28
Qutb Xorazmiy Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni tarjimasi bilan mashhur bo‘lgan va shu orqali
o‘zbek mumtoz adabiyotidan o‘ziga munosib o‘rin egallagan. “Xusrav va Shirin” tarjimasi bo‘yicha
nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan ozarbayjon olimi A. Tohirjonov u 1330-1336 yillarda yaratilgan, degan
fikrni ilgari suradi. Doston tarjimasi amir Qutlu Xo‘janing tavsiyasi bilan 1383-1384 yillarda Misrda Berka
Faqih ibni Barokaz Edgu Qipchoqiy tomonidan ko‘chiriladi. Bu qo‘lyozma 1914 yili Parij Milliy
kutubxonasidan (inv.№ 312) topilib, ilmiy muomalaga kiritiladi va sharqshunoslar o‘rtasida mashhur bo‘lib
ketadi. 1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish komiteti tomonidan uning fotonusxasi
olinib, Hodi Zarif uni nashrga tayyorlagan. Bu nusxa hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida saqlanadi. 1958 yilda polyak sharqshunosi
A.Zayonchkovskiy tarjimani faksimile va transkripsiyasi bilan Varshavada nashr ettirgan.
Qo‘lyozma 120 varaq (240 bet) bo‘lib, 4750 baytni o‘z ichiga oladi. Shundan 4685 bayti Qutb
qalamiga mansub bo‘lib, qolgani kotib tomonidan qo‘shilgan. Doston 91 bobdan iborat. Holbuki, Nizomiy
dostoni 102 bob bo‘lib, 6 mingdan ortiqroq baytni o‘z ichiga oladi. Tarjimon asliyat mazmunini, syujetini
saqlab qolish bilan birga, uni ancha erkin tarjima qiladi, o‘z davriga moslashtiradi. O‘sha davrda badiiy
tarjima prinsinlari shunday bo‘lib, tarjimon tarjimani ijodiy ish sanab, unga xohlagancha o‘zgartirishlar
kiritishi mumkin bo‘lgan. Jumladan, Qutb ham asar muqaddimasiga “Shahzoda Tinibekxon madhi”, “Malika
marhuma Xonmalik madhi”, “Kitob nazm qilmoqqa sababi bayon ayur” boblarini qo‘shadi. Ayni paytda,
dostonning umumiy syujetiga aloqasiz hisoblaganidan bo‘lsa kerak, “Chihil qissa az “Kalila va Dimna”
(“Kalila va Dimnadan qirq qissa”), “Natijai afsonai Xusrav va Shirin” (“Xusrav va Shirin afsonasining
natijasi”), “Me’roji Muhammad” (“Muhammad Me’roji”), “Dar nasihati farzandi xud Muhammad” (“O‘z
farzandim Muhammadga nasihat bayonida”) kabi qator boblarni qisqartiradi, ayrim boblarni ixchamlashtirib,
bir-biriga qo‘shib yuboradi. Lekin “Qutb tarjima qilganda voqea va syujetni qisqartirmaydi, balki bularga
xalal yetkazmaydigan darajada boblarni bir-biriga qo‘shgan, aniqrog‘i, boblarning nomlarini o‘zgartirgan,
xolos. Masalan, asliyatdagi: “53-bob. Ogoh shudani Xusrav az holi Farhod”, “54-bob. Talab kardani Xusrav
Farhod”, “55-bob. Munozarai Xusrav bo Farhod” degan uch bobni Qutb ikki bobga keltirgan: “52-bob.
Xusrav Farhod birla munozara qilib, Farhod tog‘ qazimoqliqi so‘zi”. Lekin shu ikki bobda asliyatdagi uch
bobning mazmuni, voqea va syujeti to‘la berilgan, hatto uch bobning satrlar soni ham saqlangan”
9
.
Qutb Nizomiy dostonidagi XII asr hayotiga oid ayrim lavhalarni tushirib qoldiradi, qisqartiradi yoki
tahrir qiladi, ularning o‘rniga Oltin O‘rda hayotiga doir voqealarni kiritadi. Natijada, Sodir Erkinov ta’biri
bilan aytganda: “Doston bilan tanishgan o‘quvchi ko‘z o‘ngida sosoniy davlatining manzaralari emas,
ko‘pincha Oltin O‘rda hayotini eslatuvchi taf-silotlar, O‘rta Osiyo xalqlarining urf-odatlari, turmush
yo‘sinlarini ang-latuvchi misralar diqqatni tortadi. Saroy va u yerdagi rasm-rusumlar, kishilarning o‘zaro
munosabatlaridagi axloq-odob qoidalari bevosita Qutb-ning o‘zi yashagan turmush sharoitini eslatib
turadi”
10
. Qutb Nizomiy dostonidagi davlatlar va mamlakatlar nomini ham o‘ziga tanishlari bilan
almashtiradi.
Dostonni erkin tarjima qilgani haqida shoirning o‘zi muqaddimada shunday degan edi:
Qazontek qaynab-ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdim.
Har qanday yetuk tarjima ham asliyatning o‘rnini bosolmaydi. Shuning uchun ham Qutb o‘z
tarjimasini Nizomiy bolidan pishirilgan halvo deb ataydi.
Qutb Nizomiy dostoni asosida o‘zbekcha doston yaratish va uning vositasida o‘zbek tilining boy
imkoniyatlarini namoyon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi va u buni muvaffaqiyat bilan
uddalaydi. Bu tarjima o‘sha davr o‘zbek tilini o‘rganish uchun muhim manba bo‘libgina qolmay, balki
o‘zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiyotida ham muhim rol o‘ynadi. Mahorat bilan nazm silkiga
terilgan hassos misralar Qutbning o‘zbek tilining katta bilimdoni bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Qutb tarjimasini Nizomiy dostoni bilan qiyoslar ekan, mutarjimning she’riy salohiyati balandligi va u
asliyatga qoyilmaqom tarjima yaratib, “Nizomiy panjasiga panja” ura olganligini ko‘ramiz.
Sayf Saroyining hayoti haqida yetarli ma’lumot yo‘q. Uning qachon tug‘ilib, qachon vafot etgani
ham ma’lum emas Lekin «Guliston»ning tarjima qilingan yili aniq (793/ 1391—92 yillar). Tarjimaning tili
sodda va shirali bo‘lib, kishini o‘ziga jalb etadi, adabiyotchilarimiz, ham lingvist olimlarimiz uchun qimmatli
material beradi.
Sayf Saroyi «Guliston» kabi dunyoga mashhur bo‘lgan asarni tarjima qilishga qo‘l urar ekan, buning
naqadar mas’uliyatli ish ekanini sezib, juda ehtiyotlik bilan ish boshlaydi va uning har bir satrini qunt bilan
9
Ш а р и п о в Ж. Ўзбекистонда таржима тарихидан. – Тошкент, 1965. 46-47-бетлар.
10
Ўзбек адабиёти тарихи. Беш жилдлик. 1-жилд. – Тошкент, 1977. 211-212-бетлар.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |