16-mavzu. San’at va ma’naviyat. Umumxalq leksikasigagi san’atshunoslik
terminlari
Orol Dengizi bundan 20-30 yil avval eng katta sho’r ko’l bo’lgan.Dengiz
o’rta asrlarda yigirmadan ortiq nom bilan atalib kelgan. Orol dengizi sohilida
yashovchi o’zbek, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlar uni Shimoliy dengiz,
Sho’r dengiz, Jayhun dengizi, Jand ko’li, Xorazm dengizi, Qora dengiz, Orol
dengizi va hokazo nomlar bila ataganlar. Lekin keyinchalik “
Orol dengizi
” deb
atala boshladi. Bu nom Amudaryo deltasida daryo tarmog’i bilan dengiz
oralig’idagi orolsimon joy nomidan kelib chiqqan deyiladi. Arab sayyohi va
geografik Istaxriy X-asrda Orolni “Xorazm ko’li” deb atagan va Sirdaryoning
shu dengizga quyilishini yozib qoldirgan. Orol dengizini 1-marta A.I. Butakov
1848-1849 yillarda tekshirgan va xaritaga tushirgan. Orol dengiziga 1960-yillar
o’rtalarigacha O’rta Osiyodagi 2ta eng katta daryo- Amudaryo va Sirdaryo suvi
quyilgan. Keyinroq bu daryolarning suvi keskin kamaygan. 1970 yillarda Orol
dengizining maydoni 57 ming kvadrat kilometr, qirg’oq chizig’ining uzunligi
4500 kilometr bo’lgan. Kattaligi bo’yicha dunyoda Kaspiy dengizi, Amerikadagi
Yuqori ko’l va Afrikadagi Viktoriya ko’lidan keyin 4-o’rinda turgan.
Hozirgi kunda Orol dengizi sathi keskin kamaya borib, salkam 40 ming
kvadrat kilometr joy quruqlikka aylandi. U joylar “Orolqum” deb atala boshladi.
Orolqumdan shamolda chang-to’zon ko’tarilib, atrof-muhitga zarar keltira
boshladi. Dengizning sho’rligi ham tobora ortib boryapti. Bularning hammasi
xalqaro muamoga aylandi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi tashkil etildi.
Bu jamg’armani 1997-1999 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov boshqardi. Orol muammosi yechimini topish maqsadida O’rta Osiyo
respublikalari prezidentlari bir necha marta uchraruvlar o’tkazdilar.Orol dengizi
atrofida 70 dan ortiq suv havzalari barpo etildi. Xitoyliklar bilan hamkorlikda
Orol dengiziga quyiladigan kanallar qurilyapti. 1999-yilga kelib Orolning
chekinishi to’xtatildi. Endigi vazifa dengiz suvini butun choralar bilan
31
ko’paytish, Orolqumda tuz va qum ko’chishini to’xtatish va eng asosiysi dengiz
atrofida istiqomat qilayotgan aholining salomatligi haqida qayg’urishdan iborat.
Orol dengizi atrofida yashayotgan aholida ko’proq buqoq, kamqonlik
kasalliklari uchraydi. Tug’iladigan yosh bolalar esa kasalmand bo’lib tug’iladilar.
Biz u yerda yashayotgan aholining salomatligi haqida qayg’urishimiz kerak. Har
doim shifokor nazoratida bo’lishlari kerak. Faqatgina, Orol dengizini qurib
qolishini oldini olish mumkin. Uning uchun biz suvni bekordan bekor isrof
qilmasligimiz kerak. Agar aholini ko’chirishni iloji bo’lmasa buqoq va
kamqonlikka qarshi dori-darmon bilan har vaqt aholini ta’minlab turish kerak.
Yana u yerdagi har bir aholiga vitaminli dorilar yetkazib berish kerak. Mevalar,
sabzavotlar, oziq-ovqat va eng asosiysi toza suv ham yetkazib berish kerak.
Orol dengizini mening fikrimcha faqat 1 ta yo’l bilan ko’paytirish mumkin,
ya’ni, Amudaryo va Sirdaryo suvini ko’proq Orol dengiziga quyish kerak. Orol
dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda
balikchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz
suv rejimini unga kuyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda otmosfera
yonilgilari tushishi va yuzadan suvning buglanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy
davrlarda dengiz sathining 1,5 - 2,10 o’zgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan bo’liq
bo’lib, suvning hajmi 100 - 150 kub km, suv sathi maydoni - 4000 kv, km ni tashkil
etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |