1.5. Standartlashtirish va ekologiya(asosiy tushuncha va atamalar)
Ijtimoiy taraqqiyot demografik o`sishi xamda amalga oshgan ilmiy-texnik
taraqqiyot natijalari sabab, xar xil antropogen omillar zo`raygan xam. Xullas, xozirgi
paytda turli mintaqa va xududlarda kuzatilayotgan ekologik tanglik – muommolar
insoniyat, xamda fan-texnika tarqqiyotining tabiatga texnogen tasiri oqibat natijasidir.
Istiqlol sharofati bilan Respublikamizda shu paytgacha o`tgan mustaqillik yillar
mobaynida turli sohalarda bo`lganidek atrof muxit muhofazasini taminlash, mavjud
tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bo`yicha, shu bilan birga, xalkimiz
xususan yoshlarimizni ekologik bilimdonligini oshirish uchun bir qator muxim chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan ekologiya doir ko`plab qonunlar xukumat
qarorlari va turli meyoriy xujjatlar xam qabul qilindi.
Keyingi yillarda xatto bevosita ekologik muommolar bilan shugullanadigan
yetuk mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Natijada mamlakatimizdagi ekologik tanglik
va muommolarga qarshi kurashish, inson ekologiyasi bilan bogliq masalalarni xal
etishga xam kirishildi.
Turli toifadagi ekologik anjumanlarning mamlakatimizda tashkil etilishi, barcha
xududlarimizda yashayotgan odamlarga tibbiy xizmatlar kursatilishiga etibor
kuchaytirilgani fikrimiz isbotidir. Bundan tashqari, respublikamiz iqtisodiyotini rivoj
33
toptirish maqsadida yangidan tashkil qilinayotgan turli xil ishlab chiqarish korxonalari
asosida ‘’CHiqitsiz’’ (yoki kamchiqitli) texnologiyalaridan foydalanishga aloxida
eotibor berilayotgani xam ko`pchilikka yaxshi ma`lum.
Ana shunday bir vaziyatda, shubxasiz ekologiya va ekologiyaga oid ilmiy-
amaliy malumotlar aks etgan manbalarga ehtiyoj ortib borayotgani tabiiy. SHu bilan
birgalikda ushbu sohada tegishli adabiyotlarning tankisligi xam sezilmoqda. Xozirgi
davrda nafaqat ekologiya sohasida bevosita faoliyat ko`rsatadigan mutaxasis, ishchi va
xizmatchilar, ekologik ta`limni amalga oshirayotgan pedagog kadr va xodimlar
shuningdek, xarbiy o`quvchi, talaba, xatto oddiy fuqoro xam ma`lum darajada
ekologik tushunchalarga ega bo`lish maqsadga mufoqligini davr taqozo etmoqda.
ABIOTIK OMILLAR – tirik organizmlar (biosfera unsurlari)ga bevosita yoki
bilvosita tasir o`tkazuvchi noorganik tabiiy kuch, manba va xodisalar yani quyosh
radiatsiyasi, yoruglik darajasi, xarorat, namlik, yogin-sochinlar, buron-dovullar, yer
ichki energiyasi va xokozolar. Bular jumlasiga tuproqlardagi jonzotlarga tegishli
edafik shuningdek,gidrosfera bilan boglik gidrografik omillar kiradi. SHuni xam
ta`kidlash kerakki, bir yil mobaynida yer kurrasiga to`gri keladigan quyosh
energiyasining miqdoriy ko`rsatkichlari yer satxining xamma nuqtalarida bir xil emas.
Masalan Ekvatordan shimoliy va janubiy qutiblar tomon yo`nalishlarda energiya
(radiatsiya) darajasi 2,5 barobar (yiliga 180-200 kJ/sm.kv dan to 60-80 kJ/sm.kv
gacha) kamayadi. Bunday xolat albatta biosfera tarkib tuzilmasiga o`z tasirini
ko`rsatadi. Xuddi shuningdek yer silkinishlari, vulqon otilishlari, kuchli tayfun-
dovullar va buronlar xam abiotik omillardan xisoblanadi. Ular tufayli so`zsiz
ekologiya muommolari kelib chiqadi.
AVTOTROF ORGANIZMLAR - (autos-ulim, tropxe-oziklanish) foto-sintez
yoki xemosintez jarayonida noorganik moddalardan organik birikmalarni xosil
qiluvchi organizmlar.
AGROFITOTSENOZ (yunoncha Agros – dala, pxyton – o`simlik, koinos –
umumiy) – agrotsenozning o`simliklarga oid qismi.
34
ADAPTATSIYA – moslashish, ko`nikish tirik organizmlarning tashqi muxitda
tabiiy evolyusiya jarayonida yuzaga kelgan nisbatan yangi shart-sharoitga moslashish
jarayoni.
ADVEKATSIYA – ufqiy ko`chish. Bunda muayyan miqdordagi faol kislarod
massasini atmosferaning yuqori qavatlari tomon xarakatlanishi tufayli havo muxitida
turli xil fizik-kimyoviy jarayonlarining sodir bo`lishi kuzatiladi.
ADRENALIN – nerv sistemasi faoliyatida faol ishtirok etuvchi organik birikma
– garmon.
Do'stlaringiz bilan baham: |