Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

Bank  krediti  –
 
kreditning  eng  rivojlangan  shakli  bo‘lib,  ushbu 
kredit tijorat banklari tomonidan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larni jalb 
qilish  hisobiga,  qo‘shimcha  moliyaviy  resurslarga  ehtiyoj  tug‘ilgan 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  beriladi.  Kreditning  shakllari  tarkibida 
bank krediti asosiy ulushga ega bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh 
pul mablag‘lar asosan banklarda jamlanadi. Buning natijasida, banklar 
ushbu  mablag‘lar  hisobidan  foyda  topish  maqsadida,  ularni 
iqtisodiyotning turli sohalariga bank krediti shaklida joylashtiradi. 
Bank kreditining boshqa kredit shakllariga qaraganda afzalliklari 
juda  ko‘p  bo‘lib,  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  istagan  paytda  va 
miqdorda  kredit  olish  uchun  bankka  murojaat  qilishi  mumkin.  Bank 
krediti pul shaklida namoyon bo‘ladi, shu bois bu sharoitda kreditning 


170 
obyekti bo‘lib pul kapitali hisoblanadi. Bank krediti qarz oluvchiga pul 
shaklida  berilishi  tufayli  tijorat  kreditining  hajmini  chegaralashga 
ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Pul  shaklida  olingan  kredit  qarz  oluvchi 
tomonidan  korxona  ishlab  chiqarish  faoliyatining  istagan  jarayoniga 
yo‘naltirish imkoniyatini beradi. 
Bank kreditini yo‘naltirish va qarz oluvchi tomonidan foydalanish 
maqsadiga  qarab  turlicha  nomlanishi  mumkin.  Masalan,  bank  krediti 
ishlab  chiqarishni  kengaytirishga,  ya’ni  asosiy  va  aylanma  kapitalni 
ko‘paytirishga  yo‘naltirilsa,  bank  krediti  ssuda  kapitali  bo‘ladi.  Agar 
bank krediti xo‘jalik yurituvchi  subyektning kassadagi mablag‘larning 
yetishmasligiga  yo‘naltirilsa  bank  krediti  pul  ssudasi  deyiladi.  Pul 
ssudasi  faqat  xo‘jalik  faoliyatining  oborot  kapitalini  to‘xtovsiz  davom 
etishini  ta’minlaydi,  lekin  uning  miqdorini  ko‘paytirishga  olib  kel-
maydi.  Ssuda  kapitali  esa  qarz  oluvchining  kapitali  miqdorini ko‘pay-
tiradi. 
Banklar  turli  toifadagi  kredit  oluvchilarga  bank  kreditini  beradi. 
Xususan,  korxonalar,  korporatsiyalar,  aholi,  kredit  muassasalari,  ma-
halliy 
xokimiyatlar 
shular 
jumlasidandir. 
Kredit 
oluvchilar 
faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, banklar bilan kredit 
munosabatlarini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi 
asosiy hujjat ular o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi.  
Bank  kreditlari  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  takror  ishlab 
chiqarish  jarayonini  to‘xtovsizligini  ta’minlashga  va  oborot  mablag‘-
larining  hajmini  oshirishga  yo‘naltiriladi.  Bank  kreditlari  muddati 
jihatidan 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish