Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari
Moddiy madaniyat yodgorliklari.
Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy
madaniyat yodgorliklari Mesopotamiyaning qadimgi Eredu, Uruk, Lagash, Larsa,
Nippur, Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil kabi shaharlarining
xarobalarini arxeologik o`rganish natijasida ma’lum. Shaharlardan zinapoyasimon
minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar, xo`jalik inshootlari, san’at
asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyaning er. avv. III-II ming yilliklarga
oid silindrsimon stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muhrlari Misr, Baxrayn va
Hindistondan ko`plab topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: