46
moslashtirish, shuningdek, o‘zbek tarjimonlarining ijodiy tadoriki takomilida G‘arb, birinchi galda uris va
qardosh xalqlar badiiy tarjimachiligida ortirilgan boy tajribalarning roli masalalari yoritilgan.
Do‘stlik ko‘priklari. Monografiya. Toshkent, 1979, 224 bet (hammuallif N. Komilov). She’riy
tarjima xususida bahs yuritiladi. Unda nazm tarjimasi adabiy an’analar va adabiy aloqalar bilan uzviy bog‘lik
holda olib tekshiriladi. Ishning birinchi bobida, asosan, G‘arb adabiyoti, xususan, Uris she’riyati
namunalarining o‘zbekcha tarjimalari hamda, qisman, o‘zbek shoirlari asarlarining urischa tarjimalari tahlil
qilinsa, ikkinchi bobda gazal tarjimasi muammolari haqida fikr yuritiladi. Mualliflar she’riy tarjima
qurilmasi, uning asosiy talablari, o‘ziga xos nozik tomonlari, vazn, qofiya, radif, bayt-barbaytlik
(ekvilenearlik), ohang muqobilligi (ekviritmiya), vazn muqbilligi (ekvimetriya) kabi sof tarjimaviy
tushuncha va kategoriyalar yuzasidan mulohaza yuritib, xiyla keng nazariy umumlashmalarga kelganlar.
Tarjima tashvishlari. Toshkent, 1983, 192 bet. Tarjima jarayoni tarjima
qurilmasi, tarjima san’ati
bilan bog‘lik barcha jabhalarni qamragan holda tarjimaga ehtiyoj tug‘diruvchi omillar, pirovard natijada
erishilgan hosila, ya’ni muayyan tarjima tufayli vatan adabiyotida paydo bulgan sifat o‘zgarishlari ham
baqamti tahlildan o‘tkazilgan. Uslubniyag sof nazariy-qoliplovchi (tipodogik) talqini berilib, so‘ngra u
tarjima mavqeidani turib talqin qilingan. Ishda tillararo ayrim vositalar va lisoniy-uslubiy qatlamlar qiyosiga
e’tibor qilingan holda keng ma’noda tarjima imkoniyatlari, tarjima bo‘lish (yoki bo‘lmaslik) konsepsiyasiga
munosabat bildirilgan.
Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik. Toshkent, 1983, 232 bet. Madaniy-ilmiy hamkorlik va tarjima
bazasi tarixiy negiz asosida o‘rganilgan. Muallif uslubiy ifoda tarzining uning ijodi va badiiy tarjima
jarayonidagi xususiyatini ko‘rsatishga harakat qilgan. Uslub tushunchasiga vobasta umumiy mushtarak-tipik
ko‘rinishlar bilan birga, xususiy, yakka, betakror jihatlar ochib berilgan. Milliy xoslik so‘z, musiqa, harakat
va rang tushunchalariga tatbiqan tahlil qilingan. Muallif va tarjimon uslubi, tarjimada o‘zlik
(sub’ektivizm)ning ikki xil ko‘rinishi, tarjimaviy moslashtirish (transformatsiya va lokalizatsiya) hodisalari,
ularning me’yori va darajalari, milliy idrok xususiyatlari, badiiy tarjima va talqinda donishiylik, soddalik,
murakkablik masalalari oydinlashtirilgan. Uslubiy moslashtirish (stilizatsiya), ma’noviyot (semantika),
sinonimiya, naqlchilik iborasozlik istilohotning ishtiroki aniqlangan. She’riy tarjimadagi vazn
transformatsiyam va muqobil ohang problemasiga katta o‘rin ajratilgan.
She’riyati
G‘aybulla as-Salomning «Qaldirgochning raketaga degani», «Falsafaga raddiya yoki quloqa isirg‘a»,
«Bir quv og‘amga», «Hayvonot bog‘ida» kabi she’rlari ilk bor «O‘zbekistan adabiyoti va san’ati»
haftaligining 1989 yil 10 mart sonida bosildi. Shundan keyin turli nashrlarda «Dunyo ekan bir ko‘shiq»,
«Ohuni ko‘zlab», «Paymona», «Darz ketdi», «Bo‘lganim bo‘lgan», «Uzimni uylayman», «Odamlar», «Erk
haqida cho‘pchak», «Kashpirovskiyga xat», «Qodirxon», «Kunglimday siniq satrlar», «Surmai Sulaymon»,
«Shatranj», «Yashil kitob», «Ey, metin qalb...» «Ramz, Kuyosh, Mehriston», «Dovul» kabi she’rlari birin-
ketin e’lon qilindi, ayrimlari radio, televideniedan ;ukildi (she’rlarining mavzu, muammolari sarlavhalaridan
ham bir. qadar ko‘rinib turibdi).
Do'stlaringiz bilan baham: |