9.3
.
Dunyo rivojlangan mamlakatlari xalq xo`jalik taraqqiyotida
standartlashtirishning ta’siri va o`rni
XIX asr oxiri XX asr boshlariga kelib standartlashtirish xalq-xujaligi
rivojlantirishning asosiy omillari qatorida joy ola boshladi. Birinchi jahon urishidan
keyin esa standarlashtirish iqtisodiy zarurat tusiga kirdi. XX asr boshlarida 1919 yili
Belgiya va Kanada, 1920 yili Avstriyada, 1921yili Italiya, Yaponiya va Vengriyada,
1923 yili Avstraliya, SHvetsiya CHexoslavakiyada, 1923 yili Norvegiyada, 1924 yili
Finlandiya va Polshada, 1926 yili Daniyada, 1928 yili Rumuniyada Standartlashtirish
jamiyat va tashkilotlari tuzildi.
Xalqaro tovar almashtirivuning doimiy va zaruriy rivojlanishi, ilmiy-texnika
sohasida hamkorlikni yaxshilanish 1939 yilga kelib Xalqaro standartlashtirish
assosiyattsiyasida (ISO) ni asoslanishiga olib keldi.
Uning taraqqiy rolini ikinchi jahon urishi tufayli biroz to’xtatdi.
1943 yili birlashgan millatlar tashkiloti (BMB) doirasida, London va New-Yorkda
standartlashtirish maxkamasiga ega bo`lgan standartlashtirishni muvofiqlashtirish
qo`mitasi barpo etildi va nixoyat ikkinchi jahon urishi tugallangandan so`ng 1946
yilarida hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etayotgan standartlashtirish bo`yicha
xalqaro tashkilotlar (33 mamlakat kirgan) paydo bo`ldi. Hozirda ISO eng yirik (91
mamlakat a’zo) xalqaro texnik tashkilotlardan hisoblanadi.
264
Standartlashtirish ishlarini xalq-xo`jaligi taraqqiyotida ahamiyati tobora oshib
borishi, keyingi yillarda boshqa xalqaro va hududiy uyushma va tashkilotlarning paydo
bo`lishiga olib keldi. Masalan, 1953 yilda oltita Yevropa mamlakatlari ko`mir va
po’lat bo`yicha iqtisodiy muvofoqiyatni ko`zlab (Frantsiya, Belgiya, Gollandiya,
Italiya, Lyuksenburg) po`lat bo`yicha muvofiklashtirish xayati tuzildi.
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlari vakillari, Yevropa erkin savdo va
umumbozor hay’ati vakillari ishtirokida 1961 yil mart oyida bo`lib o`tgan yig`ilishida
Yevropa standartlarini muvofiqlashtirish qo`mitasi tuzildi. Bu qumita tarkibida
sanoatning eng muhim tarmoqlari:
Metalurgiya, qurilish, to`qimachilik, neft, kemasozlik, bo`yicha ishchi guruhlar
belgilandi.
SHu tariqada standartlashtirishning xalq-xo`jaligida tutgan o`rni salmoqli
rivojlanib Yevropa va butun dunyoga jadal kirib bordi. Standartlashtirishdan AQSH va
Yaponiya mamlakatlari o`ta samarali foydalanib XX asrning ikkinchi yarimida xalq-
xujaligi eng yuqari ko`rsatkichlariga erishtilar.
Standartlashtirishning xalq xo`jaligi rivojiga ta’siri kuchayib borishi natijasida
Janubiy Koreya, Turkiya, Xindiston va ayniqsa Xitoy mamlakatida iqtisodietdagi
keskin yuksalishlarni kuzatish mumkin.
Demak, Stanlartlashtirishning xalq xo`jaligida tutgan o`rni mavjud va bu o`rin
taboro eni, bo`yi va balandlik bo`yicha hajmiy kengayib barmoqda.
Jamiyat rivojlanishida standartlashtirish xalq xo`jaligining boshqarqaruvida asosiy
bo`lib hisoblanadi. Standarlashtirish umumiy ishlab chiqarishning samradorligini
oshirishda bevosita ta’sir etib, kengaytirishda optimallashgan ilmiy uslubini o`zida
mujasamlaydi. Standart va sifat ajralmasdir. Davlat standarti ilg`or ishlab chiqarish
usuli hamda yangi fan texnika tarqqiyoti bilan xalq xo`jaligi rivojlanish istiqbolini
belgilaydi. Standart jamiyat manfati yo`lida maxsulot sifatini ta’minlashda eng zaruriy
talablarni muayyan me’yorlarda mujasamlaydi.
Standartlashtirishning quydagi: amaliy faoliyat, boshqaruv tizim va fan sifatlarida
ko`rib chiqamiz.
265
Standartlashtirishamaliy faoliyat sifatida o`rnatilgan me’yoriy hujjatlar bo`yicha
standartlashtirish va koydalarini qo`llash, ijtimoyi hayot va jamiyatning ishlab
chikarish sohalarida takrorlanuvchi masalalar yechimining optimal qarorlarini
ta’minlaydi. Bu faoliyat quydagi yo`nalishlarda:
–xalq-xo`jaligini boshqarishni takomillashtirishda har tomonlama kompleks
me’yoriy-texnik ta’minlash;
–jadal yalpi ishlab chiqarish va uning samoradorligini oshirish;
–mahsulotsifatini yaxshilash va ilmiy-texnik taraqqiyotini rivojlantirish;
–resurslarni tejashva rattsionalfoydalanish.
Standartlashtirishboshqaruv tizimi sifatida O`zbekiston Respublikasida Davlat
standarlashtirish tizimi (DST) asosida rejali boshqaruv tizim sifatida amaliy
faoliyatdir.
Bu faoliyat me’yoriytexnik xo`jjatlar majmuasiga, standarlashtirish bo`yicha
amaliy ishlarni bajarish usuli va tashkillashtirish bo`yicha talablarni o`zaro
bog`likligini o`rnatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy usuldir.
Standartlashtirish fan sifatida standartlashtirish usuli va vositalari to`g`risida
aniqlik kiritish, standarlashtirish bo`yicha qonunchilik faoliyatni shakllantirish va
umumlashtirish, fan sifatida rivojlanish jabxalari ushbu faoliyat sohasida amaliy
ishlarni takomillashtirish asosida bu faoliyatni tashkiliy tizimini yaxshilashga yordam
beradi.
Standartlashtirish obyektlari (O`z DSt 1.0 bo`yicha) mahsulot, ish (jarayon) lar,
xizmatlar standartlashtirishga molik, Ya’ni xohlagan materiallarning darajasiga loyiq
bo`lgan komponentlar, qurilmalar,tizimlar, ularning qo`shimchalari, qoidalar, usullar
yoki faoliyatlar kiradi.
Bunda xizmat, standartlashtirish obyekti aholi uchun madaniy-mayshiy xizmatlari
qamrovi, tashkilot va korxonalar uchun ishlab chikarish xizmatlari majmui tariqasida
bo`lishi mumkin.
Mahsulot texnikaviy-ishlab chikarish tariqasida va xalq iste’moli tovarlari bo`lib,
standartlashtirishning an’anaviy obyekti, Ya’ni bu borada ko`plab standartlar ishlab
chikarilgan. Standartlashtirish obyektlari texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni va
266
mehnatni tashkil etish, usul va shakllari ishlab chikarish va nazorat operatsiyalari
qoidalari, mahsulotni saqlash va tashish qoidalari va hakozolar hisoblanadi.
Jamiyatning ijtimoiy hayotida standartlashtirish obyekti aholi sog`ligini saqlash va
mehnatini muhofazalash, tabiatni qo`riqlash va inson hayotini yaxshilash, tabiiy
boyliklardan ratsional foydalanish va shular kabi jamiyat manfati yo`lida umumfoyda
beradigan barcha munosabat jarayonlari va tadbirlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |