44
zo‘r va mohirona ijro etilishini xonadonimizdan juda o‘zoqda turib ko‘rish – bu bamisoli qadimiy do‘st bilan
yangi do‘stlar davrasida uchrashish, uni yangilangan alp bahodir holida ko‘rishga o‘xshaydi.”
V.Shekspir asarlari dunyo asarlaridan o‘zbek tiliga eng ko‘p tarjima qilingan daholaridan hisoblanadi
“Hamlet”, “Otello”, “Veronalik ikki yigit”, “Makbet”, “Romeo va Juletta”, “Qirol Lir”, “Yuliy
Sezar”, “Qiyiq Qizning quyilishi”, “Antoniy va Kleopatra”, “Qish ertagi”, “Koriolan”, “Venesiya
savdogari”.
Hozirgi kunda inglizzabon yozuvchilar ijodidan o‘zbekchaga o‘girilgan asarlar katta miqdorni
tashkil etadi. Ulardan ayrimlarining nomlarini tilga olamiz. Yuqorida eslatilgan asarlar tarjimalaridan
tashqari ingliz adabiyotidan yana Jeyms Grinvudning «Juldur kiyimli bola» (1961, N. Turmuxammedov
tarjimasi), A. Konan Doylning «Chipor lenta» (1963, V. Ro‘zimatov tarjimasi), «Sherlok Xolms haqida
hikoyalar» (1963, M. Mirzoidov), «Baskervillar iti» (1971, N.Habibullaev), R. Kiplingning «Maugli», U.
Herbertning «Ko‘rinmas odam» asarlari (1961, R.Komilov), Garriet Bicher Stouning «Tom tog‘aning
kulbasi», R. Stivensonning «Xazinalar oroli», G. Xeggardning «Blosholm sohibasi» (1975, N. Shomirzaev),
Jeyms Oldrijning «Dengiz shunkori» romani (1977, E. Mirobidov), Amerika adabiyotidan Jek Londonning
«Martin Iden» (1968, Q. Mirmuxammsdov), «Uch qalb» romanlari va «hikoyalar to‘plami» (1958, F.
Abdullaev), Mark Tvenning «Tom Soyerning boshidan kechirganlari va Geklberri Finning boshidan
kechirganlari», «Shaqzoda va gado» hamda «Janna d'Ark» (1965, R. Komilov), Oliver Tvist romanlari,
Teodor Drayzeriing «Baxti qaro Kerri», «Amerika fojiasi» romanlari (1976, U. Usmonov), F.Kuperning
«So‘nggi Mogikan» (1973, E. Mirobidov), «Chingachkuk ulkan ilon» (1971, E. Mirobidov) romanlari,
Ernest Hemingueyning «Alvido, qurol!» romani, Janubiy Afrika adabiyotidan Piter Abrahamsning
«Chaqmoqli yo‘llar», «Qabrdagi gulchambar» romanlari va boshqa ko‘pgina asarlar tarjima qilinib, keng
o‘zbek kitobxon ommasi mulkiga aylantirildi.
Xullas, mamlakatimizda bilvosita tarjimadan bevosita tarjimaga o‘tish jarayoni boshlab yuborildi. Bu
sa’y-harakat o‘zbek kitobxonlarining jahon adabiyoti durdonalari namunalari bilan batafsilroq tanishishlari
uchun imkoniyat yaratib berish baravarida yaqin kelajakda tahlil va tadqiq uchun ham shubhasiz zaruriy
material hozirlay oladi, degan umiddamiz.
Nihoyat, qayd kilish zarurki, mamlakatimizda ko‘p asrlik tarixiy davr mobaynida juda katta badiiy-
adabiy, tarixiy, ahloqiy, falsafiy, ilmiy, diniy asarlar o‘zbek tiliga o‘girildi. Tarjima adabiyoti Vatan
adabiyoti bilan yonma-yon paydo bo‘lib, rivojlanib, xalqimizning g‘oyaviy-estetik ehtiyojini qondirishda
muhim ahamiyat kasb etib kelmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |