Standartlashtirish asoslari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/246
Sana11.01.2022
Hajmi2,35 Mb.
#345785
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   246
Bog'liq
standartlashtirish asoslari

 
2
.
2. «Texnik jihatdan tartibga solish» borasida standartlar ishlab chiqarishning  
asosiy vazifalari 
Mamlakatimiz 
mustaqillikka 
erishishidan 
boshlaboq, 
hukumatimiz 
standartlashtirish  muammolariga  jiddiy  ahamiyat  berdi.  Respublikamiz  iqtisodiyot 
infrastrukturasini  xalqaro  jamiyatga  integratsiyalash  borasida  bir  qator  ishlar  olib 
borilmoqda.  Ushbu  jarayonda  asosiy  vazifa  savdodagi  mavjud  texnik  to`siqlarning 
yechilishidir.  Shu  bois,  texnik  jihatdan  tartibga  solish  bo`yicha  olib  borilayotgan 
faoliyat  o`ta  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki,  jahon  bozoriga  to`siqlarsiz  chiqish, 
Butunjahon savdo tashkiloti talablariga javob berish uchun texnik talablarning oqilona 
qo`llanilishi  zarur  bo`ladi.  Hozirda,  hukumatimiz  tomonidan  O`zbekiston 
Respublikasining  mazkur  xalqaro  savdo  tashkilotiga  kirishi  yo`lida  qator  tadbirlar 
amalga  oshirilmoqda.  Mazkur  tashkilotga  a’zo  bo`lish  uchun  amaldagi  milliy 
qonunchilikni  xalqaro  talablarga  muvofiqlashtirish  bo`yicha  tegishli  kelishuvlarda 
belgilangan talablarni bajarish, Ya’ni savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha qonunchilik 
xalqaro talablarga uyg`unlashtirilishi zaruratga aylandi. 
Mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo`lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda 
belgilanadi.  Texnik  reglamentlar  talablariga  tegishli  qonunlar,  yuridik  va  fizik 
shaxslar  manfaatini  himoyalovchi  har  xil  turli    farmoyishlar  mazmunlari  asosida 
shakllanadi. Standartlar talablari esa majburiy emas, balki ixtiyoriy tusga kiradi. 
Butunjahon  savdo  tashkilotining  Savdodagi  texnik  to`siqlar  bo`yicha  kelishuvi 
talablarini  bajarish  maqsadida,  "O`zstandart
-
"  agentligi,  Sog`liqni  saqlash  vazirligi, 
Arxitektura  va  qurilish  Davlat  qo`mitasi,  Tabiatni  muhofaza  qilish  Davlat  qo`mitasi 
tomonidan  bir  qator  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilib  kelinmoqda.  Respublikamizda 
ushbu  tashkilotga  kirish  borasida  olib  borilayotgan  siyosat,  avvalo,  ishlab 
chiqarilayotgan  mahsulotlarning  raqobatbardoshligini  va  eksport  salohiyatini 
oshirishga yo`naltirilgan. 


 
49 
Yuqorida ta’kidlangan mazkur qonunning asosiy maqsadi mahsulot, xizmatlar va 
jarayonlar  xavfsizligiga  talablarni  o`rnatilishida  munosabatlarni  tartibga  solishdir. 
Qonun 4 ta bob va 28 ta moddalardan iborat bo`lib, texnik jihatdan tartibga solish dav-
lat  tizimining  asosiy  vazifalari,  prinsiplari  va  uning  tuzilmasini,  davlat  va  boshqa 
idoralar,  ekspert  komissiyalari  va  ekspert  kengashlarining  vakolatlari  hamda  texnik 
jihatdan  tartibga  solish  bo`yicha  me’yoriy  hujjatlar  va  ma’lumotlar  davlat  fondi 
yuritilishi  qoidalarini  belgilaydi.  Qonunda  belgilangan  vazifalarni  bajarish  hamda 
kelgusida  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlarni  o`rnatilgan  tartibda  amalga  oshirish 
uchun texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi yaratilishi muqarrar. Ushbu tizimda 
faoliyat  yuritadigan  vakolatli  idoralar  va  boshqa  davlat  organlari  faoliyatining  asosiy 
yo`nalishlarini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
O`zbekiston  Respublikasida  texnik  jihatdan  tartibga  solish  davlat  tizimining 
yaratilishi,  qonun  va  qonun  osti  me’yoriy  hujjatlarning  ikki  qavatli  ochiq  tizimi 
shakllantirilishiga  olib  keladi.  Ushbu  tizimning  yuqori  pog`onasida  texnik 
reglamentlar  joylashadi,  past  pog`onani  esa  xalqaro  talab  va  me’yorlar  bilan 
uyg`unlashgan,  ishlab  chiqaruvchining  majburiy  talablarga  oqilona  va  to`g`ri  rioya 
qilishiga  ko`maklashadigan  ixtiyoriy  standartlar  egallaydi.  Texnik  jihatdan  tartibga 
solish  davlat  tizimi  doirasida  qabul  qilinadigan  standartlar  ixtiyoriy  ravishda 
qo`lanilishi  lozim.  Kelgusida  amaldagi  "Standartlashtirish  to`g`risida"gi  Qonun 
talablariga  zid  sharoitlarning  oldini  olish  maqsadida, "Texnik  jihatdan  tartibga  solish 
to`g`risida"gi  Qonunining  22-moddasida  texnik  reglamentlar  amalga  kiritilgach, 
ularda  ko`rsatilgan  mahsulotlar,  ishlar  va  xizmatlarga  doir  ilgari  qabul  qilingan 
standartlashtirish  bo`yicha  tegishli  normativ  hujjatlar  majburiylik  xususiyatini 
yo`qotishi  belgilangan.  Ammo  bu  mahsulot  va  uni  ishlab  chiqarish  jarayonlarini, 
sifatni to`la ta’minlash yo`lida standartlar ishlab chiqish, zaruratini chetlab o`tmaydi. 
Qabul qilingan Qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasida umumiy va maxsus 
texnik reglamentlar qo`llaniladi. Umumiy texnik reglamentlar mahsulot, xizmatlar va 
jarayonlar guruhlariga majburiy talablarni belgilab, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 


 
50 
Maxsus  texnik  reglamentlar  alohida  mahsulot,  xizmatlar  va  jarayonlar  turlariga 
majburiy  talablarni  belgilab,  vakolatli  idoralar  ("O`zstandart"  agentligi,  Sog`liqni 
saqlash  vazirligi,  Arxitektura  va  qurilish  Davlat  qo`mitasi,  Tabiatni  muhofaza  qilish 
Davlat  qo`mitasi  va  boshqa  idoralar)  tomonidan  tasdiqlanadi.  Ta’kidlash  joizki, 
mazkur  qonunning  17-moddasiga  muvofiq  texnik  reglamentlarda  mahsulotning 
konstruksiyasi  va  bajarilishiga  doir  talablar  bo`lmasligi  lozim.Bunday  me’yoriy 
hujjatlar  o`rnatilgan  tartiblar  davlat  darajasida  tasdiqlanishi,  texnik  reglamentlarni 
ishlab  chiqish  jarayoniga  vakolatli  idoralar  va  mutasaddi  tashkilotlar  o`ta  mas’uliyat 
bilan  yondashishlarini  taqazo  etadi.  Amaldagi  xalqaro  talablar  va  me’yorlar  bilan 
uyg`unlashgan  texnik  reglamentlarni  ishlab  chiqish  hukumatimiz  tomonidan  ishlab 
chiqaruvchilar  va  tadbirkorlarga  yaratilayotgan  yana  bir  qulay  imkoniyat  bo`libgina 
qolmay, mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi istiqbolli odil qadamdir. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish