o‘girish, ag‘darish, qaytarish, chevurish
kabi atamalarni ham
keng ishlatganlar. Chunonchi, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarini “Gulistoni bit-turkiy” nomi bilan
tarjima qilgan Sayfi Saroyi (XIV) tarjimani bir tildan ikkinchisiga
qaytarish
deb atagan:
Turkiga qaytib Ajamdin bu kitob,
Ma’rifatqa ochti sakkiz turli bob.
Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” asarini “Nasoyim ul-muhabbat” nomi bilan o‘zbekchaga
tarjima qilgan Alisher Navoiy tarjima so‘zi bilan birga,
o‘tkarish
atamasini ham qo‘llaydi: “Xotirg‘a
kechmishkim, agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga
tarjima
qila olg‘aymuman va ul daqoyiqu mushkilotni
ravshanroq alfoz va ochuqroq ado bila o‘tkara olg‘aymuman, deb mutaammil erdim”
14
.
Zabardast tarjimon Muhammadrizo Ogahiy ham
tarjima
bilan birga,
Do'stlaringiz bilan baham: |