bank  amaliyotida  ushbu  kreditni 
vekselli  kredit
  sifatida 
ta’kidlaydi.  Veksel  tijorat  kreditining  “quroli”  hisoblanib,  asosan 
barcha  tijorat  kreditlari  veksel  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bunda 
sotib  oluvchi  korxona  sotuvchidan  olgan  tovarlar  yoki  ko‘rsatgan 
xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. Veksellar odatda ma’lum 
muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi tomonidan chiqarilgan 
bo‘lib,  ushbu  muddatdan  kechiktirmasdan  qo‘shimcha  foiz  to‘lovlari 
bilan to‘lanishi lozim. 
Oldingi bo‘limda ta’kidlanganidek, veksel kredit puli bo‘lib, ular 
“oddiy”  va  “murakkab”  (o‘tkaziladigan)  turlariga  bo‘linadi.  Oddiy 
veksel  bu  veksel  egasining  unda  aks  ettirilgan  mablag‘  summasini 
ko‘rsatilgan  muddatda  vekseldor  shaxsga  to‘lab  berishi  to‘g‘risidagi 
majburiyatnomasidir. 
Murakkab  veksellar  uchinchi  shaxslarga  ham 
o‘tkazish 
imkoniyatini  beradi,  ya’ni  vekseldor  shaxs  ushbu  vekselni  uchinchi 
shaxsdan tovar sotib olish uchun  o‘tkazishi (berishi) mumkin. Bunday 
veksellar  vekseldor  shaxsning  unda  ko‘rsatilgan  mablag‘larni 
belgilangan  muddatda  uchinchi  bir  shaxsga  to‘lanishini  aks  ettiruvchi 
veksel egasiga buyrug‘idir. 
Vekseldor  shaxslar  istalgan  ushbu  veksellar  evaziga  tijorat 
banklaridan  pul  shaklidagi  kredit  olish  huquqiga  egadir.  Veksellar 
tijorat  banklar  tomonidan  ma’lum  to‘lov  evaziga  qabul  qilinishi  yoki 
veksel  garovi  evaziga  kredit  berishlari  mumkin.  Shu  tariqa  tijorat 
kreditlari bank kreditiga aylanadi. 
Ayrim  iqtisodiy  adabiyotlarda  tijorat  kreditini  xo‘jalik  krediti 
sifatida  ham  yuritishadi.  Buning  sababi  shundaki,  tijorat  kredit  bilan 
bog‘liq  iqtisodiy  jarayonlar  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  o‘rtasida 
amalga oshirilib, ushbu kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar 
yoki  pul  ko‘rinishida  berilishi  mumkin.  Tijorat  kreditida  kreditning 
obyekti  tovarlar  hisoblanib,  tovarlarga  to‘lovlarni  kechiktirish  yo‘li 
bilan  veksel  asosida  beriladi.  Uning  subyektlari  ish  yurituvchilar 
hisoblanadi.  Bir  ish  yurituvchi  mahsulotlarini  boshqa  bir  ish 
yurituvchiga  kreditga  sotayapti.  Kreditning  maqsadi  bo‘lib  tovarlar 
doiraviy aylanishini tezlashtirish hisoblanadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish