Amir Temur muzeyi haqida
Tashkil etilishi: 1996-yil, Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan.
Rekvizitlar: О’zbekiston, 100000, Toshkent shahri, Amir Temur 1; Tel: 232-02-12
Faks: 232-02-13 e-mail: temurid@temurid.uz; URL: http://www. temurid.uz.
Direktor: tarix fanlari nomzodi Xabibullayev Nozim Nasibullayevich Ishchilar
tarkibi: fan nomzodlari – 4, ilmiy xodimlar – 23, jami ishchilar – 70. О’zR FA
Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi
munosabati bilan О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi
bilan va bevosita rahbarligi ostida, О’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 14 martdagi 99-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Tadqiqotlarning asosiy yо’nalishlari: - mamlakat madaniyati va ma’rifati tarixining
muhim yо’nalishlari bо’yicha ilmiy-amaliy izlanishlarni ishlab chiqish; - respublika
jamoati va xorijiy davlat vakillarini Temuriylar davri tarixi bilan tanishtirish; -
respublika hamda xorijda о’rganilayotgan davr bо’yicha yozma manbalar va
ashyolarni tо’plash; - mavzuiy, tarixiy hujjatlar, qо’lyozmalar, moddiy-madaniy
yodgorliklar, arxeologik qazilmalar va h.lar yordamida Amir Temur va
temuriylarning jahon madaniyati va faniga qо’shgan hissasini aks ettiruvchi doimiy
va davriy ekspozitsiyalar, kо’chma kо’rgazmalarni tashkil etish.
Noyob ilmiy obyektlar: Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi va
ekspozitsiyasi. Muzey binosi о’zida о’rta asrlar (aniqrog’i, temuriylar davri) sharq va
zamonaviy arxitektura uslublarini mujassam etgan. U katta aylana shakliga ega
bо’lib, gumbazi kо’p qirrali, tomi panjarali. Ochiq ayvonlari va ustunlari bor.
Tashqaridan bino ajib naqshlar bilan bezatilgan. Muzey «Davlat noyob ilmiy
obyektlar rо’yxati»ga kiritilgan. Muzey fondlarida О’zbekiston tarixi, jumladan Amir
Temur va temuriylar davrini aks ettiruvchi eksponantlar saqlanadi; ular –
qо’lyozmalar, har xil xatlar, etnografiya, me’morchilik buyumlari, kumush va mis
tangalar, sopol va mis idishlar va h. 2006 – 2011-yillar mobaynida 17 ta kо’rgazma
tashkil etildi. «Amir Temur – Klavixo – Samarqand», «Yozuv madaniyati tarixi»,
«Amir Temur hayotidan lavhalar», «Xorij merosi», «Samarqand 2750 yoshda»,
«Shohruhiya topilmalari», «Toshkent – islom madaniyati markazi», «Toshkent –
18
Sharq yulduzi», «Imzolar», «Noyob qо’lyozmalar xazinasidan», «Temuriylar davri
renessansi», «Temuriylar davlatida diplomatik aloqalar» va hokazolar shular
jumlasidandir. Yoshlarni vatanparvarlik va milliy iftixor, tarix, buyuk shaxslar va
о’tmish merosiga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida muzeyda bir qator madaniy-
ma’rifiy tadbirlar о’tkazildi. Masalan: «Buyuk qalam ustalari», «Temuriylar davri
huquqiy merosi», «Amir Temur avlodlari», «Tarix marvaridlari», «Buyuk siymo».
Mavzuiy ekskursiyalar ham о’tkazilgan: «Amir Temur va Yevropa», «Amir
Temurning jang san’ati», «Amir Temur davrida tibbiyot», «Temur tuzuklari»,
«Ulug’bek davrida Movarounnahr», «Temuriy malikalar», shuningdek, muzeyning
boy eksponatlaridan foydalangan holda boshqa tadbirlar ham tashkil etilgan. Muzey
ekspozitsiyalarini tomosha qilishga kо’plab chet elliklar, rasmiy delegatsiyalar ham
tashrif buyurishadi. Amir Temur va temuriylar davri tarixi bilan tanishish jarayonida
ular boy taassurotlarga ega bо’lishadi. Kо’rsatilgan muddat ichida muzeyga turli
mamlakatlarning 600 dan ortiq rasmiy delegatsiyalari tashrif buyurishgan. Temuriylar
davri tarixi bilan yaqindan tanishgach, о’z taassurotlari va fikr-u mulohazalarini
“Faxriy mehmonlar kitobi”ga yozib qoldirishgan. Mana shu yozuvlar asosida
muzeyda “Imzolar” kо’rgazmasi tashkil etilgan. Muzey tashkil etilganida uning
fondlarida 600 ta predmet bor edi. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyalarining о’zi
2000 dan ortiq eksponatni tashkil etadi. Muzey ochilganidan beri uning
eksponantlarini 1 6500 00 dan ortiq odam tomosha qilishga muvaffaq bо’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |